O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

3.5. Vintli shtamplarda shtamplash 
Asosiy texnologik operatsiyalar va pokovkalarning sinflanishi 
Vintli friktsion presslar ochiq va yopiq shtamplarda shtamplashda 
qo’llaniladi. Vintli presslarning polzun tezligi 1÷3 m/s ni tashkil qilib, bug’xavoli 
bolg’alardan va gidravlik presslardan keskin farq qiladi. Zarb paytidagi bunday 
tezlik bolg’alash jihozlariga qaraganda fundamentga tushayotgan dinamik 
yuklanishlarni va qizigan zagotovkani shtamp bilan ta’sirini sezilarli darajada 
kamaytiradi. Vintli presslarning bunday xususiyati qiyin deformatsiyalanuvchi va 
plastikligi past bo’lgan metall va qotishmalardan tayyorlangan pokovkalarni 
shtamplashni ta’minlab berdi. 
Vintli presslarning xususiyatlari: 
-
ochiq va yopiq shtamplarda pokovkalarni shtamplash imkoni borligi; 
-
aniq pokovkalarni shtamplash; 
-
shtamp bo’shlig’ida pokovkalarni olib tashlash uchun mo’ljallangan itarib 
chiqargichlar mavjudligi. 


176 
Vintli presslardan foydalanilganda quyidagi texnologik operatsiyalar eng ko’p 
qo’llaniladi: cho’ktirish va qisman cho’ktirish, siqib chiqarish (to’g’ri, teskari, yon 
tomonlama va radial); bukish; to’g’irlash va kalibrovkalash. Bu texnologik 
jarayonlarning kombinatsiyalarini qo’llab, ochiq (3.49-rasm) va yopiq (3.50-rasm) 
shtamplarda shakli bo’yicha turli xil bo’lgan pokovkalarni qora va rangli metallar 
va ularning qotishmalaridan olish mumkin. 
3.49-rasm. Ochiq shtamplarda vintli presslarda tayyorlanadigan pokovkalar: 
a – dumaloq; b – to’g’ri o’qli uzaygan; d – qiya o’qli uzaygan; e – erkin shakldagi yoki o’simtali 
3.50-rasm. Vintli presslarning yopiq shtamplarida tayyorlanadigan pokovkalar:
a – bo’rtiqli va flanetsli sterjenlar; b - teshikka ega bo’lgan bo’shliqli; d – yon o’simtaga ega 
bo’lgan; e – murakkab shakldagi 


177 
Vintli presslarda shtamplash texnologik jarayonlari 
Vintli presslarda issiqlikka bardoshi yuqori bo’lgan, titan, mis va alyumin 
qotishmalaridan, uglerodli va legirlangan konstruktsion po’latlardan tayyorlangan 
pokovkalarni shtamplash mumkin. 
Ochiq shtamplarda shtamplashda zagotovka o’lchamlari va shtamplashdagi 
o’tishlarni bolg’alash jihozlaridagi shtamplash metodikasi bo’yicha aniqlash lozim 
bo’ladi. Biroq bunda vintli pressda shtamplashni o’ziga xos hususiyatlarini e’tiborga 
olish lozim. 
Texnologik jarayonni ishlab chiqish ketma – ketligi zagotovkani hisoblash 
ishlarini va kesimlar epyuralararini qurish va o’tishlar sonini aniqlashlardan iborat 
bo’ladi. Agarda texnologik jarayonda bolg’alab – cho’zish shart bo’lsa, u holda 
bolg’alovchi jo’valardan foydalaniladi. Buning asosiy sababi – vintli presslar issiq 
holda shtamplovchi krivoship presslar kabi bunday ishlarga yaroqsiz hisoblanadi. 
Amaliyotda vintli presslarda quyidagi turlardagi shtamplash jarayonlarida keng 
qo’llaniladi (3.51-rasm): 
1.
Ochiq shtampda shtamplash (3.51a-rasm). Bunda ajralish yuzasida 
pokovkaning perimetri bo’yicha pitra xosil bo’lishi kuzatiladi. Pitra kesib oluvchi 
shtampda olib tashlanadi. Pokovka o’lchamlariga balandlik bo’yicha nisbatan bikr 
dopusklar qo’yiladi. Boshlang’ich zagotovka xajmining o’zgarishi pitra 
ariqchasining to’lishining turli darajalarini yuzaga keltiradi. 
2.
Kalibrlangan 
materialdan 
yasalgan 
zagotovkalarni 
yasashda 
qo’llanadigan yassi matritsali yopiq shtampda bolg’alash (3.51b-rasm). Bunday 
turdagi shtamplashda pitrasiz pokovka olish yoki toretsida uncha katta bo’lmagan 
pitrali pokovka olish imkonini beradi. Toretsdagi pitra qayroq stanokda yoki 
keyinchalik kesib ishlov berishda olib tashlanadi. Boshlang’ich zagotovka 
xajmining o’zgarishi pokovka balandligiga ta’sir qiladi. 
3.
Ajraluvchi matritsali yopiq shtampda shtamplash (3.51d-rasm) da 
murakkab konfiguratsiyali pokovkalar shtamplanadi va ularni bitta ajraluvchi 
yuzaga ega bo’lgan shtamplardan chiqarib bo’lmaydi. Boshlang’ich zagotovkaning 
xajmo’zgaruvchanligi pokovkaning balandligiga ta’sir qiladi. 


178 
4.
Boshlang’ich zagotovka xajmining o’zgarishi pokovka sterjeni l
c
uzunligiga ta’sir qilgandagi, siqib chiqarishli shtamplash (3.52-rasm). Talab etilgan 
dopusk chegarasida sterjenning uzunligi pressda yoki keyinchalik kesib ishlov 
berishdagi jarayonlar bilan ta’minlanadi. 
5.
Yassi bukiladigan matritsali yopiq shtampda shtamplash. Bu usul 
sterjenli pokovkalarni yasashda press polzunining katta yurishini talab qiladi. 
Shtamplash jarayoni bitta qizdirishda amalga oshiriladi. 
6.
Tekis shtamplangan tishli konussimon va silindrik xalqalarni yopiq 
shtamplarda shtamplash. Bu usul tishlarning toza ishlov berilish dopuski bilan 
pokovkalarni olish imkonini beradi. 
7.
Shtamplangan spiralsimon tishli konussimon g’ildiraklarni yopiq 
shtampda shtamplash. Bunday turdagi pokovkalar konfiguratsiyasi tishsiz pokovka 
konfiguratsiyasiga yaqin bo’lgan zagotovkani oldindan shtamplab olinadi. 
3.51-rasm. Vintli press uchun ochiq (a) va ajralmas yopiq (b) va ajraladigan (v) 
matritsalar sxemasi 


179 
3.52-rasm. Vintli shtamplashda siqib chiqarishli shtamplash sxemasi 
Ochiq va yopiq shtamplarda shtamplashda universal qayta sozlanuvchi 
shtamplardan foydalailadi (3.53-rasm). 
Shtamp 4 yuqorigi va 1 pastki plitalarga ega. Shtamp qo’yimlari yuqorigi va 
pastki plitalarning inlariga o’rnatiladi va vint 8 bilan qotiradi. 2 va 3 matritsa 
ushlagichlarni qo’yimlarni qotirish uchun ishlatiladi va press polzunining yurishini 
cheklab turadi. Shtamp sirpanish burchagining yo’naltiruvchisi silindrik 
yo’naltiruvchi kolonka 7 va vtulka 6 dan iborat. 
Ochiq shtamplarda uzaytirilgan o’qli pokovkalarni shtamplashda qo’yimlarni 
og’darilib ketishini oldini olish maqsadida, qulfli qo’yimlardan foydalaniladi. 
Blokning inlariga toblangan taglik plitka 5 ga va tayanch 9 ga qo’yimlar 
mahkamlanadi. Bunday konstruktsiya shtamplangan plitalarni yeyilishdan saqlaydi. 
Shtamp bo’shlig’idagi shtamplangan pokovkalar itarib chiqargich 10 yordamida olib 
tashlanadi. 


180 
3.53-rasm. Ochiq va yopiq shtamplarda vintli presslarda shtamplash uchun 
universal qayta sozlanuvchi shtamp bloki:
1 – pastki plita; 2, 3 – matritsa ushlagichlar; 4 – yuqorigi plita; 5 – taglik plita; 6 – vtulka; 
7 – yo’naltiruvchi kolonka; 8 – vint; 9 – tayanch; 10 – itarib chiqargich
Taxminan vintli presslarda shtamplash uchun talab etiladigan kuchlanish 
quyidagicha aniqlanadi: 
𝑃
𝑣.𝑝
= 𝑎
𝑣
(2 + 0.1𝐹
𝑝
√𝐹
𝑝
𝑉
𝑝
) 𝜎
𝑣
𝐹
𝑝
,
bu yerda 
𝑎
𝑣
– metallga bog’liq bo’lgan koeffitsient (3 dan 5 gacha bo’lgan oraliqda 
o’zgaradi), 
𝐹
𝑝
– pokovka maydoni, 
𝑉
𝑝
– pokovka xajmi, 
𝜎
𝑣
- shtamplash xaroratidagi 
materialning uzilishga bo’lgan vaqtinchalik qarshiligi. 
Vintli presslarda ishni tashkil qilishda qizdirish mashinasi pressning frontal 
tomoniga nisbatan chap tomonida joylashtiriladi, kesib oluvchi press esa o’ng 
tomonda joylashtiriladi. 1 MN va undan kattaroq kuchlanishdagi vintli presslarda 
issiq holda shtamplash jarayonida yer ustiga o’rnatilgan transportyorlardan 
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


181 

Download 7,54 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish