Bolg’alash jihozlarida shtamplash




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

3.2. Bolg’alash jihozlarida shtamplash 
Bolg’alash usullari 
Ochiq shtamplarda shtamplashda ko’p xollarda bug’-xavoli shtamplash 
bolg’alash jihozi ishlatiladi. Bolg’alash jihozida ochiq shtamp 3.1-rasmda 
keltirilgan. Yuqorigi shtamp babaga qotiriladi, pastki shtamp esa shabotga qotirilgan 
shtamp-ushlagichga qotiriladi. Bolg’alash jihozi bikr yurishga ega emas, shuning 
uchun bolg’ali shtampi shunday konstruktsiyalashadiki, bunda oxirgi zarbda uning 
ikkita yarim qismlari jipslanadi. Shtamplashda shtamp qismlarini bir-biriga tegishi 
oldini olishga xarakat qilinadi. Shtamp qismlari bir-biriga tez-tez zarb bilan tegib 
turishsa, shtampning buzilishiga olib keladi. Shtampning qismlari orasida kichkina 
g’ovak qoladi va buning natijasida olinayotgan pokovka massasi nominal massadan 
kattaroq bo’ladi. 
Bolg’alash jihozlarida xajmiy shtamplashda prokatlangan yoki bolg’alangan 
zagotovkalar ishlatiladi. Prokatlangan zagotovka ko’p ariqchali shtamplarda amalga 
oshiriladi. Bunda, shtampda yakuniy shakl beruvchi ariqchadan oldin zagotovka 
o’tuvchi shaklberuvchi ariqchalardan o’tishi lozim bo’ladi. O’tuvchi shaklberuvchi 
ariqchalar shtampning chetida joylashgan bo’lib, ular yakuniy shaklberuvchi 
ariqchaning shakliga yaqin bo’lgan ko’rinishda zagotovkani yakuniy ariqchaga 


120 
yetkazib beradi. Odatda shtamplash bitta qizdirganda amalga oshiriladi. Bu usul 
o’zining yuqori samaradorlikka ega bo’lgani uchun keng qo’llaniladi. Biroq 
prokatlangan zagotovka bir necha kamchiliklarga ega. Ularning ichida eng sezilarlisi 
– shtampning murakkabligi va qimmatligidir (bir necha ariqchalarning borligi). 
Bolg’alash yo’li bilan olingan zagotovka shtamplanganda, shtampda bitta 
ariqcha yasaladi va zagotovka birlamchi bolg’alanadi (odatda shtamplash bolg’alash 
jihozi oldida bitta yoki ikkita pnevmatik bolg’alash jihozi joylashgan bo’ladi va 
ularda birlamchi bolg’alanadi). Bolg’alash uchun bolg’alash jihozida maxsus 
boyoqlar o’rnatilgan bo’ladi. Bolg’alagandan so’ng, xali sovushga ulgurmagan 
zagotovka shtamplashga jo’natiladi. Bolg’alash va shtamplash jihozini moslashtirib 
ishlatish qiyin. Shu sabali bu usul ishlab chiqarish xajmini pasaytiradi. Bu usul 
qo’shimcha ikkita ishchini mehnatini talab qilsada, bu holatda shtamp oddiyligi va 
arzonligi bilan ajralib turadi. 
Bolg’alash jihozlarida shtamplashda metall oqimi 
Shtamplash sxemasini (111 rasm) ko’rib chiqqanimizda, zagotovka metalli 
shtampning ariqchalarini to’ldirishini kuzatamiz. Bolg’alash jihozlarida shtamplash 
texnologik jarayonini ishlab chiqishda metall oqimining qonuniyatlarini bilish shart.
Bolg’alab shtamplash jarayonining o’ziga xosligi shundaki, bunda 
deformatsiya bir necha zarb bilan katta tezlikda amalga oshiriladi. Xar bir zarbdan 
so’ng bolg’a babasi yuqoriga xarakatlanadi va shu ongda tanaffus vujudga keladi.
Shu narsa aniqlanganki, metall shtampning yuqorigi qismini yaxshi to’ldiradi. 
Buning asosiy sababi zagotovkaning pastki yuzasi shtampning pastki qismi bilan 
kontaktda bo’ladi va qisman soviydi. Zagotovka kontakt yuzasining jadal sovushi 
zarb paytiga to’g’ri keladi. Bolg’alash jihozining babasi ko’tarilib va keyinchalik 
tushganida sovugan zagotovka yuza ichki qatlamlardagi issiqlik natijasida qiziydi. 
Shu bilan birga xavo issiqlikni yomon o’tkazishini e’tiborga olsak, pokovkaning 
yuqorigi qismi tezroq qiziydi, pokovkaning pastki qismi shtamp ariqchasiga tig’iz 
bo’lmagan holda tegib turgan bo’lsa-da, uning sovushi jadal kechadi. Keyingi 
zarbda pokovkaning yuqorigi qismi yaxshi qiziganligini e’tiborga olsak, uning 
deformatsiya jarayoni yaxshi kechadi. Biroq pastki qatlamlar xam keyingi zarbdan 


121 
oldin yuqori xaroratga ega bo’lishadi. Bolg’alash jihozrlarida shtamplashda metall 
oqimi yaxshilanishiga zarb orasidagi vaqtning kamligi ta’sir qiladi, ya’ni pokovka 
sovushga ulgurmasligi lozim. Odatda zarb vaqti 0,01 soniyadan o’tmaydi va shuning 
uchun pokovka yuzasi sovushga ulgurmaydi. 
Metall oqimini yaxshilashga yana metall yuzasidagi kuyundilarni xavo bilan 
xaydab shtamp bo’shlig’idan chiqarib yuborilishi sabab bo’ladi. Kuyundilar 
zagotovka metallining shtamp devorlari bo’ylab ishqalanish koeffitsientini oshiradi. 
Bolg’alash jihozlarida shtamplashda metallning shtamp bo’shlig’iga yaxshi 
oqishining yana bir sababi – plastik deformatsiyaning tarqalishi zarb vaqtida kontakt 
yuzalaridan boshlanadi va kichik zarb vaqti oralig’ida deformatsiya qatlamlar ichiga 
kirishga ulgurmaydi va kontakt yuzalardagi deformatsiya shtamp bo’shlig’ini 
to’ldiradi. 

Download 7,54 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish