Yopiq shtamplarda cho’ktirib shtamplash
Yopiq shtamplarda shtamplashni 1 chi guruh va oddiy shakldagi 2-4 chi
guruhga tegishli, kesimlar o’lchamlari orasidagi farq uncha katta bo’lmagan
pokovkalarni olishda ishlatiladi.
Yopiq shtamplarda shtamplashning asosiy sharti bo’lib, zagotovkaning xajmi
pokovka xajmiga teng bo’lishi lozim. Zagotovkaning o’lchamlari ariqchaning
to’lishini ta’minlab berishi lozim. Dopusklar maydoniga kiruvchi metallning
ortiqchasi pokovkaning gabarit o’lchamlarini oshishiga yoki toretsli zausenetsga
ketadi. Metallning ortiqcha qismi ko’payib ketsa, shtamp yoki press detallari
buzilishiga olib keladi.
Bundan tashqari yopiq shtamplarda shtamplashda zagotovkadagi metall
ortiqchasiga quyidagilarni oshishi natijasida erishish mumkin:
-
sterjenli pokovkada – matritsadagi teshik orqali siqib chiqariladigan sterjen
uzunligini oshirish orqali;
-
shesternya va flanets shaklidagi pokovkalarda – pokovka balandligini
oshirgan holda.
Agarda olinayotgan detallarda balandlik bo’yicha dopusklar GOST 7505–89
da o’rnatilgan dopusklardan oshib ketsa, u holda qo’shimcha mexanik ishlov berish
qo’llaniladi. Yopiq shtamplarda shtamplanadigan zagotovkalarni quyidagi usullar
bilan olish mumkin:
-
sortli prokatni arralarda, pichoqlarda va presslarda kesish;
-
uzunligiga qo’yilgan dopusklar bilan sortli prokatni kesish;
-
boshqa jihozda tayyorlash bilan;
-
kalibrlangan prokatdan foydalangan holda;
-
maxsus shtampda press-pichoq bilan sortli prokatni kesish. Bunda
zagotovkalar massasi bo’yicha bir xil bo’ladi va kesilgan joyi ham toza bo’ladi.
Kompensatorsiz oddiy aniqlikdagi zagotovkalarni shtamplash faqatgina
zagotovkaning diametri 30 mm dan oshmagandagina amalga oshirish mumkin.
145
Kompensatorga ega bo’lgan shtamplarda kesish uchun qo’yilgan oddiy
dopusklarga ega bo’lgan sortli prokatdan kesilgan zagotovkalarni shtamplashda
sifatli pokovkalar olinadi, hamda quyidagilar ta’minlanadi: ortiqcha metall
joylashishi va shtamplash jarayonining o’tish xavfsizligi, pressning yuklanishlarsiz
ishlashi, shtamp turg’unligi oshishi. Biroq kompensatorlarning borligi shtampning
konstruktsiyasini va kompensatorlarning kuchlanishini sozlash va to’g’irlash
murakkablashtiradi.
Kompensatorlar prujinali, pnevmatik va gidravlik bo’lishi mumkin.
Zagotovkalarni aniq kesish jarayonida qo’llaniladigan operatsiyalar
shtamplash jarayonini qimmatlashishiga olib keladi.
Yopiq shtamplashda ratsional shtamplash uchun ko’ndalang prokatlash stanida
olingan dozalangan zagotovkalarni qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan
tashqari maxsus shtamplarda zagotovkalarni aniq kesilishi ham maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Metall ortiqchaligida zagotovka toretsida xosil bo’ladigan zausenets matritsa
va puanson oralig’iga tushgandan so’ng shtampning tishlashib qolishiga olib keladi.
Buni oldini olish maqsadida puansonda qalinligi 1 mm va balandligi 3-4 mm bo’lgan
tasma yo’niladi. Tasmani qisman to’ldiradigan ortiqcha metall puanson va matritsa
oralig’iga metallni oqib chiqishini to’xtatadi va shu bilan pressni tishlashib qolishini
oldini oladi.
Shtamplash ariqchasiga qo’yiladigan zagotovka diametri matritsa diametridan
0,5÷2 mm kichikroq qilib olinadi.
Zagotovka xajmi quyidagcha aniqlanadi:
V
zag
=V
p
+V
tep
+V
pit
+V
kuy
, (3.8)
bu yerda V
p
– pokovka xajmi, V
tep
– tepadon xajmi (peremichka), V
pit
– pitra xajmi,
V
kuy
– kuyindi xajmi.
Yopiq shtamplarda shtamplashda metallning yo’qotilishlari asosan kuyindi,
tepadon va zausenetsga ketadi.
146
Yopiq shtamplarda shtamplashda zagotovkalarni oqsillantirmaydigan yoki
oqsillantirish darajasi juda past bo’lgan qizdirish jihozlarida amalga oshiriladi.
Shuning uchun V
kuy
=0 ga teng bo’ladi.
Yopiq shtamplarda shtamplashda alohida e’tiborni zagotovkani pastki
ariqchaning markaziga o’rnatish o’ziga qaratadi. Diametri kichik bo’lgan
prutoklardan kesilgan zagotovkalarning kerakli diametrini cho’ktirish yo’li bilan
olishadi.
Yopiq shtamplarda shtamplashda asosiy e’tibor qizdirilgan zagotovkalarni
pastki ariqchaning markaziga joylashtirilishiga qaratilishi lozim bo’ladi va bunday
holatda zagotovka diametri va pastki ariqchaning diametri orasidagi uncha katta
bo’lmagan farq moyillik ko’rsatadi. Kichkina diametrli prutoklardan kesilgan
zagotovkalar kerakli o’lchamlarga olib kelish maqsadida, cho’ktiriladi.
1 guruh pokovkalarini yopiq shtamplarda shtamplashdagi o’tishlar quyidagicha
amalga oshiriladi: murakkab shaklga ega bo’lmagan pokovkalar uchun – cho’ktirish
va yakuniy shtamplash (3.19-rasm); oddiy yoki fasonli cho’ktirish, boshlang’ich va
yakuniy shtamplash – murakkab shakldagi detallar uchun (3.20-rasm); yakuniy
ariqchada ortiqcha metall uchun magazinlar ko’zda tutilgan. Bu magazinlar
shtamplash jarayonida to’lmasligi lozim.
3.19-rasm. Yopiq shtamplarda murakkab bo’lmagan shakldagi pokovkalarni
shtamplash misollari
Cho’ktiruvchi ariqchani shunday hisoblashadiki, bunda cho’ktirilgandan so’ng
zagotovka diametri matritsa diametridan 0,5÷2 mm kichikroq bo’lishi kerak.
Ingichka toretsli zausenets yuqorigi prujinali olib tushuruvchi yordamida, qalinini
esa bikr pastki olib tushuruvchi yordamida olib tashlanadi. Birinchi holatda ezilish
prujina ta’siri ostida amalga oshadi, ikkinchi holatda esa pressning kuchlanishi
147
ta’sirida. Bulardan tashqari zausenets metall kesish dastgohlarida xam olib
tashlanishi mumkin.
3.20-rasm. A – zagotovka va yopiq shtampda uchta o’tishda shesternyani
shtamplash (b-e)
Yopiq shtamplarda shtamplash shtamplash aniqligini oshirish, pokovka
shaklini detal shakliga maksimal darajada yaqinlashtirish (bunda metallning iqtisodi
50 % yoki undan ko’proq bo’ladi), maxsulotlarning turg’unligi va sifatini oshirish,
kesib ishlov berishdagi mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi. Bunday turdagi
shtamplashga misol bo’lib, tishli g’ildiraklarni shtamplash misol bo’la oladi (3.21-
rasm).
3.21-rasm. A – detal; b – pokovka chizmasi
148
Tishli shesternyalarni shtamplash quyidagi variantlar bo’yicha amalga
oshiriladi.
Birinchi variant: cho’kktirish, tishlarni xosil qilmagan holda boshlang’ich
shtamplash, tishlarni xosil qilgan holda yakuniy shtamplash (3.22-rasm); bu
variantda tishlar shtampning yuqorigi qismida (puanson tomonidang) shakllanadi,
ikkinchi o’tishdagi shtamplash asbobi tayyorlanishi osonlashadi va uning turg’unligi
ortadi, biroq bunda yakuniy shtamplashdagi puansonga bo’lgan yuklanish kuchlari
ortadi.
Ikkinchi variant: cho’ktirish, tishlarni shakllantirgan holda boshlang’ich
shtamplash, tishlar bilan shesternyaning yakuniy shtamplanishi (3.23-rasm). Bu
holatda tishlarning boshlang’ich shakllanishi puanson tomonidan amalga oshiriladi,
uchinchi o’tishda esa pokovka tishlarini pastga qaratib, tishlarga ega bo’lgan
matritsaga o’rnatiladi. Ikkinchi va uchinchi o’tishlardagi tishlarning farqi shundaki,
boshlang’ich shtamplashda tishlarning bir – birlariga o’tishi oxistalik bilan amalga
oshirilgan bo’ladi.
3.22-rasm. Yakuniy o’tishda tishlarni shakllantirgan holda shesternyalarni
shtamplash sxemasi:
a – II o’tish; b – III o’tish
149
3.23-rasm. Boshlang’ich va yakuniy o’tishlarda tishlarni shakllantirgan holda
shesternyalarni shtamplash sxemasi:
I – III – shtamplashdagi o’tishlar
Yuqori aniqlikka ega bo’lgan pokovkalarni olish maqsadida, shtamplashni
yakunlash xaroratigacha zagotovkani qizdirib yoki normallashtirilgandan so’ng
yuzani kuyundilardan tozalab, shesternyalar kalibrlanadi. Kalibrlash jaryoni
boshlang’ich kalibrlash, zausenetsni kesib olish va yakuniy kalibrlashlardan iborat
bo’ladi.
Yopiq shtamplarda shtamplashda zagotovkaning xajmini e’tiborga olish zarur.
Agarda yetarli xajmdagi zagotovka ishlatilmasa, ruxsat etilgan o’lchamlardan kichik
bo’lgan pokovka olinadi.
Konstruktsiyasiga ko’ra yopiq shtamplar ajraluvchi va ajralmas qilib yasalishi
mumkin.
|