115
III-BOB. ISSIQ HOLDA XAJMIY SHTAMPLASH
3.1. Issiq holda xajmiy shtamplashning mohiyati
Xajmiy shtamplash – bu sortli prokatdan maxsulotni shtamplash bo’lib, bunda
metall ko’ndalang kesim bo’ylab qayta taqsimlanadi. Agarda zagotovka
shtamplanishdan oldin bolg’alash xaroratigacha qizdirilsa, u holda jarayon issiq
holda xajmiy shtamplash deb ataladi. Issiq holda xajmiy shtamplash – bu metallarga
bosim bilan ishlov berishning asosiy turlaridan biri bo’lib, bunda avtomobillarda,
traktorlarda va boshqa yerda ishlatiladigan muhim detallar ishlab chiqariladi.
Xajmiy shtamplashda zagotovkaning shaklo’zgarishi shtamplarda tashqi
kuchlanishlar ta’sirida amalga oshiriladi. Shtamp – bu maxsus chuqurchalarga ega
bo’lgan uskuna bo’lib, bu chuqurchalar pokovkaning shakliga o’xshab ketadi va
shtamp ariqchalari deb ataladi (3.1-rasm). Shtampning qismlaridagi ariqchalarni
birlashtirganda, ular shtamp bo’shlig’ini xosil qiladi. Zagotovkaning deformatsiyasi
o’sha bo’shliqda amalga oshiriladi. Shtamplashdan oldin zagotovkani shtampning
pastki ariqchasiga joylashtirishadi va deformatsiya jarayoni shtampning yuqorigi
qismi pastga xarakatlanganda boshlanadi. Zagotovka metallining ariqchadagi
oqimiga devorning qarshiligi va ishqalanish kuchi qarshilik ko’rsatadi. Natijada
metall ariqcha xajmini to’ldiradi. Metallning ortiqchasi shtamp orasidagi bo’shliqqa
oqgan holda, pitrani (obloy) xosil qiladi. Shtamplashdan so’ng zagotovka
shtamplangan pokovka deb nomlanadi va shtamp bo’shlig’ining o’zginasi bo’lib
qoladi.
Odatda issiq holda xajmiy shtamplashda jihoz sifatida shtamplovchi bolg’alarni
va turli konstruktsiyaga ega bo’lgan shtamplar qo’llanadi.
Shtamplangan pokovkani tayyorlashning texnologik jarayoni o’z ichiga
quyidagi operatsiyalarni oladi: boshlang’ich materialni zagotovkalarga bo’lish,
shtamplash, pitrani kesib tashlash (agarda shtamplashda ochiq shtamp qo’llanilgan
bo’lsa), pokovkalarga termik ishlov berish, kuyundilardan tozalash, pokovkalarni
to’g’irlash va nazorat qilish.
116
3.1-rasm. Ochiq turdagi bolg’alash shtampi:
1-yuqorigi shtamp; 2-ariqchaning devori (shtamp bo’shlig’i); 3-pitra; 4-pokovka; 5- pastki
shtamp
Odatda xajmiy shtamplash uchun boshlang’ich material bo’lib diametri 20 mm
dan yuqoriroq bo’lgan prokatlangan yoki presslangan prutoklar xizmat qiladi. Bu
prutoklarning materiali sifatida esa uglerodli yoki kam legirlangan po’latlar xizmat
qiladi.
Xajmiy shtamplash bilan bolg’alashda olinadigan maxsulotlarga o’xshash
maxsulotlar olish mumkin. Bu texnologik jarayonning farqi quyidagilarda:
1)
ishlab chiqarish xajmi yuqoriligi. Buning asosiy sababi jarayonni
avtomatlashtirish mumkin. Natijada bir soat ichida o’nlab, yuzlab pokovkalar olish
mumkin;
2)
pokovkalarning konfiguratsiyasini murakkablashtirish;
3)
dopusk va pripusklarni kamaytirish. Buning natijasida keyinchalik
mexanik ishlov berish xajmi kamayadi.
Yana qo’shimcha sifatida xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning maoshi va
ularning o’qigan holda, malaka oshirishiga ketadigan sarf-xarajatlarni kamayishi va
napusk, pripusk va dopusklarni kamaytirgan holda metall sarfini kamaytirish.
Shu bilan birga xajmiy shtamplashga quyidagi kamchiliklar xosdir:
1.
zagotovkani butunlay deformatsiyalash zarurligi uchun shtamplangan
pokovkalarning massa va o’lchamlarining chegarlanishi;
117
2.
bir xil pokovkalarni olish uchun qimmat materiallardan tayyorlangan
shtampdan foydalanish.
Ikki turdagi pokovkalarni olish usullarini solishtirganda, shtamplangan
pokovkalarning tannarxini bolg’alangan pokovkalarnikiga nisbatan tushirish uchun
ishlab chiqarish xajmini oshirish lozim. Shuning uchun bolg’alash kam seriyali va
donali ishlab chiqarishda, o’rta-, katta seriyali ishlab chiqarishda esa shtamplash
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bolg’alash kabi issiq holda xajmiy shtamplash mashinasozlik zavodlarning
bolg’alash sexlarida, hamda maxsus bolg’alash zavodlarida amalga oshiriladi.
Agarda og’ir sanoatda pokovkalarni bolg’alash yo’li bilan olishadigan bo’lsa,
avtomobilsozlikda esa pokovkalar shtamplagan holda olinadi. Mashinasozlikda
ishlab chiqarishni oshirish tendentsiyasini e’tiborga olsak, xajmiy shtamplash bu
soxada tez rivojlanmoqda.
Xajmiy shtamplash turli ko’rinishlarga bo’linadi. Jihozga qarab bolg’alarda
shtamplash, krivoship issiq holda shtamplash presslarida, vintli presslarda, friktsion
presslarda, gidravlik presslarda, gorizontal-bolg’alash mashinalarida (GBM),
maxsus mashinalarda shtamplash turlariga bo’linadi. Maxsus mashinalarga:
bolg’alovchi jo’valar, gorizontal bukish mashinalari, vertikal bolg’alash
mashinalari, rotatsion-siquvchi va radial siquvchi mashinalar kiradi.
Shtampning turi metall oqimining tabiatini belgilab beradi. Shtamp turiga
qarab, ochiq turdagi shtamplash va yopiq turdagi shtamplash farqlanadi. Bu asosiy
tasniflagich hisoblanadi.
Deformatsiyalash jarayonida metall g’ovakga oqib chiqish ehtimoli bo’lsa, bu
turdagi shtamplash ochiq shtamplash deyiladi. Bunday shtamplarda g’ovak kattaligi
Δ (3.2-rasm) deformatsiya jarayonida o’zgaradi. G’ovakga ortiqcha metall, ya’ni
pitra oqib chiqadi va uni balandligi ham deformatsiyalash jarayonida o’zgaradi.
Oqib chiqayotgan metall deformatsiyalash jarayonida shtamp bo’shlig’ining
teshigini to’ldirib, shtamp bo’shlig’ini metall bilan to’lishini ta’minlaydi. Bundan
tashqari deformatsiya oxirida pitraga metallning ortiqchasi siqib chiqariladi.
118
Shuning uchun zagotovkani noaniq qilib, ya’ni ortiqcha metalli bilan kesish olish
mumkin.
Ochiq shtamplarda shtamplash keng tarqalgan hisoblanadi va turli xil
mashinalarda amalga oshirish mumkin. Bunday mashinalarga bolg’alar, issiq holda
shtamplovchi krivoship presslari, gidravlik presslar, friktsion presslar va xokazo.
3.2-rasm. Ochiq shtampda shtamplash bosqichlari
Yopiq shtamplarda shtamplashda shtamp deformatsiyalash jarayonida yopiq
holatda bo’ladi (3.3-rasm) va shtampning qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas orasidagi
g’ovak o’zgarmas va doimiy bo’lib qoladi. G’ovak faqatgina shtampning bitta
qismini ikkinchi qismiga nisbatan siljish imkonini yaratadi va shtamplarni tiqilib
qolishdan saqlaydi. Bu g’ovak orqali shtamplash jarayonining yakunida metall
toretsdagi zausenetsga oqib chiqadi. Bu holat zagotovkada metallning ortiqcha qismi
bor ekanligidan dalolat beradi va shtamp bo’shlig’ida ortiqcha kuchlanishlarni
vujudga keltirgan holda, uni ortiqcha yeyilishiga sabab bo’ladi.
Yopiq shtamplarda shtamplash odatda gorizontal-bolg’alash mashinalarda
amalga oshiriladi. Biroq gorizontal-bolg’alash mashinalaridan tashqari krivoship
issiq holda shtamplash presslarida va bolg’alash jihozlarida ham bu turdagi
shtamplashni bajarish mumkin. Bu turdagi shtamplash boshqachasiga pitrasiz
shtamplash deb ham ataladi.
119
3.3-rasm. Yopiq shtampda shtamplash sxemasi:
1-puanson; 2-matritsa; 3-pokovka; 4-itargich; Δ – puanson va matritsa orasidagi g’ovak
|