O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarda shtamplanuvchi pokovkalar 
sinflanishi 
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarda shtamplanuvchi pokovkalar 
quyidagicha taqsimlaniladi: 
-
shaklo’zgarish xarakteri va shakl o’zgarishdagi metall oqishi bo’yicha – ikkita 
sinfga: cho’ktirish operatsiyasi yaqqol namoyon bo’lgan pokovkalar va siqib 
chiqarish operatsiyasi yaqqol namoyon bo’lgan pokovkalar; 
-
konfiguratsiyasi va ishlab chiqarilishi murakkabligiga qarab beshta asosiy 
guruhga (2-jadval) bo’linadi.
I guruh – o’qsimmetrik pokovkalar. Toretsga cho’ktirish yoki cho’ktirish bilan 
siqib chiqarish yo’li bilan tayyorlanadigan pokovkalar. Ya’ni shakli bo’yicha 
dumaloq yoki shunga yaqin bo’lgan pokovkalar. Bundan tashqari to’rt burchak 
kesimli va shunga yaqin bo’lgan va o’simtali pokovkalar. 1 chi podgruppa 
pokovkalarni bitta o’tishda, 2 chi podgruppa va 3 chi podgruppani ikkita va uchta 
o’tishda yasaladi. Shtamplash ochiq va yopiq shtamplarda amalga oshiriladi. 
II guruh – zagotovkalarni oldindan tayyorlamay shtamplanadigan, ko’ndalang 
kesimlarida kichik farqlanadigan uzaygan shakldagi pokovkalar. 1 chi 
podgruppadagi pokovkalarni bitta o’tishda, 2 chi podgruppadagi pokovkalarni ikkita 
o’tishda olishadi. 3 chi podgruppadagi pokovkalar ko’ndalang kesimdagi kichik 
farqni pokovkalar birlashtirgan holda olinadi; odatda zagotovkalarni tayyorlash 
talab etilmaydi; shtamplash uchta o’tishda amalga oshiriladi. 


132 
2-jadval 
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarda shtamplanadigan pokovkalar 
sinflanishi 
III guruh – pokovkalar uzaygan shaklda bo’lib, ularning ko’ndalang 
kesim maydonlari orasidagi farq katta bo’ladi. Bularga siqib chiqarilgan (1 chi 
podgruppa ) zagotovkalar talab etiladi. 
IV guruh – o’qi qayrilgan pokovkalar. 1 chi podgruppadagi pokovkalarni 
yasashda qulupli shtamplar, 2 chi podguppadagi pokovkalarni yasashda bukuvchi 
ariqchalar, 3 chi podgruppadagi pokovkalarni yasashda qulupli va bukuvchi 
ariqchali shtamplar talab etiladi. O’qi qayrilgan maxsus murakkab pokovkalarni 
olishda zagotovkalrani ko’p xollarda aloxida jihozda olinadi. Shtamplarda esa 
bukuvchi ariqchalardan tashqari barcha turdagi ariqchalar qo’llanilishi mumkin. 
V guruh – siqib chiqarish yo’li bilan tayyorlanadigan pokovkalar. Bo’rtiqlikka 
ega bo’lgan sterjen (1 chi podgruppa) shaklidagi pokovkalarni olishda sterjenli 
elementlar to’g’i siqib chiqarish yo’li bilan, bo’rtiqliklar esa teskari siqib chiqarish 
yo’li bilan olinadi. Bo’rtiqlikka yoki o’simtaga (2 chi podgruppa) ega bo’lgan 
pokovkalarda siqib chiqarish pokovka o’qiga perpendikulyar holda amalga 
oshiriladi. Bunda siqib chiqarish kombinatsiyalangan bo’lishi ham mumkin, ya’ni 


133 
bir vaqtning o’zida to’g’ri va yon siqib chiqarish amalga oshiriladi. Teshigi ochiq va 
teshigi berk (3 chi podgruppa) bo’shliqqa ega bo’lgan pokovkalarda bo’shliq 
metallning xalqali berk bo’shliqqa oqishi bilan xosil qilinadi (zagotovkalar ichi 
bo’sh, teshikli va trubali bo’lishlari mumkin); bo’shliqli yoki ikki tomoni bo’rtiqli 
pokovkalarni tayyorlashda ajraluvchi matritsalar bilan birga ikki tomonlama 
xarakatlanadigan puanson qo’llaniladi.
Ayrim pokovkalarni shtamplash variantiga qarab turli guruhlarga kiritish 
mumkin, masalan, bitta donalab shtamplanadigan satellit pokovkasini 1 guruh, 1 
podgruppaga kiritish mumkin (3.7a-rasm), uzun zagotovkadan bir nechta (3-6 dona) 
pokovkalarni – II guruh va 1 chi podgruppaga (3.7b-rasm), flanetsli vtulka 
pokovkasini (3.8-rasm) esa diametri kattaroq bo’lgan sterjendan siqib chiqarish yo’li 
bilan olish mumkin va u V guruhga mos tushadi va xokazo. Ketma-ket bir qator 
bo’ylab (3.9a-rasm) joylashgan va ikki yoki bir nechtadan shtamplanadigan kichik 
pokovkalar I guruhga mos. Agarda kichik pokovkalarni aylana qilib joylashtiradigan 
bo’lsak (3.9b-rasm), u holda pokovka II guruhga mos keladi. 
3.7-rasm. Satellit pokovkasini shtamplash usullari: 
a-bitta pokovkadan; b-zanjirli

Download 7,54 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish