6 chi guruhga
(3.61-rasm) GBM larida qo’shimcha shtamplanish talab
etiladigan pokovkalar kiradi. Bu pokovkalar turli shakllarga ega va GBM larda
shtamplanishdan oldin bazaviy yuzalarga ega bo’lishlari shart.
1 chi podgruppaga GBM larda qisman cho’ktirilgan, oxirlari kengaytmaga ega
bo’lgan pokovkalar kiradi.
2 chi podgruppaga GBM larda teshik xosil qilish qilingan, ichi bo’sh
pokovkalar kiradi.
3 chi podgruppaga GBM larda boshqa shaklo’zgartiruvchi operatsiyalar
bajarish natijasida olinadigan pokovkalar kiradi.
3.61-rasm. Gorizontal bolg’alash mashinalarda shtamplanuvchi 6 – chi guruh
pokovkalari
Shtamplash kuchlanishini aniqlash va GBM larni tanlash
GBM kuchlanishi shtamp turi va bajarilayotgan operatsiya turiga bog’liq
bo’ladi. GBM da talab etiladigan kuchlanishni aniqlash uchun ko’p xollarda
quyidagi formuladan foydalaniladi:
𝑃
𝑔𝑏𝑚
= 𝐾
𝑔
𝜋𝐷
𝑝
2
4
𝜎
𝑣
,
(3.18)
bu yerda,
𝐾
𝑔
– GBM shtamplash turidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan
ma’lumotli koeffitsient;
𝐷
𝑝
- pokovka diametri;
𝜎
𝑣
– shtamlashni yakunlovchi
xaroratdagi materialning uzilishga vaqtinchalik qarshiligi.
Teshish va kesib olish ariqchalarida talab etiladigan shtamplashning
kuchlanishini kesib oluvchi press kuchlanishi aniqlovchi kuchlanish bilan
aniqlanadi; kesishdagi kuchlanishni press pichoqlarida kesish formulasi orqali
aniqlanadi. Kuchlanishni aniqlagandan so’ng katalogdan GBM ni tanlab olishadi.
195
Agarda shtamp bo’shlig’ining balandligi o’zida talab etiladigan ariqchalarning
xammasini joylashtira olmasa, u holda katalog orqali yaqin, kuchlanishi kattaroq
bo’lgan mashina tanlanadi.
Shtampning H
sh.g
balandligini quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
𝐻
𝑠ℎ.𝑔
= ∑ 𝐷
𝑘
+ 0.3 ∑(𝐷
𝑘
+ 𝑙
𝑘
) + 10(𝑘
𝑝𝑔
+ 1),
(3.19)
bu yerda
𝐷
𝑘
– xar bir ariqchada o’tishdagi eng katta diametri;
𝑙
𝑘
– xar bir ariqchadagi
o’tishning uzunligi;
𝑘
𝑝𝑔
– o’tishlar soni.
GBM shtamplari
GBM shtamplarining asosiy uzaellari bo’lib puanson bloklari (puansonlar bilan
puanson ushlagich), matritsa bloklari (xarakatlanuvchi va xarakatlanmaydigan
matritsalar) ko’p xollarda qo’yimlar bilan va ketingi tayanchlar xizmat qiladi.
Ikkita, asosiy va yon polzunlarni o’ziga olgan GBM konstruktsiyasi kalta va
uzun pokovkalardan konfiguratsiyasi murakkab bo’lgan pokovkalarni shtamplash
imkoniyatini beradi. GBM shtamplarida to’plamli ariqchalar zagotovkalash
ariqchalari sifatida qo’llaniladi, shaklberuvchi va teshik xosil qiluvchi ariqchalar esa
shtamplash ariqchalari sifatida qo’llaniladi. Kesuvchi, kesib oluvchi va teshuvchi
ariqchalar pokovkani prutokdan ajratish, pitrani kesib olish va teshiklarni teshish
uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari yalpoqlash, qaytma siqish va bukish
boshlang’ich va yakuniy o’tishlar sifatida qo’llaniladi. Ayrim xollarda GBM
shtamplarida siqib chiqarishli shtamplash ham qo’llaniladi.
Pokovkaning murakkabligiga qarab bir yoki bir nechta shaklberuvchi
ariqchalar qo’llanilishi mumkin (3.62-rasm). Oxirgi ariqchada yakuniy o’lchamdagi
pokovkani olinishi sababli, uni issiq holdagi pokovkaning chizmasi bo’yicha
bajarishadi. Yakuniy shaklberish jarayoni matritsada joylashgan yopiq ariqchada
(3.62a-rasm), matritsada joylashgan ochiq ariqchada (3.62b-rasm), puansonda
(3.62d-rasm), matritsa va puansonda (3.62e-rasm), pitra ariqchasiga ega bo’lgan
matritsada (3.62f-rasm) amalga oshiriladi. Shaklberishning oxirgi sxemasi
murakkab shakldagi kallaklarga ega bo’lgan pokovkalarni yasashda qo’llaniladi.
196
3.62-rasm. GBM shtamplar shakl beruvchi ariqchalarining turlari
Ochiq ariqchada shaklberishni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning
asosiy sababi shundaki, yopiq shtamplashda yuzaga keladigan zausenetsni (matritsa
va puanson orasida) qo’l bilan tozalashga to’g’ri keladi. Ochiq ariqchada
shaklberishda esa vujudga keladigan zausenetsni shu shtampning kesib oluvchi
ariqchasida olib tashlash mumkin.
To’plamli o’tishlarni (3.63-rasm) tayinlanish sababi shundaki, pokovkaning
keyingi shaklo’zgarish jarayoni uchun kengayganlikni qisman cho’ktirilishidir.
Bunda matritsada erkin qisman cho’ktirish (3.63a-rasm), silindrik bo’shliqqa ega
bo’lgan matritsada qisman cho’ktirish (3.63b, d-rasm), konussimon bo’shliqli
puansonda qisman cho’ktirish(3.63e, f-rasm), matritsa va puansonda (3.63g-rasm)
bajariladi.
3.63-rasm. Qisman cho’ktirish qiluvchi GBM shtamplarining to’plamli ariqchalar
sxemasi
197
Pokovkani prutokdan ajratish jarayoni kesib oluvchi ariqchalarda
xarakatlanuvchi matritsa yordamida ikkita yo’l bilan amalga oshiriladi (3.64-rasm).
Birinchi holatda (3.64a-rasm) pokovka 2 xarakatlanmaydigan pichoq 3 ga siqib
qo’yilgan. Prutok 4 esa xarakatlanmaydigan matritsaga qotirilgan pichoq 1 bilan
ajratiladi. Ikkinchi holatda (3.64b-rasm) prutok xarakatlanmaydigan qilib qotiriladi,
qisman cho’ktirish uchun mo’ljallangan prutok qismi yoki pokovka esa
xarakatlantiriladi. Bitta o’tishda diametri 30 mm gacha bo’lgan prutok kesib olinishi
mumkin.
3.64-rasm. Kesuvchi (a, b) va kesib oluvchi (d) GBM ariqchalari:
1 – xarakatlanuvchi pichoq; 2 – pokovka; 3 – xarakatlanmaydigan pichoq; 4 – prutok; 5 – skoba;
6 – matritsa; 7 - puanson
Kesib oluvchi ariqchani ochiq shaklberuvchi ariqchalarda shakl berish jarayoni
natijasida vujudga keladigan pitralarni kesib olishda ishlatiladi (3.64d-rasm). Kesib
olishda kesuvchi asbob sifatida kesuvchi qirralar 6 ga ega bo’lgan matritsa va
itargich-puanson xizmat qiladi. Pitra matritsa bo’rtiqlari yordamida puansonning
ortga yurishida kesib olinadi va ularning ajralishi natijasida konveyer va idishga
tushib ketadi.
Teshik xosil qilish (3.65-rasm) kesuvchi qirralarga ega bo’lgan matritsa 1 va
puanson 2 bilan amalga oshiriladi (3.65a-rasm). Odatda teshishdan oldin teshik xosil
qilish operatsiyasi amalga oshiriladi. Polzun bilan teshik xosil qilish jarayonining
o’zida pokovka prutokdan ajraladi va itargich yordamida shtamplovchiga
yuboriladi. Polzunning qaytma xarakatida pokovka matritsa bo’rtiqliklari bilan
ushlab turiladi, ularning ajralishi bilan esa idishga tushadi.
198
Yaxshi teshik xosil qilishni ta’minlash uchun prutok diametri itargich-puanson
diametriga teng bo’lishi lozim. Agarda prutok diametri teshik diametridan kichik
yoki katta bo’lsa, u holda teshik xosil qilishdan oldin prutok diametri kengaytirishadi
(3.65b-rasm) yoki kichraytiriladi (3.65d-rasm). Diametrni kichraytirilishda teshik
xosil qilingandan so’ng prutokning oxiri (3.66a-rasm) siqilgan bo’lib qoladi va bu
siqilgan tomon keyinchaliq xarakatlanuvchi yarim matritsa bilan kesiladi (3.66b-
rasm).
3.65-rasm. GBM shtampining teshik xosil qiluvchi ariqchalari (a) va prutok
diametrini kattartirish (b) va kichraytirish (d) uchun boshlang’ich shakl berish
operatsiyalarining sxemalari:
1 – matritsa; 2 - puanson
Sterjen turidagi pokovkaning kengaytirilgan qismida teshik xosil qilinishi
pokovkani vertikal joylashtirgan holda yoki asosiy polzun bilan (3.66d-rasm), yoki
xarakat qiluvchi matritsaning yurishi yetsa yon polzun (3.66e-rasm) bilan amalga
oshiriladi.
Gorizontal bolg’alash mashinalarida puansonlarning yalpi blok konstruktsiyasi
keng tarqalgan (3.67-rasm). Puansonushlagich 5 ning oldingi qism pazlarida vintlar
6 va qo’yimli qopqoqlar 8 yordamida puanson 7 mahkamlangan. Blok asosiy polzun
inida planka 3 va boltlar 9 yordamida qotirilgan. Bolt 4 bilan puansonushlagichni
pona 2 ga siqib borib, puansonlar va matritsa bloklari orasidagi masofani o’rnatadi.
Shu masofani sozlashda 4 va 9 boltlarni aylantirishadi va pona 2 ni bolt 1 orqali
siljitib, gorizontal tekislik bo’yicha puansonushlagich siljtiladi. Massani
kichraytirish maqsadida quyish orqali olingan blokning o’rta qismida o’yiqlik xosil
qilinadi.
199
3.66-rasm. Oxiri siqilgan (a) prutok va nuqsonga ega bo’lgan oxirni kesish sxemasi
(b); asosiy polzun (d) va xarakatlanuvchi yarim matritsa (e) bilan oxirni kesib
tashlash
3.67-rasm. GBM puansonlar blokining konstruktsiyasi:
1, 4, 9 – boltlar; 2 – pona; 3 – planka; 5 – puansonushlagich; 6 – vintlar; 7 – puansonlar; 8 –
qo’yimli qopqoqlar
200
3.68-rasmda matritsalar blokining konstruktsiyasi keltirilgan. Ariqchalarni
matritslar blokida joylashtirilishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:
zagotovkalarni bitta yo’nalishda xarakatlantirish uchun ariqchalar ketma – ket
joylashtirilishi, eng yuklangan ariqchani blokning pastki qismida joylashtirish
lozim, matritsa uzunligi bo’ylab ariqchalar joylashishi shunday bo’lishi kerakki,
bunda zagotovkani oldindan ketinga xarakatlantirmasligi lozim. Matritsalar
blokining devor qalinligi kamida 15 mm bo’lishi kerak. Blokning hisobiy
o’lchamlari mashinaning ishchi soxasining xususiyatiga qarab tanlanadi.
Puansonlar puansonushlagichlarda mahkam qilib qotiriladi. Puansonlarning tez
yeyiladigan qismlari almashinuvchan qilib tayyorlanadi.
Matritsalarda
to’plamli
va
shaklberuvchi
ariqchalar
joylashtirilgan.
Ariqchaning siquvchi qismi zagotovkani deformatsiya paytida siqib turish uchun
mo’ljallangan bo’lib, u oval kesimga ega. Valning katta o’qi matritsalar ajralish
yuzasida joylshagan. Kichik o’qning uzunligi zagotovkaga mustahkam siqilishini
ta’minlash omilidan kelib chiqib tanlanadi.
3.68-rasm. GBM matritsalar blokining konstruktsiyasi:
1 – qo’yimlar; 2 – matritsalar bloki; 3 – gaykalar; 4 – tagliklar; 5 – boltlar; 6 – vintlar; 7 -
shponkalar
201
Kesim maydoni zagotovka kesimi maydoniga teng bo’lishi kerak. Ariqchaning
siquvchi bo’shlig’ini silliq va g’adir – budur qilib yasashadi (3.69-rasm).
Ariqchaning g’adir – budurlikka ega bo’lgan bo’shliqdan foydalanishda silliq
bo’shliqdan foydalanishga qaraganda qotirilish uchun sarflanadigan siqilish yuza
qismni 20 – 25 % kamroq ishlatadi. G’adir- budurlik 1 – 2 mm balandlikda bo’ladi.
Ariqcha bo’shlig’i α ning qiyalik burchagi 12 - 20º qilib olinadi. Taglik t ning
qalinligi 0.4 – 2.5 mm qilib olinadi. r radiuslari (1÷5 mm) zagotovka diametridan
kelib chiqib tanlanadi. Ariqcha siquvchi qismining uzunligi GBM kuchlanishidan
kelib chiqib tanlanadi.
To’plamli ariqchalar zagotovkaning muayyan qismida metallni yig’ish uchun
hizmat qiladi. To’plamli ariqchalarning bo’shliqlari matritsada, puansonda, qisman
matritsa va qisman puansonda joylashishi mumkin. Agarda konussimon shakldagi
o’tishlarga erishmoqchi bo’lsak, u holda ariqchalarning bo’shlig’i puansonda
joylashishi lozim. Boshqa holatlarda esa bo’shliqni matritsada joylashtirish tavsiya
etiladi.
3.69-rasm. Ariqcha siquvchi qismining konstruktsiyasi:
a – silliq yuzali; b – g’adir - budurli
Shaklberuvchi ariqchalar matritsada va puansonda joylashishi mumkin va
pokovkaning boshlang’ich va yakuniy shaklo’zgarishini ta’minlaydi. Yakuniy
ariqchada pokovka issiq holdagi pokovka o’lchamlari va shakliga keladi.
202
Shaklberuvchi ariqchaning o’lchamlari qabul qilingan shtamplash o’tishlaridan
kelib chiqib aniqlanadi.
Agarda shaklberuvchi ariqcha matritsada joylashgan bo’lsa, u holda uning
uzunligi pokovka o’lchamidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Puansonlar yalpi va yig’ma bo’ladilar. Yalpi puansonlar iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiq emas. Shtamplashda po’lat sarfini kamaytirish uchun yig’ma
puansonlardan foydalanish kerak. Yig’ma puanson ishchi qism, ushlagich dumli
qism va qotirish qismlaridan iborat. Ushlagich o’z o’rnida puansonushlagichga
qotiriladi. Boshqa turdagi yig’ma puanson va matritsalardan ham foydalaniladi.
|