189
diametri d dan farqlanadi. Bu turdagi pokovkalar uchun shaklo’zgartiruvchi
operatsiyalar va shtamplash ariqchalari 1 chi guruh va 1
chi podgruppa
pokovkalarining shaklo’zgartiruvchi operatsiyalar va shtamplash ariqchalariga mos
keladi. Bo’shliqliklar teshik xosil qilish bilan qisman cho’ktirishlarni qo’llagan
holda olinadi.
3.58-rasm. Gorizontal bolg’alash mashinalarda shtamplanuvchi 3 – chi guruh
pokovkalari:
A – D – pokovka turlari
B turidagi pokovkalar juda chuqur bo’shliqqa ega bo’ladi
va silliq silindrik
vtulkalar pokovkalari kabi shtamplanadi. Pokovkaning uzunligi kattaroq bo’lsa,
ikkita pokovkaga mo’ljallagan holda zagotovkani olish kerak.
Bo’shliqqa ega bo’lgan va o’zgaruvchan ko’ndalang kesimga ega bo’lgan V
turidagi pokovkalar uchun xalqa va vtulkalar va A va B turidagi pokovkalar uchun
qo’llaniladigan operatsiyalar va ariqchalar qo’llaniladi.
2 chi podgruppa pokovkalari – bu bo’shliqlar
ikki tomonda joylashgan
pokovkalar bo’lib, ularning tashqi va ichki konfiguratsiyalari turfa bo’ladi. Bu
pokovkalar 2 chi guruhning 3 chi podgruppa pokovkalariga o’xshash bo’lib, farqli
tomoni bu pokovkalarni olishda teshish operatsiyasi qo’llanilmaydi.