173
Shtamplarni loyihalashda gidravlik presslarning quyidagi xossalarini e’tiborga
olish kerak: yetarlicha ishonchli bo’lmagan polzunning xarakati, kuchlanishni
ekstsentrik qo’yish xavfi, polzunning
cheklanmagan yurishi, pokovkani shtampda
uzoq qolishi. Shularga mos ravishda shtamplarda yo’naltiruvchi elementlar va
polzun yurishi cheklovchini, markaziy ariqcha yoki unga yaqin bo’lgan ariqchani
qo’llash, suv bilan sovutilishi va puanson va matritsalarni moylash, shtampning yirik
detallarini ichini bo’sh qilib yasash va mustahkamligini
oshirish uchun bikrlik
qovurg’alarini payvandlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Zagotovkalarni bolg’alab – cho’zish uchun asbobni loyihalashtirishda
bolg’alab – cho’zishning maydoni (zagotovka ko’ndalang kesimining bolg’alab –
cho’zishgacha va undan keyingi maydonlarining farqi), bolg’alab – cho’zish
puansoni va bolg’alab – cho’zilgan zagotovkalar ko’ndalang kesimining maydoni
orasidagi nisbatining optimalligiga rioya etish kerak. Bu nisbatlarga rioya etmaslik
natijasida tag qismning uzilishi yoki ingichkalanishi va bolg’alab – cho’ziluvchi
zagotovka yon devorining uzilishini kuzatish mumkin. Bitta bolg’alab - cho’zish
operatsiyasida xalqalar soni 1÷3 ga teng, xalqaning kirish burchagi 15
°
ni,
kalibrlovchi silindrik tasma balandligi 5÷7 mm ni tashkil etadi. Ishqalanishni
kamaytirish maqsadida puansondan pokovkani tushiruvchini ko’zda
tutish
maqsadga muvofiq bo’ladi.
Panel turidagi yirik o’lchamli pokovkalarni shtamplashda, shtampda
seziluvchan elastik deformatsiya yuzaga kelishini e’tiborga olish kerak.
3.48-rasmda shesternya pokovkasini pitrasiz shtamplash shtampining sxemasi
keltirilgan.
Bunday shtamplarning o’ziga xosligi – ularda gidrosilindr porsheni 4 ga
tayanib turuvchi xarakatlanuvchi sterjen 5 mavjud. Zagotovka xajmi o’zgarganda
matritsaning tagiga tushadigan bosim o’zgaradi va kompensatsiyalovchi sterjenlar
pastga yo’nalgan holda porshenni pastga tushiradi. Suxar 3 porshenning yuqorigi
holatini chegaralab turadi, sterjen 1 esa puanson 2 ning pastki holatini aniqlab beradi.
174
3.48-rasm. Shesternya pokovkasini pitrasiz shtamplash shtampining sxemasi:
1 – xarakatlanmaydigan sterjenlar; 2 – puanson; 3 – suxar, 4 – gidrotsilindr
porsheni; 5 –
xarakatlanuvchi sterjenlar
Shtamplash kuchlanishini aniqlash
Gidravlik shtamplash presslarini traversaning istalgan yurish nuqtasidagi bir xil
kuchlanishi ajratib turadi. Pokovka maksimal o’lchamlariga erishganda, hamda
metall pitra ariqchasiga oqib chiqqandagi holatda
shtamplashning maksimal
kuchlanishi aniqlanadi.
Gidravlik shtamplash pressining kuchlanishini mexanik shtamplash pressining
kuchlanishi aniqlash formulasi bo’yicha topish mumkin. Albatta bu yerda
to’g’irlanuvchi koeffitsient e’tiborga olinadi.
Gidravlik shtamplash presslari mexanik shtamplash presslariga qaraganda
sekin xarakatlanadi va natijada zagotovka shtampning pastki bo’shlig’ida qolib
ketish vaqti mexanik pressnikiga qaraganda ko’proq bo’ladi.
Buning natijasida
zagotovka jadal soviydi. Oxirgi vaziyat ayniqsa pokovka uncha katta bo’lmagan
175
balanlikka ega bo’lganida va bir necha o’tishlar bilan shtamplanib, ortiqcha metall
pitra ariqchasiga chiqib ketganida seziladi. Press kuchlanishi qancha katta bo’lsa, u
holda pokovkaning shtampning pastki qismida qolib ketish vaqti shuncha katta
bo’ladi. Bu bog’liqlik pitrasiz shtamplashda kichik darajada kuzatiladi. Chunki pitra
asosiy metall xajmiga qaraganda tezroq soviydi.
Gidravlik shtamplash pressining kuchlanishini quyidagicha aniqlashimiz
mumkin:
P
dg
= P
ksh
·k
gp
,
(3.17)
bu yerda P
ksh
– issiq holda shtamplovchi krivoship
pressining kuchlanishi; k
gp
–
pokovkani tayyorlash jarayonida zagotovkaning jadal sovushini e’tiborga oluvchi
koeffitsient. Bu koeffitsient pokovka murakkabligi va press turiga bog’liq bo’ladi.
k
gp
kattaligi 1,0 dan 2,0 gacha bo’lgan oraliqda o’zgaradi, pressning nominal
kuchlanishi o’sishi bilan k
gp
ko’rsatgichi ham ortadi.