O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

4 chi guruh
– trubalardan shtamplanadigan ichi bo’sh pokovkalar (3.59-rasm). 
Ularning ko’ndalang kesim o’lchamlari yakuniy soxalarda o’zgaradi. Truba o’rta 


190 
qismidagi kengayish 1 chi guruhning 3 chi podgruppa pokovkalari kabi xosil 
qilinadi. Tashqi diametr bo’ylab trubaning siqilishini radial – siquv va rotatsion – 
siquv mashinalarida olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Pokovkaning 
shaklo’zgarish jarayoni siqish va kengaytirish operatsiyalari bilan amalga oshiriladi. 
Shtamplash jarayonini ikkita o’tishda amalga oshirish tavsiya etiladi. Agarda 
shtampda ariqchalarning soni ko’proq bo’lsa, u holda trubani qo’shimcha qizdirish 
kerak bo’ladi. Barcha o’tishlarda opravka uzunligi deformatsiyalanayotgan 
trubaning soxa uzunligidan kattaroq bo’lishi kerak.
1 chi podgruppaga ichi bo’sh bo’lgan pokovkalar kiradi. Bu pokovkalarning 
devorlari qalinlashishi qisman cho’ktirish va keyinchalik ingichkalanish bilan 
amalga oshiriladi, agarda shaklo’zgarish jarayoni kengaytirish operatsiyasi bilan 
yakunlanadigan bo’lsa. 
A turidagi pokovkalar trubaning kichraygan ichki diametriga ega. Bunday 
turdagi kengaytma qisman cho’ktirishda metallni yig’ish uchun qulay hisoblanadi.
B turidagi pokovkalarda esa kengaytma metall yig’ish uchun uncha qulay 
hisoblanmaydi. Shuning uchun bunday pokovkalarni tayyorlash texnologiyasi 
murakkab hisoblanadi va to’rttagacha o’tishlarni talab etishi mumkin. 
V turidagi pokovkalarda tashqi diametri kengaygan va ichki diametri uzaygan 
bo’ladi.
Flanetsga ega bo’lgan G turidagi pokovkalarni bir yoki ko’p o’tishli qisman 
cho’ktira olish imkoniyati V

flanets xajmi va D
o
, D va d o’lchamlaridan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi. 
Truba diametri kichraytirilgan D turidagi pokovkalarning flanetslariga ega. Bu 
flanetslarni V turidagi pokovkalarda mavjud bo’lgan kengaytmani kengaytirish 
operatsiyasi va keyinchalik qisman cho’ktirishbilan olish mumkin. 
2 chi podgruppa pokovkalar chamasi doimiy devor qalinligiga ega bo’lgan 
pokovkalardan iborat. Bu podgruppa pokovkalarini tayyorlash texnologiyasi bundan 
oldingi podgruppa texnologiyasidan qisman cho’ktirish asosiy shaklo’zgartiruvchi 
operatsiya emasligi bilan farqlanadi. 


191 
A turidagi pokovkalar siquvchi meridial kuchlanishlar tomonidan amalga 
oshiriladigan kengaytirish operatsiyasi bilan olinadi.
B turidagi pokovkalarni olishda konussismon puanson bilan siqish yoki 
xarakatlanuvchi matritsadan foydalaniladi va truba aylantiriladi. Bunday turdagi 
pokovkalar uchun optimal bo’lib rotatsion – siqish va radial – siqish mashinalaridan 
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
3.59-rasm. Gorizontal bolg’alash mashinalarda shtamplanuvchi 4 – chi guruh 
pokovkalari: 
A – F – pokovka turlari 

Download 7,54 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish