3.6. Gorizontal bolg’alash mashinalarda bolg’alash
Jarayonning mohiyati
Gorizontal bolg’alash mashinasi o’zidan gorizontal mexanik presslarni tashkil
etadi. Bu pressda asosiy deformatsiyalovchi polzundan tashqari siquvchi polzun
mavjud bo’ladi. Siquvchi polzun prutokning deformatsiyalanmaydigan qismini siqib
qolgan qismini deformatsiyalashga zamin yaratadi.
Bolg’alash shtamplari ikkita ajralish qismiga ega. Birinchi ajralish qismi
polzunda joylashgan polzun 1 va xarakatlanuvchi matritsa 4 va xarakatlanmaydigan
matritsa 3 lar orasida joylashgan bo’ladi (3.54-rasm).
Boshlang’ich holatda (3.54a-rasm) d diametrli prutok xarakatlanmaydigan
matritsa 3 ning yarimxalqali o’yiqli joyga joylashtiriladi va tayanch 2 gacha itariladi.
Shunday qilib, ishchi bo’shliqda l
v
uzunlikdagi zagotovka qoladi va u
deformatsiyalanishi mumkin. Shundan keyin bolg’alash mashinasi ishchi yurish
holatiga keltiriladi va mashina qismlari va shtamplar ketma – ketlik bilan 3.54b, v –
rasm dagi holatga olib kelinadi. Deformatsiya boshlanishi paytida (l
v
uzunlikdagi
prutokni qisman cho’ktirish qilish) l
siq
uzunlikdagi prutokning qismi 3 va 4
matritsalar orasida siqiladi (prutokning o’qi bo’ylab surilib ketmasligi uchun).
Bunda tayanch 2 yonga surilib, deformatsiyalovchi puanson 1 ga yo’lni bo’shatadi.
Deformatsiyalash jarayoni yakunlanganidan keyin l
v
uzunlikdagi prutok qismi
qisman cho’ktiriladi va matritsalar orasidagi bo’shliqni to’ldirib, flanets xosil
qilinadi (3.54v-rasm). Shundan keyin puanson 1 ortga xarakat qiladi va 3 va 4
matritsalar
a
holatga keltiriladi, ya’ni bir biridan ajraladi. Shtamplash
yakunlanganidan so’ng flanetsli prutok 3 va 4 matritsalar bo’shlig’idan oson olib
tashlanadi.
Gorizontal bolg’alash mashinalarida ham bir necha o’tishli shtamplashni
amalga oshirish mumkin.
Gorizontal bolg’alash mashinalarining asosiy o’ziga xos tomonlari bo’lib:
ikkita o’zaro perpendikulyar tekisliklarda shtampning ajralish yuzalari mavjudligi,
asosiy qisman cho’ktirish operatsiyasini bajaradigan polzunning gorizontal tekislik
bo’ylab xarakatlana olishi bo’lib, murakkab konfiguratsiyali detallarni shtamplash
182
va uzun zagotovkalarning muayyan joyida deformatsiya ishini bajarish imkonini
beradi.
3.54-rasm. Gorizontal bolg’alash mashinalarida shtamplash sxemasi:
a – boshlang’ich holati; b – deformatsiya boshlanishi; d – deformatsiya yakuni: 1 – puanson; 2 –
tayanch; 3 – xarakatlanmaydigan matritsa; 4 – xarakatlanuvchi matritsa
Shaklberuvchi soxa (3.55-rasm) bir vaqtda ham matritsa, ham puansonda
(3.55a-rasm) yoki hatto bitta puansonning o’zida ham joylashishi mumkin (3.55b-
rasm).
3.55-rasm. Gorizontal bolg’alash mashinalar shakl beruvchi bo’shliqlarining
ko’rinishi:
a – puanson va matritsada; b - puansonda
Gorizontal bolg’alash mashinalarining asosiy ustunliklari:
-
pitrasiz shtamplash (murakkab konfiguratsiyali detallarning ayrim
qismlaridan tashqari). Bunda bizga kesish presslarini va shtamplarini qo’llashni
oldini oladi;
183
-
shtamp qiyaliklarining yo’qligi. Bo’rtiqlar borligida va puansonlar
tomonidan xosil qilinadigan ichki soxalarning kichik qiyaliklaridan tashqari;
-
bolg’alash jihozlaridagi ishlarga qaraganda mexanik ishlov berishga kichik
pripusklarni va ancha bikr dopusklarni qo’llash mumkinligi. Bunda metallning
iqtisodi ancha ortadi;
-
tolalarni yo’nalitirishdagi yaxshi makrostrukturani olish;
-
tez yeyiladigan shtamp qismlari bilan ishchi qo’yimlardan foydalanish keng
qo’llash mumkinligi. Bunda qimmat turadigan qismlarning yeyilishi kamayadi;
-
gorizontal bolg’alash mashinasining kombinatsiyalashgan shtamplashda
bolg’alash jihozi, press, bolg’alovchi jo’valar va bukuvchi mashinalar bilan qo’llash
mumkinligi;
-
o’lchamlari bir xil bo’lgan va prutokdan tayyorlangan zagotovkalarni
shtamplash mumkinligi.
Prutok shtamplash jarayonida pokovkalar teshik xosil qilishlash yoki kesish
bilan ajratib olinadi.
Pokovkalarni sinflash
Gorizontal bolg’alash mashinalarida olinadigan pokovkalarni ularning
konfiguratsiyasidan kelib chiqqan holda 6 guruhga bo’lishadi.
1 guruh
– qalinlikka ega bo’lgan sterjen turidagi pokovkalar (3.56-rasm). Bu
turdagi pokovkalarda zagotovkaning ko’ndalang kesimi pokovkaning sterjen
qismida doimiy holatda saqlanib qoladi, shaklo’zgarish esa qisman cho’ktirish orqali
amlaga oshadi. Yakuniy shaklberuvchi ariqchadan tashqari to’plamli, boshlang’ich
shaklberuvchi, kesuvchi va kesib oluvchi ariqchalar, hamda ariqchalarning siquvchi,
qayta siquvchi va ko’taruvchi elementlaridan foydalaniladi.
Bu guruh uchta podgruppalarga bo’linadi.
1chi podgruppa – bu bitta dumaloq va sterjen oxiridagi kengayishga ega
bo’lgan murakkab shaklli pokovkalar. Zagotovkani tanlash d diametr va
pokovkaning sterjen uzunligi qismi l
s
ta’sir qiladi: l
s
≤ d bo’lganda prutokli
zagotovkadan foydalaniladi; l
s
> d bo’lganda o’lchamli (ya’ni o’lchamlari bir xil
bo’lgan) zagotovkalardan foydalaniladi.
184
Prutokdan zagotovkani xarakatlanuvchi matritsaning yurishida pokovkani
siljitish bilan olishadi.
Prutokli zagotovkani shtamplashda oldingi tayanchdan foydalaniladi:
o’lchamlari bir hil bo’lgan zagotovkani olishda esa – ketingi tayanchdan
foydalaniladi.
Bu podgruppaning pokovkalarini shtamplash usuli sterjen yakunidagi
kengayganlikga bog’liq bo’ladi. A turidagi pokovkalarni puansonda joylashgan
shakl beruvchi ariqchada shtamplash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ko’ndalang kesim maydoni o’rta qismida kengayadigan B turidagi pokovkalar
uchun shaklberuvchi ariqchalarni matritsalarda joylashtirish lozim.
V turidagi pokovkalarni shakl beruvchi ariqchalari bir vaqtning o’zida ham
puansonda, ham matritsada joylashgan holda shtamplash maqsadga muvofiqdir.
G turidagi pokovkalarni shaklberuvchi ariqchalari qisman yoki to’liq
matritsalarda joylashgan shtamplarda shtamplash lozim bo’ladi.
O’rtasida chuqurchaga ega bo’lgan D turidagi pokovkalarni shtamplashda
boshlang’ich ariqcha bo’lishi talab etiladi.
Nosimmetrik shaklga ega bo’lgan E turidagi zagotovkalarni shtamplashda issiq
holda shtamplovchi krivoship presslaridagi kabi pitra magazini qo’llaniladi. Bu
yerga metallning ortiqcha qismi oqib tushadi.
Ko’ndalang kesimi dumaloq bo’lmagan J turidagi pokovkalarni shtamplashda
ketingi tayanchdan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
2 chi podgruppa pokovkalariga ikkita oxiri kengayganlikka ega bo’lgan
pokovkalar kiradi. Ular uchun texnologik jarayon pokovka geometriyasidan va
matritsa uzunligiga bog’liq. Shu bilan birga o’lchamli zagotovkalarni bitta qizdirib,
GBM larda yoki zagotovkaning chetki qismlarini alohida qizdirib, 180° aylantirib
shtamplash mumkin. Birinchi kengayganlik oldingi tayanch bilan, ketingi
kengayganlik ketingi tayanch bilan shtamplanadi.
185
3.56-rasm. Gorizontal bolg’alash mashinalarda shtamplanuvchi 1 – chi guruh
pokovkalari:
A – H – pokovka turlari
Prutokdan shtamplashda sirpanuvchi matritsa o’tish sonini qisqartirish va
jarayonni bitta matritsada tugatish maqsadida qo’llaniladi.
Agarda barcha ariqchalar bitta shtampga sig’masa, u holda xar bir kegayganlik
alohida qizdirib shtamplash ishlari amalga oshiriladi. Bu masalani yechishda alohida
kengayganlik o’lchamlariga mos keladigan nominal kuchlanishga ega bo’lgan GBM
larda amalga oshirish mumkin.
3 chi podgruppaga sterjen uzunligi bo’yicha bir necha kengaygnlikka ega
bo’lgan pokovkalar kiradi. A turidagi pokovkalarning o’ziga xosligi shundaki,
ularda kengayganlik pokovka toretsidan muayyan masofada joylashgan bo’ladi.
B turidagi pokovkalarda kengayganlik joylari sterjen bo’ylab joylashgan
bo’ladi, sterjen soxalari esa qiyaliksiz bajarilgan bo’ladi. Ularni tayyorlashda
sirg’anuvchi matritsalardan foydalaniladi.
|