O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

Bolg’alab shtamplashda qo’llaniladigan pokovkalar turlari 
Bolg’alash jihozlarida shtamplanadigan pokovkalarni bir necha guruhlarga 
quyidagi xossalari bo’yicha bo’lish mumkin: 
-
shtamplash usuli bo’yicha; 
-
pokovkalar shakli bo’yicha va uning asosiy o’lchamlarining nisbatlari 
bo’yicha; 
-
pokovkaning ko’ndalang kesim shakllari bo’yicha; 
-
pokovkaning asosiy o’qi va ajralish chizig’i bo’yicha. 
Texnologik jarayonni xarakterini aniqlovchi darajasi bo’lib hisoblanmish 
shtamplash usulini tanlashga ko’ra, ikki turdagi bolg’ab olingan pokovkalar guruhi 
farqlanadi: 
1 guruhga – uzaytirilgan va qiyshaytirilgan pokovkalar, zagotovka o’qiga 
nisbatan shtamplangan. 
2 guruhga – dumaloq va kvadrat pokovkalar yoki shularga yaqin shakldagi 
pokovkalar. 
Bolg’alab olingan pokovkalar, bolg’alovchi shtamplar sinflanishi va ularning 
qo’llanilish soxalarini standartlarda topish mumkin. 


122 
Ochiq bolg’alash shtamplarida xamma shakldagi pokovkalar tayyorlanadi, 
yopiq shtamplarda esa asosan 2 guruhga kiruvchi pokovkalar ishlab chiqariladi. 
Odatda qotirilgan ochiq shtamplarda 6 ta ariqchalar, qotirilgan yopiq 
shtamplarda 3 ta ariqchalar ko’zda tutilgan. 
Ishlab chiqarish xajmi, pokovkalarning shakli va o’lchami, pokovkalarning 
materiali va va texnik shartlaridan kelib chiqqan holda, u yoki bu turdagi 
shtamplardan foydalaniladi. 
Bolg’alash shtamplar ariqchalarining va shtamplash o’tishlarining 
sinflanishi 
Bolg’alash jihozlarida shtamplashda ko’p xollarda prokatlangan zagotovkalar 
qo’llaniladi. Shu usulga mos ravishda shtamp ko’p ariqchali qilib tayyorlanadi (3.4-
rasm). Shtamplash bitta qizdirganda amalga oshiriladi va zagotovka ketma-ketlik 
bilan bitta ariqchadan keyingi ariqchaga olib o’tiladi.
Qo’llaniladigan ariqchalar turli xil ko’rinishga va qo’llanilishga ega bo’ladi. 
Xamma ariqchalarni uchta guruhga ajratish mumkin. 
Birinchi ariqchalarga shtamplash ariqchalari kiradi – yakuniy va boshlang’ich. 
Yakuniy ariqcha bo’shlig’i issiq holatdagi pokovkaning shakliga o’xshaydi. Pitra 
uchun pitra ariqchasi ko’zda tutilgan. Boshlang’ich ariqcha ham asosan pokovka 
shakliga o’xshaydi, biroq pitra ariqchasi yo’qligi uchun ortiqcha metall shtampning 
ajralish tekisligiga oqib chiqadi. Shtamplash ariqchalari zagotovkaning yakuniy 
shaklo’zgarishi va pokovka olish uchun qo’llaniladi. 
Ikkinchi guruhga zagotovkalovchi ariqchalar kiradi. Ularning mo’ljallanganligi 
– boshlang’ich zagotovkani dag’al deformatsiyalash, shtamplash ariqchalarida 
shtamplash uchun qulay bo’lgan shaklni olgan holda pitraga metallning kam chiqib 
ketishini ta’minlashdir. 
Uchinchi guruhga kesib olinuvchi ariqchalar – oldingi va ketingi ariqchalar 
kiradi. Bu ariqchalar shtamplangan detalni zagotovkadan ajratish uchun qo’llaniladi. 


123 
3.4-rasm. Ko’p ariqchali bolg’alash shtampi va qiya shakldagi pokovkaning 
shtamplashdagi o’tishlari:
1-pokovka; 2-yakuniy ariqcha; 3-bolg’alab-kengaytiruvchi ariqcha; 4-keltiruvchi ariqcha; 
5-boshlang’ich ariqcha; 6-bukuvchi ariqcha; 7-boshlang’ich zagotovka; 8-bolg’alab – 
cho’zilgandan keyingi zagotovka; 9-keltirilgandan keyingi zagotovka; 10-bukishdan keyingi 
zagotovka; 11-boshlang’ich shtamplashdan oldingi zagotovka; 12-yakuniy shtamplashdan 
keyingi pitraga ega bo’lgan zagotovka 
3.5-rasm. Bir vaqtda ko’p donali shtamplashda ariqchalarning joylashuvi:
a-bo’ylama; b-ko’ndalang; v-ariqchalarning kesigi
Xajmi bo’yicha uncha katta bo’lmagan pokovkalardan bir vaqtning o’zida 
ikkita (3.5-rasm) va undan ko’proqn detal shtamplash mumkin. Bu usul ko’p donali 
shtamplash deb ataladi. Shu bilan birga shakllarning umumiy uzunligi L
umum
400 


124 
mm dan, bir vaqtda shtamplanayotgan pokovkalar soni 6-8 donadan oshmasligi 
kerak. 

Download 7,54 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish