O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

3.4. Gidravlik presslarda shtamplash 
Pokovkalarning sinflanishi 
Gidravlik presslar kuchli deformatsiyalovchi jihoz bo’lib, ularda quyidagi 
turdagi pokovkalar shtamplanadi: 
-
yetarlicha quvvatga ega bo’lmagan bolg’alash jihozida shtamplab 
bo’lmaydigan yirik pokovkalar; 
-
katta ishchi yurishni talab etadigan pokovkalar; 
-
issiq holda deformatsiyalashda maxsus fizik – kimyoviy xossalarni talab 
etuvchi pokovkalar. 
1 guruh (3.32-rasm) silliq devorli yoki murakkab shaklga ega bo’lgan, ochiq 
teshikli yoki yopiq teshikli (aslaha korpusi, gilzalar, vtulkalar, mufta, silindr va 
boshqalar) stakan turidagi pokovkalarni o’z ichiga oladi. Ularni tayyorlash uchun 
teskari siqib chiqarish va undan keyin devorini ingichkalashtirib cho’zish 
qo’llaniladi. 
2 guruh (3.33-rasm) – disksimon pokovkalar: uncha katta bo’lmagan idishlar 
va flanetsli vtulkalar, turbinalar rotori, diafragmalar va xokazolar. Ular ochiq, yopiq 
va sektsiyali shtamplarda cho’ktirish bilan siqib chiqarish operatsiyalarni birga 
qo’llagan holda olinadi. 


161 
3.32-rasm. Gidravlik presslarda shtamplanadigan 1 guruh pokovkalari 
3.33-rasm. Gidravlik presslarda shtamplanadigan 2 guruh pokovkalari 
3 guruh (3.34-rasm) tirsakli valga o’xshagan o’qi cho’zilgan pokovkalar va 
shunga o’xshash pokovkalarni o’z ichiga oladi. Ular murakkab sektsiyali va 
ajraluvchi presslarda bukish va qisman cho’ktirish operatsiyalarini qo’llagan holda 
olinadi. 
4 guruh (3.35-rasm) krestovina (aviatsiya vintining vtulkasi va xokazolar) 
turidagi 
pokovkalarni 
o’z 
ichiga 
oladi. 
Ular 
ajraluvchi 
shtamplarda 
kombinatsiyalashgan shtamplash bilan olinadi. 
5 guruh (3.36-rasm) blokli va sektsiyali shtamplarda olinadigan panellar 
turidagi pokovkalarni o’z ichiga oladi. 
3.34-rasm. Gidravlik presslarda shtamplanadigan 3 guruh pokovkalari 


162 
3.35-rasm. Gidravlik presslarda shtamplanadigan 4 guruh pokovkalari 
3.36-rasm. Gidravlik presslarda shtamplanadigan 5 guruh pokovkalari 
Sanab o’tilgan texnologik operatsiyalarni bajarishda ochiq va yopiq shtamplar, 
hamda yalpi va ajraluvchi matritsalarda ko’p puansonli shamplash qo’llaniladi. 
Boshlang’ich zagotovkalar sifatida prokat, quyma va pokovkalardan foydalaniladi. 
Texnologik jarayonni ishlab chiqish 
Texnologik jarayonni ishlab chiqishda quyidagi qoidalardan foydalanish lozim: 
1.
pokovkada bo’shliqni xosil qilishda metallning yon tomonlarga tarqatilishi 
tavsiya etiladi. Masalan, chuqur bo’shliqqa ega bo’lgan stakan turidagi pokovkani 
teskari siqib chiqarishda burchaklari dumaloqlangan kvadrat kesimga ega bo’lgan 
zagotovkadan foydalanish maqsadga muvofiqdir; 
2.
Uncha chuqur bo’lmagan bo’shliqqa (bo’shliq diametrining chuqurligiga 
bo’lgan nisbati 1 dan kichik) ega bo’lgan zagotovkalar uchun teskari siqib 
chiqarishni devorini ingichkalashtirib cho’ktirishdan oldin qo’llash lozim; 


163 
3.
Siqib chiqarish va devorni ingichkalashtirib cho’ktirishlar tomonidan 
deformatsiyalanadigan 
zagotovkaning massasini qirralarning notekisligiga 
qo’yiladigan pripuskni e’tiborga olgan holda aniqlash kerak; 
4.
Qizdirishdan keyin va shtamplashdan oldin qizdirilgan zagotovkani 
kuyundilardan tozalash lozim yoki oqsillantirishsiz qizdirish turini tanlash kerak 
bo’ladi; 
5.
Murakkab shakldagi pokovkalarni tayyorlashda zagotovkalarni bolg’alab 
kerak bo’lgan shaklga yaqinlashtirish va shundan so’ng gidravlik presslarda 
shtamplash tavsiya etiladi. 
1 guruh (3.32-rasm) pokovkalarini issiq holda shtamplovchi krivoship 
presslarda ham olish mumkin. Biroq unda qimmat bo’lgan, katta yurishga ega 
bo’lgan press konstruktsiyasi va gidravlik yostiqcha ko’rinishidagi himoya vositasi 
talab etiladi. 
Gidravlik presslarda bu turdagi pokovkalarni olish ikkita – uchta o’tishda 
amalga oshiriladi. Balandligi tomonning uzunligidan to’rt barobar katta bo’lgan, 
kvadrat kesimli zagotovka tanlanadi. Bunda matritsa qabul qilgichning (3.37-rasm) 
diametri kvadrat kesimning diagonal o’lchamiga bog’liq. Ularning orasidagi g’ovak 
0.5 ÷ 1 mm ni tashkil qilishi lozim. O’lchamlarning bunday nisbati zagotovkaning 
o’qi bo’ylab qiyshayishini oldini oladi, hamda puanson o’qiga nisbatan 
zagotovkaning to’g’ri joylashganligini ta’minlab beradi. 
3.37-rasm. Matritsada kvadrat kesimli zagotovkaning joylashishi 


164 
Teskari siqib chiqarishda puanson bosimi oshgani sayin metall matritsa qabul 
qilguvchisini zich to’ldiradi va puanson va matritsa devorlari orasidagi ochiq 
xalqasimon bo’shliq tomon (eng kichik qarshilik tomon) yoki puansonning 
bo’shliqli soxasiga xarakatlanadi (3.38-rasm). 
3.38-rasm. Ichi bo’sh stakan turidagi pokovkani shtamplashdagi o’tishlar:
a – zagotovka; b – boshlang’ich ariqchada shtamplash; d – yakuniy ariqchada shtamplash
Balandligi diametrga yoki kvadratning yoniga bo’lgan katta nisbatli, ichi bo’sh 
silindrik pokovkani olish ikkita o’tishda amalga oshiriladi. Birinchi o’tishda matritsa 
qabul qiluvchisi metall bilan to’ldiriladi, ichi bo’sh qismining boshlang’ich 
belgilanishi va markazlovchi bo’rtiqlik xosil qilinadi. Ikkinchi o’tishda esa talab 
etilgan o’lchamlar olinmaguncha metallning to’g’ri va teskari oqishi davom etadi. 
Zagotovka uzunligi quyidagi formula orqali aniqlanadi 
𝐿
𝑧𝑎𝑔
=
𝑉
𝑧𝑎𝑔
𝐹
𝑧𝑎𝑔
,
(3.16) 
bu yerda 
𝑉
𝑧𝑎𝑔
– zagotovka xajmini pokovka va metall kuyindisi xajmlarining 
yig’indisi sifatida olinadi
𝐹
𝑧𝑎𝑔
– pokovkaning tashqi diametri bo’yicha 
aniqlanadigan zagotovka kesimi. 
Stakan turidagi va ichi bo’sh flanetsli pokovkalar ikkita o’tishda bajariladi. 
Birinchi o’tishda zagotovka flanets diametriga teng bo’lgan o’lchamgacha 
cho’ktiriladi, ikkinchi o’tish – to’g’ri siqib chiqarish bilan vtulkani xosil qilish va 
flanetsga shakl berishdan iboratdir. 
1 guruhdagi pokovkalarni bitta pressda, ko’p ariqchali shtampda yoki ajratilgan 
jarayon yordamida, ya’ni xar bir shtamplashdagi o’tishlar alohida pressda bajariladi. 
Pokovkalarni yirik seriyadi ishlab chiqarishda odatda ajratilgan jarayondan 


165 
foydalaniladi. Bunda xar bir shtamplashdagi o’tishda shtamplar konstruktsiyasi bir 
biridan farqlanadi. 
3.39-rasmda yakuniy shtamplash, ya’ni shtamplash – kalibrlashga 
mo’ljallangan shtamp ko’rsatilgan. Yakuniy ariqchada kalibrlash jarayoni 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
Pressning shtamplash soxasiga yuborilgan pokovka puansonning pastga 
xarakatlanganida kalibrlovchi xalqa 8 tomonidan pastga itariladi va bu holatdda 
pokovka yakuniy o’lchamlarga ega bo’ladi. Puanson o’zining pastki nuqtasiga 
yetkanidan so’ng boshlang’ich nuqtasiga qaytadi. Press polzunining qaytma 
xarakatida olib tushirgich 11 pokovka 12 ning yuqorigi qismini ushlab oladi va 
puansondan olib tushiradi. Shtamp ikkita bir xil puansonlar bilan jihozlangan. Yangi 
zagotovkani yuborish paytida puansonning joyi o’zgaradi. 
3.39-rasm. Gidravlik press shtampining kalibrlash sxemasi: 
1 – traversa; 2 – puansonni gorizontal xarakatlantirish uchun qurilma; 3 – pnevmatik tsilindr; 4 – 
shtok; 5 – xarakatlanuvchi aravacha; 6,7 – puansonlar; 8 – kalibrlovcha xalqa; 9,10 – sovutuvchi 
vannalar; 11 – olib tushirgich; 12 - pokovka
Puanson 7 pastga, ya’ni shtamp bo’shlig’iga xarakatlanganida boshqa puanson 
6 suv bilan sovutiladigan vannalarning 9, 10 biriga tushiriladi. Vannalar 


166 
matritsaning ikkala tomonlarida joylashgan bo’ladi. Bundan tashqari har bir puanson 
ishchi bo’shliqning ichki tomonidan bosim ostida chiqayotgan suv bilan sovutilib 
turadi. Bunday ikki turdagi sovutish bilan puanson xaroratini maromda ushlab turish 
mumkin. 
Puansonlarning gorizontal xarakatlanishi pressning traversasi 1 ga qotirilgan 
moslama 2 yordamida amalga oshiriladi. Moslama pnevmatik silindr 2 ga ega. 
Silindrning porsheni shtok 4 yordamida xarakatlanuvchi aravacha 5 bilan 
birlashtirilgan bo’lib, unga puansonlar qotirilgan bo’ladi. 
Bunday turdagi shtamp sxemasini boshlang’ich shtamplashda ham qo’llaniladi. 
2 guruh pokovkalari bir necha o’tishli shtamplash bilan olinadi. Pokovka sifati 
yaxshi bo’lishi talab etiladigan ariqchalar soni, pokovka alohida qismlari 
o’lchamlarining nisbati va profilidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Bu omillar 
metallning kerakli yo’nalishga oqishi yoki unga qarshilik ko’rsatishi mumikn. 
Shunday qilib, disk pokovkasini gidravlik pressdagi sektsiyali shtampda 
amalga oshirish mumkin. Bu shtamplashning o’tishlari 3.40-rasmda ko’rsatilgan. 
Shtamplashning texnologik jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. 
Qizdirilgan zagotovka sektsiyali puanson va yalpi matritsaga ega bo’lgan 
shtamp (3.41-rasm) ga yuboriladi. Puanson uchta kontsentrik sektsiyalardan iborat. 
Bunda markaziy va o’rta qismlari xarakatlanuvchan va balandlik bo’yicha maxsus 
sozlovchi xalqalar bilan sozlanadi. Sektsiyalarning ikkita holati bo’lishi mumkin: 
yuqorigi – sozlovchi xalqalarning tishlari sektsiyalarning pazlarida joylashganda, va 
pastki - sozlovchi xalqalar paz kengligi bo’ylab aylanganda va xalqaning bo’rtib 
turgan joylari sektsiyaning bo’rtib turgan joylariga qarama – qarshi turadi. 
Sektsiyalarning holatlarini bir – biridan alohida sozlanadi. Shtamplashning 
boshlang’ich bosqichida (3.41a-rasm) diskning boshlang’ich shakl berish jarayoni 
amalga oshiriladi.


167 
3.40-rasm. Zagotovka (a) va diskni shtamplashdagi o’tishlar (I-IV) 
Press traversasi yuqoriga xarakatlanganda sektsiyaning markaziy va o’rta qismi 
sozlovchi xalqa qalinligigacha pasayadi va buning natijasida sozlovchi xalqaning 
aylanishi bilan bitta yoki ikkala sektsiyaning pastki holati o’rnatiladi. So’ngra 
sozlovchi xalqa aylanadi va zagotovkaning markaziy qismi siqiladi (3.41b-rasm).
Ikkinchi sozlovchi xalqa yordamida zagotovkaning markaziy qismi siqiladi (3.41d-
rasm) va ikkala xalqani aylantirib, ularning tishlari sektsiya pazlari ustida joylashgan 
bo’ladi (3.41e-rasm) va kalibrlash amalga oshiriladi. 
3 guruh pokovkalari o’qqa nisbatan uzaygan (3.41-rasm) va bir yoki ikkita 
o’tishlar bilan olinishi mumkin. 
Ko’ndalang kesim o’lchamlari kichik bo’lgan, hamda boshqa jihozda 
zagotovkalarni boshlang’ich tayyorlashda pokovkalar bitta o’tishda shtamplanadi. 
Massasi 400 kg va undan kattaroq bo’lgan tirsakli vallar turidagi pokovkalarni 
shtamplashda sektsiyali shtamplashdan foydalaniladi. 
Sektsiyali shtamplashda traversaning bir necha yurishida zagotovkaning 
aloxida soxalari ketma – ket deformatsiyalanadi. Bu holatda kuchlanishi ancha 
kichik bo’lgan presslardan foydalanish mumkin. 


168 
 
3.41-rasm. Sektsiyali puansonli shtampda diskni shtamplash sxemasi 
3.42-rasm. Yirik tirsakli valni bukish va qisman cho’ktirish qilish usuli bilan 
sektsiyali shtamplash sxemasi: 
a – zagotovkani shtampga qo’yish; b – flanetsni qisman cho’ktirish qilish: 1 – pona; 2 – 
polzushka; d – zagotovkani siljitish: 1 – bosuvchi puanson; e - birinchi tirsakni qisman 
cho’ktirish qilish; f – zagotovkani siljitish; g – i – qolgan tirsaklarni qisman cho’ktirish qilish 


169 
Bolg’alanib tayyorlangan zagotovka uzunligidan kelib chiqqan holda ikkita, 
uchta yoki to’rtta sektsiyalarga bo’linadi va har bir sektsiya alohida shtamplanadi.
Masalan, yirik tirsakli vallar ajraluvchi shtamplarda amalga yasaladi. Press 
travesrasi pastga qarab xarakatlanganda, oldindan bolg’alab tayyorlangan zagotovka 
shtamp ariqchalarida siqiladi (3.42a-rasm), so’ngra ikkita ponasimon moslamalar 
yordamida shtampning ikkita qismi bir – biriga yaqinlashadi va xarakatlanuvchi 
polzushkalar yordamida qisman cho’ktirish amalga oshiriladi (3.42b-rasm). 
Shundan so’ng zagotovka tirsak uzunligiga siljiydi (3.42d-rasm) va siquvchi 
puanson yordamida birinchi tirsakning qisman cho’ktirilishi va bukilishi amalga 
oshadi (3.42e-rasm). Xuddi shu tarzda qolgan tirsaklar ham shtamplanadi (3.42f-i-
rasm). 
4 guruh pokovkalari gidravlik presslardagi ajraluvchi shtamplarda 
kombinatsiyalangan shtamplash bilan tayyorlanadi. 
Bitta usullardan biri quyidagidan iborat. Tashqi konturi pokovka (gidravlik 
bolg’alash pressida va bolg’alash jihozida olingan) konturiga yaqin bo’lgan 
zagotovka bolg’alash xaroratigacha qizdiriladi va shtampning pastki yarimiga 
o’rnatiladi (3.43-rasm). Shundan so’ng pressning traversasi shtampning yuqorigi 
qismi bilan shtamp birikish holatigacha xarakatlanadi (birinchi xarakat). Aynan shu 
holatda gorizontal joylashgan silindrlar ishga tushadi. 
Plunjerlarga qotirilgan puansonlar gorizontal yo’nalishda xarakatlanadi va bir 
vaqtning o’zida zagotovkaning ikkita tomonidan kirib boradi. Natijada metall 
ariqchaning bo’shlig’ini to’ldiradi (3.44-rasm). 
Zagotovkaning xajmini pokovka xajmi va kuyindi xajmining summasi bilan 
aniqlashadi. Bunda boshlang’ich bolg’alashda chiqindiga ketgan metall xajmini ham 
hisoblash lozim. 
4 guruh pokovkalari – bu alyumin, magniy, titan qotishmalaridan 
tayyorlanadigan panellardir. Katta xajmdagi pokovkalarni kuchli gidravlik 
presslarda tayyorlashadi va ular turli joylashuvga ega bo’lgan, shu jumladan 
kesishuvchi ko’rinishdagi ko’p sonli bikrlik qovurg’ali, ingichka tasma shakldagi 
detallarga o’xshagan ko’rinishga ega. 


170 
 
3.43-rasm. Ikki xarakatli gidravlik pressda shtamplash sxemasi: 
1 – gorizontal tsilindr; 2, 7 – plunjerlar; 3, 6 – puansonlar; 4 – xarakatlanuvchi traversa; 5 
– shtampning yuqorigi yarim qismi; 8 – gorizontal tsilindr; 9 – stol; 10 – shtampning pastki 
yarim qismi; 11 - pokovka
 
3.44-rasm. Qovurg’alarni metall bilan to’ldirish sxemasi 
Shtamplash jarayonida ingichka tasma panellarni va yuqori qovurg’alarni 
shakllantirish 
texnologik 
murakkabliklarni 
keltirib 
chiqaradi 
va 
katta 
kuchlanishlarni talab etadi. 
Masalan, zagotovkada metallning yetishmasligi qovurg’alarni to’lmasligiga, 
ortiqchasi esa qovurg’alar to’lganida pitrani chiqara olmaslikka olib keladi. Talab 
etiladigan solishtirma kuchlanish qovurg’alar to’lganidan so’ng metall oqimi 


171 
o’zgarishi natijasida o’zgaradi, agarda yetarlicha kuchlanish bo’lmasa, tasmada 
ortiqcha qalinlik vujudga keladi. 
Panellarni shtamplashda tortilishlar kabi nuqson vujudga kelishi mumkin 
(3.45-rasm). 
 
3.45-rasm. Tortilish xosil bo’lish sxemasi 
Tortilishlarni bartaraf qilish uchun boshlang’ich shtampdan foydalaniladi. 
Bunda qovurg’alar ustida, ya’ni yuqorigi shtampning tagida metallni yig’ilishi 
ta’minlanadi (3.46-rasm). Bunday holatda shtampning yakuniy ariqchasida 
qovurg’alarning oson to’lishi va talab etiladigan kuchlanishni kamayishi 
ta’minlanadi. Shunday natijaga erishtiradigan boshqa turdagi texnologik jarayonlar 
ham ishlab chiqilgan. 
3.46-rasm. Tortilishni oldini olish sxemasi 


172 
Panel soxalarini bir xil o’lchamlarga va shakllarga bo’lish imkoniyati bo’lsa, u 
holda talab etiladigan kuchlanishni kamaytirish uchun xar bir soxani ketma – 
ketlikda shtamlash mumkin (3.47-rasm). 
 
3.47-rasm. Panelni ketma – ket shtamplash sxemasi:
1 – zagotovka; 2 – shtampning yuqorigi qismi; 3 – taglik qo’yim; 4 – shtampning pastki qismi; 5 
- siquvchi

Download 7,54 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish