O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

V
o
=V
ko’pr
+V
mag

p
(b
pit.ariq
h
o
+h
sr
b
pit.m
),
(3.7) 
bu yerda V
ko’pr 
– pitra ko’prigi xajmi; V
mag 
– pitra magazinidagi metall xajmi; ρ
p
– 
pokovka perimetri, mm; b
pit.ariq
– pitra ariqcha ko’prigi kengligi, mm; h

– pitra 
ariqchasi ko’prigining balandligi, mm; h
sr
– magazin bo’yicha pitraning o’rtacha 
qalinligi, mm; b
pit.m 
– magazindagi pitra kengligi, mm. 
Shu bilan birga ma’lumotnomalarda pitra ariqchalarining o’lchamlari (3.10-
rasm), hamda ariqcha shakllari qirralarining aylanma radiuslari keltirilgan.
3.10 – rasm. Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarda shtamplash uchun 
pitra ariqchalarining turlari 
1 turdagi ariqcha. Uning ariqcha magazini to’liq ochiq bo’ladi va u eng keng 
tarqalgan hisoblanadi. Shtampning pastki qismi yuqorigi qismiga nisbatan tez 
qiziydi. Shuning shtampning turg’unligini oshirish maqsadida ko’prik shtampning 
yuqorigi qismiga joylashtiriladi. 
Metallning pitraga oqib chiqishi pressning polzuni boshlang’ich holatini 
egallashiga qaraganda tez kechishini e’tiborga olsak, magazinga oqib chiqqan metall 
qalinligi o’zgaruvchan bo’ladi. Pokovkalarni shtamplash jarayonida ortiqcha metall 


137 
magazinga oqib chiqqan holda ko’prik tomon og’adi. Shuning uchun ko’prikni 
yakuniy ariqchada joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
2 turdagi ariqcha yarim yopiq magaziniga ega. Bunday ariqchalar keyinchalik 
mexanik ishlov berishni kamaytirish maqsadida qo’llaniladi.
3 turdagi ariqchalar ikki tomonli ochiq magazini borligi bilan farqlanadi. 
4 turdagi ariqchalar qalinligi a
sh
bo’lgan silliq g’ovakni eslatadi.
Diametrlar va kesimlarning epyurasini chizish majburiy hisoblanadi. Chunki 
bu jarayon orqali pokovkani qaysi podgruppaga tegishli ekanligi va shtamplashga 
zagotovkani tayyorlash sharoitlarini aniqlash mumkin. Boshqa agregatlarda 
tayyorlangan zagotovka profilini aniqlash uchun juftlangan va ko’p donali 
zagotovkalarga umumiy epyura chiziladi. 
Zagotovkada tayyor pokovkadagidek (pitrani e’tiborga olgan holda) uzunlik 
bo’yicha metall taqsimoti bo’lishi kerak, xatto shtamplash jarayonida metall uzunlik 
yo’nalishi bo’yicha oqib o’tgan holatda bo’lsa ham. Metallning uzunlik bo’yicha 
oqib o’tishini shtamplashdagi o’tishlarni loyihalashda e’tiborga olish lozim. 
Shunday qilib, pokovkaning muayyan joyida ko’ndalang kesimni boshlang’ich 
holatidan kattaroq qilish mumkin, agarda shu soxaga metallning uzunligi bo’yicha 
metall oqimini yo’naltirish imkoniyati mavjud bo’lsa. Masalan, ikki tomondan, 
ularni siqish hisobiga.
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarining shtamplarida quyidagi 
ariqchalar qo’llaniladi: cho’ktiruvchi, bukuvchi, siquvchi, shtamplovchi, 
zagotovkalovchi, boshlang’ich va yakuniy, kalibrlovchi va to’g’irlovchi; ayrim 
xollarda – kesuvchi va teshuvchi.
Ariqchalarni tanlashda va ariqchada pokovkani joylashishini aniqlashda 
quyidagilarni e’tiborga olish kerak: 
1.
Shtamplashda yuqorigi va pastki ariqchalar to’lishi deyarli bir xil. Biroq 
shtamp pastki qismining yuzasi qizdirilgan zagotovka bilan ta’sirlashganda, issiqlik 
qisman yo’qotiladi. Yuqoridagini e’tiborga olsak, ayrim xollarda loyihalash 
ishlarida pokovkaning yuqorigi qismida bo’rtib chiqib turuvchi elementlarni xosil 
qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. 


138 
2.
Shtamplash jarayonida metall shtamp bo’shlig’i tomon jadal oqadi. 
Asosiy sabab – bu qarshilikning yo’qligidir. Bu holda bo’shliqdagi g’ovak sekin 
astalik bilan kichrayib borsada, odatda bir turdagi elementar zarrachalarining va 
zagotovka xajmining boshqa xajmlarga nisbatan oqimining yo’nalishi o’zgarishi 
qatlamlar va siqilishlarni vujudga keltirishi mumkin. Qatlamlarning yuzaga kelishini 
oldini olish uchun ariqcha devoridan tepadonga o’tish soxasida o’tish radiusini 
kattartirish lozim, hamda metallning yuzasi kuyundilardan toza bo’lishi, zagotovka 
qizdirish xarorati yuqori bo’lishi va bir maromda qizdirilishi kerak. 
3.
Shtamplashda metallning asosiy xarakatlanishi vertikal bo’ladi, 
shuning uchun pokovkaning baland bo’rtiqlarini yaxshi to’ldirish uchun 
boshlang’ich ariqchalarda talab etilayotgan bo’rtiqlarning qarama-qarshi 
tomonlarida metall yig’ilishi lozim. Bunga erishish uchun boshlang’ich ariqchalarda 
yolg’on bo’rtiqlar xosil qilinadi. Ular orqali esa yakuniy ariqchada metall kerakli 
bo’rtiqlarni xosil qiladi (3.11-rasm). 
3.11-rasm. Bo’rtiqlar uchun metallni yig’ishda qo’llaniladigan boshlang’ich 
ariqchalar: 
1 – boshlang’ich ariqchadagi zagotovka konturi; 2 – qiyin to’ldiriladigan soxalar; 3 – yolg’on 
qovurg’alar; 4 – tayyor pokovka
4.
Pokovka silliq o’tishlarga ega bo’lsa, metall ariqchalarning 
bo’shliqlarini shunday osonlik bilan to’ldiradiki, pokovka shaklini bitta 
shtamplashda olish mumkin bo’ladi. Yakuniy ariqcha esa shaklga ishlov berish 
uchun qo’llaniladi. Biroq, shuni ham e’tiborga olish kerakki, silliq o’tishlarga ega 
bo’lgan pokovkani loyihalash, metalldan foydalanish koeffitsientini kamayishga 


139 
olib keladi va kesib ishlov berishni orttiradi. Shuning uchun silliq o’tishlar tayyorlov 
ariqchalarida ko’zda tutilishi lozim. 
5.
Ichki soxalarda metallning xarakatlanishi ortadi, agarda ortiqcha 
metallning oqib ketishi uchun maxsus bo’shliqlar (magazinlar) mavjud bo’lsa. 
Yakuniy shtamplashda magazin mavjud bo’lmasa, ortiqcha metall pitraga chiqib 
ketadi, metallning oqishi qiyinlashadi va siqilishlar vujudga kelishi mumkin (3.12-
rasm). 
3.12-rasm. Magazinli belgilash sxemasi 

Download 7,54 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish