O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

5 guruhga
(3.60-rasm) – konfiguratsiyasi turli xil bo’lgan aralash shakldagi, 
shu jumladan o’simtali va ayrisimon, to’g’ri va qiya o’qli, bir tomoni va ikki tomoni 
teshik bo’lib, pokovka o’qiga mos tushmaydigan pokovkalar kiradi. Bu 


192 
pokovkalarni tayyorlashda 1 chi va 3 chi guruh pokovkalari uchun mo’ljallangan 
alohida texnologik operatsiyalarning, hamda GBM larda shtamplashda qo’llanilishi 
cheklangan qo’shimcha operatsiyalar kombinatsiyasi ishlatiladi. Bu operatsiyalarga 
siqib chiqarish, yalpoqlash, bukish, bolg’alab – cho’zish va kiryalash kiradi.O’ziga 
xos kengaytma va sterjen qismiga ega bo’lgan 1 chi podgruppa pokovkalarida 1 chi 
guruh pokovkalar konfiguratsiyasining o’ziga xosliklari mujassamlashtirilgan. 
Bundan tashqari bunday turdagi pokovkalarni tayyorlashda siqib chiqarish, 
yalpoqlash, bolg’alab – cho’zish, qaytma siqish va bukishlar kiradi. 
Kengaygan joyi va o’simtasi qisman cho’ktirilgan A turidagi pokovkalarni 
shaklberuvchi puansonning mos keladigan soxaga metallni siqib chiqarish bilan 
olinadi. Shu bilan birga shtamplash ochiq va yopiq puansonlarda amalga oshiriladi.
B turidagi pokovkalar uchun shar shaklidagi, oldindan qisman cho’ktirilgan 
zagotovkaning soxasini yalpoqlash xarakatlanuvchi matritsaning yurishi bilan 
amalga oshiriladi. Yakuniy shaklberish operatsiyasi esa puanson bilan amalga 
oshiriladi.
V turidagi pokovkalarni bolg’alab – cho’zuvchi ariqchalarda xarakatlanuvchi 
matritsaning bitta o’tishi (yalpoqlash) yoki bir necha ketma – ket o’tishlar bilan 
amalga oshiriladi. 
Kengaygan ayrimaga ega bo’lgan G turidagi pokovkalarni quyidagicha olish 
mumkin. Birinchi usul bilan zagotovkani olishda ayrima shtamplashdan oldin arra 
bilan kesib olinadi. So’ngra shtamp ariqchalarida kesim bilan olingan zagotovka 
qismlarini ayirishadi va ayirma hosil qilinadi.
D turidagi pokovkalardagi nosimmetrik kengaytmalar bukish va qisman 
cho’ktirish bilan olinadi. Bukiladigan qism uzunligi va prutokning bukish burchagi 
pitra xajmi va qisman cho’ktirilayotgan kengaytmani hisobga olgan holda 
aniqlanadi. 
J turidagi pokovka uzunligining oxiridagi sirtmoq xarakatlanuvchi matritsa 
yurishi bilan olinadi. Bunda bukish operatsiyasi gorizontal tekislik bo’yicha amalga 
oshiriladi, yakuniy bukish esa puanson bilan bajariladi. 


193 
2 chi podgruppaga sterjen yakunida ichi bo’sh joyi kengaygan bo’ladi va 
bunday 
pokovkalarda 

chi 
va 

chi 
pokovkalarning 
elementlari 
mujassamlashtirilgan bo’ladi. Bu guruh pokovkalariga yana o’qlari sterjen o’qiga 
mos tushmaydigan ikki va bir tomonlari teshik bo’lgan pokovkalar kiradi. 
Pokovkalarning konfiguratsiyasida bukish bilan olinadigan qiya chiziqli sterjenlar 
ham bo’lishi mumkin. 
3.60-rasm. Gorizontal bolg’alash mashinalarda shtamplanuvchi 5 – chi guruh 
pokovkalari:
A – J – pokovka turlari 
Doimiy kesimli teshik xosil qilingan A turidagi pokovkalarni olish 
texnologiyasi silliq silindrik vtulkalarni olish texnologiyasi bilan mos tushadi. 
Kengaytma, turli shakldagi, ikki va bir tomoni teshilgan B turidagi 
pokovkalarni olishda, o’zgaruvchan kesimga ega bo’lgan pokovkalarni olishda 
qo’llaniladigan texnologiya qo’llaniladi. 


194 

Download 7,54 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish