Bolg’alovchi jo’valarda zagotovkalarni profillash




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

3.7. Bolg’alovchi jo’valarda zagotovkalarni profillash 
Jo’valash haqida tushuncha 
Zagotovkalarni bolg’alovchi jo’valarida profillash zagotovkani shtamplashga 
tayyorlash uchun ham yakuniy operatsiya sifatida qo’llaniladi. Birinchi holatda, 
jo’valash zagotovkalash sifatida xizmat qilib, metallni zagotovka uzunligi bo’yicha 
taqsimlanishini ta’minlab beradi. Buni, uzun zagotovkalarni tayyorlashda qo’llash 
maqsadga muvofiq bo’ladi va metall sarfini 5 - 2– % iqtisod qilishga, mehnat 
unumdorligini 50 – 150 % ga oshirishga va pokovkalarning tannarxini 10 – 25 % 
tushurishga imkon beradi. Jo’valashga qora va rangli metallarni, shu jumladan 
alyumin va titan qotishmalari beriladi.
O’q bo’ylab bir xil bo’lmagan ko’ndalang kesimli tayyor mahsulotlarni 
ta’minlovchi jo’valash jarayoni bo’ylama davriy prokatlash bilan o’xshash. U holda 
ham bu holda ham aylanayotgan jo’valarning aylanib, oqishi natijasida boshlang’ich 
zagotovkaning ko’ndalang kesimi kamaygan holda, uning uzunligi ortadi. Farqi 
shundaki, jo’valashdagi deformatsiyalash jarayoni zagotovka berilgan tomonga 
qarab amalga oshiriladi (3.70-rasm). Misol sifatida bir kletli va ko’p ariqchali 
bolg’alash jo’valarida jo’valashni olishimiz mumkin. Prokatlashdan farqli o’laroq 
siqish butun uzunlik bo’yicha emas, balki muayyan qismini bo’yicha amalga 
oshiriladi. Jo’valarda o’tish joylari mavjud bo’lib, siqish noldan maksimumgacha 
o’zgarishi mumkin va bu holat bitta o’tishda siqishni kattartirish imkonini beradi. 


203 
Agarda tasmaning jo’valarga ilashishi kichik siqishda amalga oshsa yoki 
ilashishga asbobning o’yilgan joyi sabab bo’lsa, maksimal siqish o’rnatilgan jarayon 
shartlari bilan chegaralanadi va bu holatda ilashish burchagining maksimal qiymati 
ishqalanish burchagining ikkilangan ifodasigacha yetishi mumkin: 
𝛼
𝑚𝑎𝑘𝑠
≅ 2𝛽
𝑖
.
(3.20) 
Bu holatda ruxsat etilgan 
∆ℎ
siqish kattaroq bo’ladi, ya’ni
∆ℎ
𝑚𝑎𝑘𝑠

 D (1-
cos 2𝛽
𝑖
).
(3.21) 
Jo’valashda siquvchi kalibr jo’va aylanasi uzunligi bo’ylab to’liq kesilmaydi, 
balki uning muayyan qismi kesiladi (odatda yarmidan kam qismi). 
3.70-rasm. Jo’valash jarayonining ketma – ketligi: a – zagotovkani boshlang’ich 
holatga keltirish:
1 – zagotovka; 2 – tayanch; 3 – qisgich; 4, 5 – jo’valar; 6- asbob; b – zagotovkani 
ilashtirish va uni asbobning o’yiqliklari yordamida deformatsiya soxasiga ilashtirish; d – 
jo’valash jarayonining amalga oshishi (α – ilashish burchagi); e – zagotovkani chiqarib berish: 

0
, ℎ
1
, 𝑏
0
, 𝑏
1
– jo’valashgacha va jo’valashdan keyingi zagotovka o’lchamlari
Ikki va ko’p kletli jo’valarda jo’valashda kletlarning joylashuvi yuqori 
darajadagi aniqliqda bo’lishi shart yoki maxsus asbob yoki qurilmalar kletlar aro 
zagotovkaning xarakatlanishini ta’minlab turishi shart. 
Shakl beruvchi jo’valash 
Jo’valash jarayonlarining sinflanishi 3.71-rasmda keltirilgan.


204 
3
.7
1
-ra
sm
. Jo’va
lash
texnologik
jar
ayonlar
ini
nn
g
sinflanishi


205 
Xozirgi zamonda shaklberuvchi jo’valash keng qo’llanilmoqda. Shaklberuvchi 
jo’valashdan esa juda keng qo’llaniladigan soxa – bu shtamplash uchun 
zagotovkalarni profillashdir. 
Zagotovkani profillash pokovka kesimi va shaklidan kelib chiqqan holda 
metallni qayta taqsimlab beradi va bunda metalldan foydalanish koeffitsienti keskin 
oshadi. Shtamplash uchun zagotovkalarni jo’valarda profillash va keyinchalik 
shtamplash bitta qizdirishda amalga oshiriladi. 
Jo’valashni o’q bo’ylab ko’ndalang kesimlari keskin farqlanadigan uzun 
pokovkalarni (shatun, gaykali klyuchlar, tyaga va hokazolar) yirik seriyali va 
seriyali ishlab chiqarishda qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Jo’valangan zagotovkalar o’zlarining aniqligi va ishonchliligi bilan farqlanib 
turib, yakuniy shtamplashdagi pitraga ketadigan metall sarfini kamaytiradi va 
ariqchalarning yeyilishini kamaytiradi. Shtamp ariqchalarining ishlash turg’unligiga 
jo’valashdagi kuyundini to’liq olib tashlanish darajasi ham ta’sir ko’rsatadi. 
Jo’valash jarayonining qo’llanilish zarurati hisoblanuvchi zagotovkaning 
kesimi yoki diametr epyuralarining qurilishidan so’ng yoki 3.72-rasmda keltirilgan 
diagramma orqali aniqlanadi. Bu yerda 
𝛼 =
𝑑
𝑚𝑎𝑘𝑠
𝑑
𝑜′𝑟

𝛽 =
𝑙
𝑧
𝑑
𝑜′𝑟

𝑑
𝑚𝑎𝑘𝑠
– diametr 
epyuralari bo’yicha hisoblanuvchi zagotovkaning maksimal diametri; 
𝑑
𝑜′𝑟

hisoblanuvchi zagotovkaning o’rtacha diametri, bunda 
𝑑
𝑜′𝑟
= 1.13√
𝑉
𝑧
𝑙
𝑧
= 1.13√𝐹
𝑜′𝑟
,
(3.22) 
bu yerda
𝑉
𝑧
– zagotovka hajmi; 
𝑙
𝑧
- zagotovka uzunligi; 
𝐹
𝑜′𝑟
– zagotovka 
kesimining o’rtacha maydoni. 
Hisoblanuvchi zagotovka kesimining epyuralaridan kelib chiqqan holda 
jo’valangan zagotovkaning kesim epyuralari (3.73a-rasm) kelib chiqadi va uning 
asosida jo’valanadigan zagotovka (3.73b-rasm) konstruktsiyalanadi.
Jo’valangan zagotovka umumiy uzunligini shtamp ariqchasiga o’rnatish oson 
bo’lishi uchun, shtamp ariqchasi uzunligidan kichikroq qilib yasaladi.


206 
3.72-rasm. Zagotovkalarni jo’valash kerakligini aniqlab beruvchi diagramma: 
A – jo’valash talab etiladigan shtamplash soxasi; B – jo’valash talab etilmaydigan shtamplash 
soxasi 
3.73-rasm. Dastak pokovkasi uchun jo’valangan zagotovkani qurish:
a – ko’ndalang kesim epyuralari: 
1 – pokovka; 2 – jo’valangan zagotovka; b – jo’valangan zagotovka; 

Download 7,54 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bolg’alovchi jo’valarda zagotovkalarni profillash

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish