O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

Yopiq shtamplarda siqib chiqarishli shtamplash 
Yopiq shtamplarda siqib chiqarishli shtamplash plastikligi past bo’lgan 
po’latlar va qotishmalardan pokovkalarni olishda qo’llaniladi, chunki plastik 


150 
deformatsiya xar tomonlama notekis siqilishda yaxshi amalga oshadi. Quyidagi 
turdagi siqib chiqarishlar farqlanadi: to’g’ri (3.24a, g-rasm), teskari (3.24b, d-rasm), 
ko’ndalang (3.24e-rasm) va kombinatsiyalashtirilgan (3.24f-rasm). 
3.24-rasm. Siqib chiqarish sxemalari:
a, g – to’g’ri; b, d – bo’ylama; e – ko’ndalang; f – kombinatsiyalangan
Qoidaga asosan, 5 guruh pokovkalarini shtamplashda pokovka sterjenini siqib 
chiqarish yo’li bilan olinadi, kallak esa yopiq va ochiq shtamplarda cho’ktirish orqali 
olinadi. 
Yopiq shtamplarda sterjenni siqib chiqarishda va kallakni cho’ktirganda 
metallning ortiqchasi sterjenning uzunligini oshirishga sarflanadi, kallak esa 
zausenetssiz yoki torets qismidagi kichik zausenets bilan cho’ktiriladi. 
Siqib chiqarishda ishlatiladigan matritsalarning tag qismlarini konussimon 
qilib yasashadi va ularning kirish burchagi α
k
=150° bo’ladi. “O’lik” soxalarni 
vujudga kelishini oldini olish maqsadida kirish burchagi α
k
=120° qilib olinadi. Siqib 
chiqarishda torets burchagi 150° bo’lgan konussimon puansondan foydalanish 
samarasi katta bo’ladi. Murakkab kallaklarni shtamplashda, agarda yakuniy 
shtamplash keyingi ariqchada amalga oshirilsa, yassi puansondan foydalanish 


151 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda nisbiy siqilish quyidagi formula orqali 
aniqlanadi: 
∆=
𝐹
𝑚𝑎𝑡
−𝑓
𝑠
𝐹
𝑚𝑎𝑡
∙ 100%
, (3.9) 
bu yerda,
𝐹
𝑚𝑎𝑡
– shtamp matritsasining ko’ndalang kesim maydoni; 
𝑓
𝑠
– matritsa 
sterjenining ko’ndalang kesim maydoni. U 15÷95 % oralig’ida o’zgarishi mumkin. 
Metall oqimining tezligi (m/s), ω 
𝜔 =
𝐹
𝑚𝑎𝑡
𝑓
𝑠
𝑣
𝑝
, (3.10) 
bu yerda: 
𝑣
𝑝
– puanson xarakati tezligi (m/s). U polzun xarakati grafigi orqali 
aniqlanadi; siqib chiqarishda maksimal qiymatdan – yurishning boshlanishidan, to 
chekka past holatiga mos keluvchi nol nuqtasigacha. 
Demak, krivoship presslarida siqib chiqarishda metall oqimining tezligi ham 
o’zgaruvchan bo’ladi, ya’ni siqib chiqarishning boshida maksimal qiymatga ega. 
Yuqori legirlangan po’lat kam legirlangan va uglerodli po’latlardan farqli o’laroq 
pastroq bo’lgan tezliklarda shtamplanadi. 
Deformatsiya tezligi va qayta kristallanish orasidagi nisbat noqulay 
sharoitlarda bo’lsa, hamda metall va matritsa devorlari orasidagi ishqalanish katta 
bo’lsa, u holda pokovka metallining buzilishiga va sterjenda ko’ndalang 
yo’nalishdagi yoriqlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Siqib chiqarish uchun talab 
etilgan kuchlanishni kamaytirish maqsadida zagotovka qizdiriladi. Bu holatda 
zagotovka shtamplash intervalining yuqorigi nuqtasigacha qizdiriladi. 
Tanlangan pokovka shakli, texnologik jarayonning tanlangan varianti va 
zagotovka xajmi tebranishidan kelib chiqib, siqib chiqarishli shtamplash bilan 
pitrasiz pokovkalar olinishi mumkin (3.25-rasm): pitrasiz, toretsli zausenets bilan, 
ko’ndalang pitra va ko’ndalang pitra bilan toretsli zausenetsli. 
Siqib chiqarishli shtamplashdan oldin zagotovkaning cho’ktirilishi sababi – bu 
kuyundilarni olib tashlashdir. Shu bilan birga kichik diametrli va katta uzunlikdagi 
zagotovkalarga ishlov berishda kesib ishlash jarayonining ustunligi bor ekanligini 
e’tiborga olish lozimdir. Ayrim xollarda zagotovkani shtamplash ariqchasiga qulay 
tarzda joylashtirish uchun shaklo’zgarish operatsiyalari qo’llanishlari mumkin. 


152 
3.25-rasm. Siqib chiqarishli shtamplashdagi pitra:
a – toretsli; b – og’darilgan yassi; d – ko’ndalang ariqchali; e – ko’ndalang 
Siqib chiqarish jarayonida shtamp maksimal balandligi (cho’ktirishga 
qaraganda) va itarib chiqaruvchini katta yurishi kabi ko’rsatkichlarni e’tiborga olgan 
holda press jihozi tanlanadi. Itarib chiqargich mexanik, pnevmatik, pnevmomexanik 
va gidravlik (pressga jihozlangan) bo’lishi mumkin. Siqib chiqarish jarayonining 
boshida polzun yurishi soxasida pressning kuchlanishi shtamplash kuchlanishiga 
mos ekanligini tekshirish kerak.

Download 7,54 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish