Issiq holda shtamplovchi krivoship presslardagi kuchlanish
Issiq holda krivoship presslarda shtamplarda shtamplashning kuchlanishini
maksimal aniqlikda topish lozim. Agarda yetarlicha kuchlanishga ega bo’lmagan
presslardan foydalansa buzilish holati yuzaga kelishi mumkin va agarda, talab
etilgan kuchlanishdan ortiqcha kuchlanishli press tanlansa uning ishlatilishi
iqtisodiy jihatidan noratsional bo’ladi.
Dumaloq va kvadrat, hamda shakl bo’yicha ularga yaqin bo’lgan pokovkalarni
ochiq shtamplarda cho’ktirib shtamplaganda, kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
𝑃
𝑜.𝑘.
= 𝜎
𝑡
{(1.5 + 𝜇
0
𝑏
ℎ
0
) 𝐹
0
(
2𝜇
0
𝑏
ℎ
0
− 0.375 + 1.25 ln
𝐷
𝑝
ℎ
0
)𝐹
𝑝
}.
(3.11)
Uzun shakldagi pokovkalar uchun, hamda to’rtburchak shakldagi va shakl
bo’yicha unga o’xshash pokovkalarni shtamplashda talab etiladigan kuchlanish
quyidagi formula orqali aniqlanadi:
𝑃
𝑜.𝑢.
= 1.155𝜎
𝑡
[(1 + 𝜇
0
𝑏
ℎ
0
) 𝐹
0
+ (
2𝜇
0
𝑏
ℎ
0
− 0.25 + 1.25 ln
𝐵
𝑝
ℎ
0
)𝐹
𝑝
)].
(3.12)
153
103 va 104 formulalarda
𝜎
𝑡
– shtamplash xaroratidagi metallning oquvchanlik
chegarasi, Pa;
𝜇
0
– tashqi ishqalanish koeffitsienti (pitra ko’prigida); hisob – kitob
ishlarida uning 0.5 ga teng maksimal qiymati qabul qilinadi;
𝑏
,
ℎ
0
– pitra ko’prigi
kengligi va qalinligi, mm;
𝐹
0
– pitra ko’prigi proektsiyasi maydoni, mm
2
;
𝐷
𝑝
,
𝐵
𝑝
–
kengligi bo’yicha pokovkaning diametri va o’lchami mos ravishda, mm;
𝐹
𝑝
–
ajralish yuzasiga nisbatan pokovkaning proektsiya maydoni, mm
2
.
Metallning oquvchanlik chegarasini mos ravishda xarorat va deformatsiya
tezligidagi uzilishning vaqtinchalik qarshiligiga teng qilib olinadi.
Dumaloq va kvadrat shaklga yaqin shakldagi pokovkalar uchun quyidagicha
aniqlanadi
𝐷
𝑝
= 1.13√𝐹
𝑝
.
(3.13)
Uzaygan pokovkalarning o’rta chizig’i quyidagicha aniqlanadi
𝐵
𝑝
=
𝐹
𝑝
𝐿
𝑝
.
(3.14)
103 va 104 formulalar
𝐵
𝑝
ℎ
0
= 15 ÷ 65
yoki
𝐷
𝑝
ℎ
0
= 15 ÷ 65
bo’lgandagina amal
qilinadi.
Yopiq shtamplarda shtamplanganda
𝑃
𝑧.𝑠ℎ.
= 𝜎
𝑡
{2.07(1 −
2𝑟
𝑚
𝐷
𝑝
)
2
+ 1.5 ln
1.5𝐻
𝑝𝑜𝑘
2𝑟
𝑚
+ 12
𝑟
𝑚
𝐷
𝑝
(1 −
𝑟
2
𝐷
𝑝
) − 4,5
𝐻
𝑝𝑜𝑘
𝐷
𝑝
+
1,92
𝐻
𝑝𝑜𝑘
2
𝐷
𝑝
2
+
𝐷
𝑝
6𝐻
𝑝𝑜𝑘
+
2
𝐷
𝑝
(𝐻
𝑝𝑜𝑘
− 𝑟
𝑝.𝑝.
− 𝑟
𝑚
) − 1.5} 𝐹
𝑝
, (3.15)
bu yerda
𝑟
𝑝.𝑝.
– puanson yonidagi pokovkaning aylanma radiusi, mm;
𝑟
𝑚
– matritsa
tagining tabiiy aylanma radiusi, mm;
𝐻
𝑝𝑜𝑘
– pokovka balandligi, mm;
𝐷
𝑝
– pokovka
diametri, mm.
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslar uchun shtamplar
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarda shtamplash jarayoni dinamik
ta’siri yo’qligi bilan tavsiflanadi. Bu holat esa yig’iluvchan shtamplardan
foydalanish imkonini beradi. Bunday turdagi shtamplarning bolg’alash
shtamplaridan ustunligi shundaki, almashinadigan asbobning tayyorlanishi arzon
bo’ladi va qimmat hisoblangan asbobsozlik po’latlar iqtisod qilinadi. Shtamplar
154
shtamp qo’yimlardagi ariqchalardan va qo’yimlar o’rnatiladigan blok (paket)lardan
iborat bo’ladi.
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslar shtamplarida zagotovkash va
shtamplash ariqchalari konstruktsiyalanadi. Odatda kesib oluvchi pichoq
ishlatilmaydi. Ayrim xollarda bunday shtamplarda pitrani kesib olish va teshik xosil
qilish operatsiyalari amalga oshiriladi.
Shtamplarning ariqchalari presslarda issiq holda shtamplash hususiyatlarini
e’tiborga olgan holda bajariladi:
-
Qo’yimlarning ajralish yuzalari shtamplash jarayonida bir – biriga tegishi
kerak emasligi uchun, qo’yimlar orasidagi g’ovagi pitra qalinligidan kam qilib
olinmaydi;
-
Odatda qo’yimda bitta ariqcha joylashadi;
-
Ariqchalarning o’lchamlari shunday bajariladiki, yakuniy ariqchada
deformatsiya cho’zilish emas, balki cho’ktirish xarakteriga ega bo’lishi kerak;
-
Itargichsiz qo’yimlarda blokning itarib chiqaruvchilarini erkin xarakati
uchun in yasalishi lozim (3.26-rasm);
3.26-rasm. Ajralish yuzasi qiya bo’lgan pokovkalar uchun qo’yimlar
155
-
Qo’yimning xar bir yarimida ikkitadan transportirovka teshiklar bo’lishi
lozim.
Qo’yimlarda, ayniqsa siqib chiqarishli shtamplashda maxsus kanallarda
xarakatlanuvchi suv bilan sovutish tizimi ko’zda tutilgan bo’ladi. Yakuniy
shtamplash ariqchasini qizigan pokovka chizmasiga qarab bajariladi.
Ingichk va chuqur bo’shliqlarga ega bo’lgan ariqchalar metall bilan yaxshi
to’lmaydi. Buning sababi yig’ilib qolgan havo va yonilg’ining qoldiqlaridir.
Bolg’alash jihozlarida shtamplashda bunday holat kuzatilmaydi. Chunki shtamplash
bir necha zarblar natijasida amalga oshiriladi. Gazlarning atmosferaga chiqishini
ta’minlash maqsadida ariqchalarning tag qismida gazni tashqariga chiqarib
yuboruvchi, diametri 1,2÷1,5 mm dan kichik bo’lgan kanallar yasalishi lozim (3.27-
rasm).
Boshlang’ich ariqcha shunday konstruktsiyalanadiki, yakuniy ariqcha
bo’shlig’i cho’zilish operatsiyasi emas, balki cho’ktirish operatsiyasi bilan
kuzatiladi. Shuning uchun boshlang’ich ariqchadan chiqgan zagotovka yakuniy
ariqchaning tagiga yaxshi joylashishi kerak. Bu shartni ta’minlash uchun
boshlang’ich ariqchaning bo’shlig’i xar bir kesimdagi shtampning ajralish yuzasida
gorizontal o’lcham bo’yicha ingichkaroq qilib yasaladi (yakuniy ariqchanikiga
nisbatan). Yakuniy ariqchani to’ldirish uchun ortiqcha metallning yetarliligini
ta’minlash maqsadida boshlang’ich ariqchaning chuqurligi yakuniy ariqcha
chuqurligiga qaraganda 5-6 % kattaroq qilib yasaladi. Metallning bu ortiqchasi
yakuniy ariqchani yaxshi to’ldirilishini va ortiqcha metallni pitraga chiqib ketishini
ta’minlaydi.
Agarda bo’shliq cho’ktirish bilan to’ldirilsa va bunda ortiqcha metall xajmi
kichik bo’lsa, boshlang’ich ariqchalarda pitra uchun o’yiqlar yasalishi shart emas.
Boshlang’ich ariqchalarda o’tish radiuslari odatda 3 barobar yakuniy
ariqchalarnikiga qaraganda kattartiriladi va uchkur qirralar dumaloqlatiladi.
Pokovkani siqgichlar bilan qulay ushlash maqsadida maxsus o’yiqlar xosil qilinadi.
bunday o’yiq barcha shtamp qo’yimlarida yasaladi.
156
3.27-rasm. Issiq holda shtamplovchi krivoship presslar shtampida joylashgan gazni
chiqarib yuboruvchi kanallarga misol
Juftli shtamplashda qayta siquvchi ariqcha xosil qilinadi. Masalan, shatun
pokovkasini shtamplashda zagotovkani cho’zish talab etiladi. Buni esa issiq holda
shtampovchi krivoship presslarda amalga oshirib bo’lmaydi. Juft qilib shtamplashda
esa zagotovkaning kesimlar va diametrlar epyurasi soddalashadi (3.28-rasm). Bu
holatda bitta zagotovkalash ariqchasini qo’llash mumkin – qayta siqish ariqchasi.
3.28-rasm. Shatunni shtamplashda kesim epyuralarini taqqoslash:
a – shatunning juftlangan pokovkalari; b – bitta pokovka kesimining epyurasi; v – juftli
shtamplashda diametrlar epyurasi; g – juftli shtamplashda kesimlarning epyurasi:
ℎ
𝑜′𝑟
–
zagotovka kesimining o’rtacha balandligi;
𝑑
𝑜
′
𝑟
- dumaloqlatilgan zagotovka kesimining o’rtacha
diametri
157
Yuqorida ta’kidlangandek, issiq holatda shtamplovchi krivoship presslar
shtamp paketi komplektiga bir biri bilan yo’naltiruvchi kolonka orqali bog’liq
bo’lgan yuqorigi va pastki plitalar, hamda shtamp qo’yimlarini qotiruvchi detallar
va itarib chiqaruvchi mexanizm kiradi. Universal va maxsus turdagi paketlar
ajratiladi. Maxsus turdagi paketlar faqatgina bir turdagi pokovkalar uchun
mo’ljallangan. Oxirgi paytlarda bolg’alash – shtamplash ishlab chiqarilishi
rivojlanishi natijasida maxsus paketlar keng qo’llanilmoqda.
Paketning yuqorigi plitasi pressning polzuniga, pastki plitasi ishchi stolga
qotiriladi. Press stolida shtamp paketlarini siljitish va yon tomonga qarab siljib
ketmasligi uchun pastki plitada ikkita bir – biriga nisbatan assimetrik joylashgan
tekisliklar bor, yuqoridagi plitada esa press polzunining bo’rtiqligiga o’xshab
turuvchi paz jihozlangan.
Qayta siqish ariqchali qo’yimlar 3.29-rasmda ko’rsatilgan.
Yakuniy ariqchaning turg’unligi past hisoblanadi va shuning uchun uni boshqa
ariqchalar va pokovkaga ta’sir qilmagan holda oson almashtirish mumkin.
Yig’iluvchan shtamp talab etilgan ariqchali qo’yimlarga ega bo’lgan
ushlagichdan iborat. Ariqchali qo’yimlar legirlangan asbobsozlik po’latlardan
tayyorlangan. Ushlagichlar paket shtampini pastki boshmoq, yuqorigi boshmoq,
yo’naltiruvchi kolonkalar va vtulkalar, hamda maxkamlovchi detallari tashkil etadi.
Ariqchali qo’yimlardan tashqari paketda dastakli tizim joylashgan. Bu tizim
pressning itarib chiqaruvchisi bilan bog’langan va pokovkani shtampdan itarib
chiqarishida ta’sir qiladi.
Blok konstruktsiyalarining asosan ikkita turi mavjud: prizmatik va silindrik
qo’yimlar uchun.
Siqib chiqarish shtamplari uchun puansonlarni odatda gayka bilan, matritsani
esa konussismon tez almashinuvchan oboyma bilan qotiriladi
.
158
3.29-rasm. Qayta siqish ariqchalarining qo’yimlari
Silindrik qo’yimlar uchun mo’ljallangan bloklarning kamchiliklari mavjud. Bu
kamchiliklarga sozlashning qiyinligi, qotirilishi ishonchli emasligi va xokazolar
kiradi. Natijada esa ulardan kamdan – kam xollrada foydalaniladi. Shuning uchun
dumaloq
shakldagi
pokovkalarni
shtamplashda
silindrik
vkladishlardan
foydalaniladi. Ularni prizmatik qo’yimlar uchun mo’ljallangan bloklarga qotirilgan
prizmatik ushagichlarga o’rnatishadi (3.30-rasm). 6 va 7 silindrik vkladishlar 5
vintlarga qotiriladigan 1 va 4 plankalar orqali 2 va 3 prizmatik qo’yimlarda ushlab
turiladi. 8 pokovkani itarib chiqargichni boshlang’ich holatiga qaytarish uchun 9
prujina mavjud.
Prizmatik ariqchali qo’yimlar uchun shtamp paketi 3.31-rasmda keltirilgan.
Asos bilan boshmoqga qo’yim osti plitalar va tayanch plankalari jihozlangan,
hamda unda pastki va yuqorigi itarib chiqargich tizimli dastaklar mavjud.
Asos bilan boshmoq kolonka va vtulkalar orqali bog’liq, ikkalasi ham
pressning stoli va polzuniga boltlar bilan qotirilgan. Blokning yuqorigi plitasi
pressning polzuniga boltlar bilan, pastki plita esa stolga qotirilgan.
Universal boyoqlarning va ularning o’lchamlari davlat standarti bilan
belgilanadi.
159
3.30-rasm. Prizmatik qo’yimlar bilan yig’imda bo’lgan prizmatik vkladishlar:
1 – pastki planka; 2 – pastki prizmatik qo’yim; 3 – yuqorigi prizmatik qo’yim; 4 – yuqorigi
planka; 5 – vint; 6 – yuqorigi silindrik vkladish; 7 - pastki silindrik vkladish; 8 – itarib
chiqargich; 9 - prujina
3.31-rasm. Prizmatik ariqchali qo’yimlar uchun universal blok:
1 – pastki plita; 2 – asos; 3 – boshmoq; 4 – yuqorigi plita; 5 – vtulka; 6 – kolonka; 7 –
yuqorigi itargich mushtumi; 8 – yuqorigi ushlab turgich; 9 - pastki ushlab turgich; 10 - pastki
itargich mushtumi; 11 - prizmatik ariqchali qo’yimlar
160
Deformatsiyalash ishqalanishi va kuchlanishini kamaytirish, asbobning
sovutilishi, ishlab chiqarish maxsulotlarini yuzasini yaxshilash maqsadida issiq
holda shtamplovchi krivoship presslarni ishlatishda moylash moylaridan
foydalaniladi.
Moylash
materialiga
qo’yiladigan
talablardan
biri
–
deformatsiyalanayotgan zagotovka va asbob yuzalarini ajratishdir. Issiq holda
pokovkalarni cho’ktirib shtamplashda ochiq shtamplardagidek yopiq shtamplarda
grafitni bilan moy, moy bilan tuzli aralashma va xokazo moylash materiallari
qo’llaniladi.
|