O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

Turli guruh pokovkalarini shtamplashning o’ziga xosligi 
1 guruh pokovkalari. Bu guruhdagi pokovkalar uchun zagotovkalar diametri 
shtamplash ariqchalariga qulay qilib joylashtirishiga qarab tanlanadi. Bunda 
metallning oqishi sharoitlari yaxshilanadi. Zagotovka diametri qanchalik kichik 
bo’lsa, zagotovkani prutokdan kesib olish shunchalik oson bo’ladi. Biroq shtamp 
ariqchasining yaxshi to’lishi zagotovka diametri pokovkaning tashqi diametriga 
yaqin bo’lishi kerak. 
Zagotovkalarni shtamplash ariqchalarida qotirish uchun, ular yassi ariqchalarda 
yoki maxsus shakl berovchi ariqchalarda cho’ktiriladi. Agarda zagotovka diametri 
shakl berish bo’shlig’i diametridan kichik yoki teng bo’lsa, cho’ktirish amalga 
oshiriladi (3.13a-rasm). Agarda zagotovka diametri bo’shliq diametridan katta 
bo’lsa, u holda cho’ktirish siqib chiqarish bilan mujassamlashtiriladi (3.13b-rasm). 


140 
3.13
-
rasm. Pokovkalarni fasonlash turlari:
a – cho’ktirib; b – siqib chiqarishli 
Dumchali pokovkalar uchun zagotovka diametri shunday tanlanadiki, bunda 
zagotovka dumcha bo’shlig’iga kirishi kerak (3.14-rasm) va toza cho’ktirish amalga 
oshirilishi lozim yoki zagotovka diametri bo’shliq diametriga qaraganda ancha katta 
tanlanadi. Agarda zagotovka diametri 5-8 mm ga dumcha asosining diametridan 
kattaroq bo’lsa, u holda shtamplash jarayonida metall bo’shliqni yaxshi to’ldira 
olmasligi mumkin. 
Shunday qilib bu guruhdagi pokovkalar uchun quyidagi shtamplashdagi 
o’tishlar tavsiya etiladi: 
Oddiy shakldagi pokovkalarni bitta yakuniy ariqchada shtamplash lozimdir. Bu 
pokovkalar kesimdan kesimga asta sekinlik bilan o’tilishi, zagotovkalar va 
pokovkalar diametrlarida katta bo’lmagan farqi, chiqib turuvchi qovurg’ulari (1 chi 
podgruppa) mavjud emasligi va qizdirganda kam kuyundilar xosil bo’lishi bilan 
ajralib turadi. 
3.14-rasm. Dumchali pokovkalar uchun zagotovka diametrini tanlash 


141 
-
Cho’ktirish va yakuniy shtamplash – shakli murakkab bo’lmagan 
pokovkalarni, bunda zagotovka diametri pokovka diametriga qaraganda kichikroq 
bo’ladi (2 chi podgruppa). 
-
Boshlang’ich va yakuniy shtamplash (3.15-rasm) – zagotovka va pokovka 
diametrlari orasidagi farq uncha katta bo’lmagandagi murakkab shakldagi 
pokovkalar. 
3.15-rasm. Zagotovka (a) va boshlang’ich (b) va yakuniy (d) ariqchalarda 
shtamplash 
3.16-rasm. Zagotovka (a) va uchta ariqchalarda shtamplash (b-e) 
-
Cho’ktirish, boshlang’ich va yakuniy shtamplash (3.16-rasm) - zagotovka va 
pokovka diametrlari orasidagi farq katta bo’lgandagi murakkab shakldagi 
pokovkalar (3 chi podgruppa). 
-
Cho’ktirish, fasonlash, boshlang’ich va yakuniy shtamplash (3.17-rasm) – 
chuqur bo’shliqlar va baland bo’rtiqlarga ega bo’lgan murakkab pokovkalar. 
3.18-rasmda boshlang’ich shtamplash uchun tayyorlov ariqchalari ko’rsatilgan. 


142 
3.17-rasm. Ko’p o’tishli shtamplash: a-to’rtta o’tishda; b-uchta o’tishda 
2-4 guruh pokovkalari. Bu guruhdagi pokovkalarni shtamplash texnologik 
jarayonini ishlab chiqishda deformatsiya natijasida zagotovka uzunligi bo’ylab 
o’lcham sezilmas darajada kattaradi. Buning asosiy sababi shuki, metall bo’ylama 
oqishga qaraganda ko’ndalang tomon jadal oqadi. 
Yassi boyoqlar orasida uzun silindrik zagotovkalarni cho’ktirishda, u 
bochkasimon ko’rinishga keladi. Buning sabablaridan biri – bu uning toretsida 
siqilgan metall asosan uzunasiga oqadi, faqatgina oz qismi ko’ndalang tomon oqadi 
– yon tomonga. O’rta qismda esa deyarli barcha siqilgan metall ko’ndalang 
yo’nalish bo’ylab oqadi. Shuning uchun turli xil holatlar bo’lishi mumkin. 
3.18-rasm. Turli xil pokovkalarni toretsiga shtamplashda qo’llaniladigan tayyorlov 
ariqchalari: 
a-i fasonlash darajasi o’sib borish ketma-ketligi 


143 
Ikkinchi guruhdagi pokovkalarni quyidagi ariqchalarni birlashgan holda olish 
mumkin: 
-
yakuniy ariqchalar; 
-
boshlang’ich va yakuniy shtamplash ariqchalar; 
-
cho’ktirish, boshlang’ich va yakuniy shtamplash ariqchalari. 
Pokovkalarni juftlaganimizda (3 chi podgruppa) diametrlarning epyurasi 
pokovkada kesimlarning notekis taqsimlanishini ko’rsatsa, u holda juftlashdan voz 
kechish lozim.
3 chi guruhdagi pokovkalar uchun zagotovkani boshqa jihozda tayyorlashadi 
(podgruppa nomeriga muvofiq) va ishlov berishni boshlang’ich va yakuniy shtamp 
ariqchalarida amalga oshiriladi. 
Ayirmalarga ega bo’lgan pokovkalarni tayyorlashda quyidagi ariqchalarda 
shtamplash variantlari mavjud: 
-
Boshlang’ich – tayyorlov yoki kesuvchiga ega boshlang’ich va yakuniy 
shtamplash. 
-
Tayyorlov ishlari boshqa jihozda, so’ngra ariqchalarda shtamplash
boshlang’ich – tayyorlov yoki kesuvchiga ega boshlang’ich yakuniy ariqchalarda 
shtamplash. 
4 chi guruh pokovkalarini shtamplashda diametrlarning epyuralariga muvofiq 
quyidagi shtamplash ariqchalaridan foydalanish mumkin: 
-
qulfga ega bo’lgan shtamplovchi; bukuvchi va yakuniy shtamplovchi; 
-
bukuvchi, boshlang’ich va yakuniy shtamplovchi; 
-
boshlang’ich tayyorlov boshqa jihozlarda, so’ngra ariqchalarda shtamplash: 
bukuvchi, boshlang’ich va yakuniy shtamplash. 
Bukilish joylarida zagotovkaning kesimini kamaytirish lozim bo’lsa, bukuvchi 
ariqchalar qayta siqilish bilan bajariladi. 
Murakkab shakldagi pokovkalarni shtamplashda, ayniqsa bo’rtiqli, qovurg’ali 
yoki kesimlarning keskin o’tishlariga ega bo’lgan pokovkalarni ishlab chiqishda 
boshlang’ich ariqchalarida pitra ariqchasi yasaladi. Ariqchani turli kesimlardagi xar-
xil kenglikda va uzunlikdagi ko’prik sifatida yasash mumkin. Bu ko’prikning 


144 
umumiy qalinligi yakuniy ariqchadagi qalinligidan 0.5 mm ga, kengligi esa 1÷2 mm 
ga kattaroq bo’ladi. 

Download 7,54 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish