O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

3.3.
 
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarida shtamplash 
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslar issiq holda xajmiy shtamplashda 
bolg’alab shtamplashdan bir necha ustunliklari borligi uchun juda keng qo’llaniladi. 
1.
Issiq 
holda 
shtamplovchi 
krivoship 
presslarda 
olinadigan 
pokovkalarning o’lchamlari aniqroq chiqadi. Buning asosiy sababi pressning yurishi 
doimiyligi va polzunning pastki holati qotirilganligi. Bu omil bizga pokovkaning 
balandligi bo’yicha kerakli o’lchamdan og’ish holatlarini oldini olish imkoniyatini 
beradi.
2.
Shtamp konstruktsiyasi mukammalligi tufayli shtamplash jarayonida 
metalldan foydalanish koeffitsienti yuqori bo’ladi. Bu shtampda yuqorigi va pastki 
itargichlar montajlangan bo’lib, ular shtamplashdagi og’ishlar, pripusk, napusk va 
dopusklarni kamaytirish imkonini beradi va keyingi mexanik ishlov berishda metall 
sarfini va ishlov berish xajmini kamaytirish imkonini yaratadi. 
3.
Tebranish, silkinish, zarbsiz ish jarayoni natijasida ish sharoitlari ancha 
yaxshilanadi va bunday jihozlarni yengillashgan konstruktsiyali binolarga o’rnatish 
ham mumkin. 
4.
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarda shtamplash jarayonini 
avtomatlashtirish mumkin. 
5.
Press jihozida deformatsiya pressning bitta o’tishida amalga oshiriladi. 
Bolg’alashda esa xar bir ariqchalarni alohida to’ldirish lozim bo’ladi. 
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda shuni ta’kidlashimiz mumkinki, issiq holda 


128 
shtamplovchi krivoship presslarda shtamplash bolg’alash jihozlarida shtamplashga 
qaraganda 1,4-2 barobar unumliroq.
6.
Pressning foydali ish koeffitsienti (quvvat manbai foydalanish nuqtai 
nazardan gapirganda), bolg’alash jihozinikiga qaraganda 2-4 barobar yuqoriroq. 
7.
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarda ishlab chiqariladigan 
maxsulot tannarxi bolg’alash jihozinikiga qaraganda arzonroq. Buning asosiy 
sabablari – bu metalldan foydalanish koeffitsienti pastligi va keyinchalik mexanik 
ishlov berish operatsiyalari kamligi. 
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarning kamchiligi quyidagilardan 
iborat: 
-
issiq holda shtamplovchi krivoship presslarning bolg’alash jihozlariga 
nisbatan 3-4 barobar qimmatligi; 
-
polzunning chetki pastki holatida press buzilishi yoki ishlashdan to’xtab 
qolishi mumkin. Pressni qayta ishga tushirish uchun ko’p vaqt sarflanishi; 
-
amalga oshiriladigan operatsiyalarda universallik darajasi past (polzunning 
bikr yurishi sababli bolg’alab-cho’zish operatsiyasini bajarib bo’lmaydi); 
-
shtamplashdan oldin zagotovka kuyundilardan tozalanishi lozim. Pressning 
deformatsiyalash jarayoni uning bitta o’tishida amalga oshirilishi sababli, 
kuyundilar pokovkaning yuzasiga kirib qolishi mumkin. Natijada olinadigan detal 
nuqsonli bo’lib chiqishi va ishlash jarayonida sinib ketishi mumkin; 
-
murakkab shakldagi pokovkalarni olishda chuqur bo’shliqlarni to’ldirilishi 
qiyinligi sababli, bir necha ariqchalardan foydalaniladi; 
-
shtamp konstruktsiyalari va ularni boshqarish murakkabligi. 
Yuritma va polzun orasida bikr bog’liqlikni ta’minlovchi issiq holda 
shtamplovchi krivoship presslar kinematik sxemasining o’ziga xosligi shundaki
shatun pastki holat (krivoship mexanizmining pastki turish nuqtasiga) ga 
yaqinlashishida bitta holatda va o’sha momentda krivoship valida polzundagi 
kuchlanish nazariy jihatdan cheksiz o’sishi mumkin. Kuchlanishning o’sishi press 
detallari deformatsiyasining ortishiga olib keladi. Yuklanish keltirilgan darajadan 
oshib ketsa, masalan pitraning ingichka qatlamini zudlik bilan sovutganda, issiq 


129 
holda shtamplovchi krivoship press polzuni pastki holatigacha yetib bormagan holda 
to’xtab qolishi mumkin.
Bolg’alash jihozi uchun shtampni nazariy jihatdan ehtimoli yuqori bo’lgan 
baba bilan shabotni, hamda uning qismlari bilan bir-biriga tegishishi e’tiborga 
olingan holda loyihalanadi. Bundan tashqari pitrani oxirigacha shtamplash holati 
ham e’tiborga olinadi. Issiq holda shtamplovchi krivoship press uchun shtamp 
loyihalanganda quyidagiga e’tiborga olish kerakki, bunda xatto shtampni ishsiz 
yurish paytida g’ovaksiz holatga keltirib sozlaganda, pressning ishchi holatida press 
va shtamp detallarning elastik deformatsiyasi natijasida shtampning qismlari 
(yuqorigi va pastki) orasida g’ovak paydo bo’lishi lozim. Bu g’ovak elastik 
deformatsiyaning yig’indisiga teng bo’lib, 1-2 mm ni tashkil etadi. 
Press to’xtab qolishini oldini olish uchun shtampning qismlari bir-biriga 
urilishini oldi olinadi. Sozlashda shtamp qismlarining oralig’ini o’zgartirish uchun 
ochiq magazinli o’yiqchalardan foydalaniladi. Yuklanishsiz shtampni sozlaganda 
o’yiqchalarning bo’rtib chiqilgan joylari orasiga qistirmalar qo’yiladi. Shuning 
uchun issiq holda shtamplovchi krivoship pressda pokovkalarni shtamplaganda pitra 
chiqishi ko’zda tutiladi va uning qalinligi bolg’alash jihozida bolg’alashda yuzaga 
chiqadigan pitrasiga qaraganda qalinroq bo’ladi. 
Bolg’alash jihozidan farqli o’laroq issiq holda shtamplovchi krivoship 
presslarida pokovkalarni shtamplashda shtampning yuqorigi va pastki bo’shliqlarini 
to’lishida sezilarli farq yo’q. Bu omilni issiq holda shtamplovchi krivoship 
presslarida shtamplash jarayonini ishlab chiqishda e’tiborga olish kerak. 
Press shtampida katta xajmdagi pitrani oldini olish va metallni yon tomonlarga 
oqish tezligini kamaytirishning bir necha usullari mavjud. 
Eng oddiy usul bo’lib, zagotovka shaklini pokovka shakliga yaqinlashishi 
uchun ariqchalar sonini kamaytirishdir. Shu bilan birga pressning xar bir o’tishida 
deformatsiya darajasi kamayib, deformatsiyalash sharoitlari bolg’alash jihozlarida 
shtamplashdagiga 
yaqin 
keladi. 
Bolg’alash 
jihozlarida 
bitta 
o’tishda 
shtamplanadigan pokovkalar pressda ikkita o’tishda shtamplanishi tavsiya etiladi. 
Bir nechta ariqchalarni qo’llashning o’ziga yarasha ustunliklari mavjud. Masalan, 


130 
cho’ktirish operatsiyasida belgili teshikni xosil qilish yoki bo’rtiqni xosil qilish 
zagotovkadan kuyundini olib tashlash imkoniyatini beradi.
Boshqa usuldan biri – bu pitra arig’i ostonasi qalinligini kamaytirish yoki uning 
kengligini oshirish yo’li bilan metall oqimini ariqchaga oqishini cheklashdir. Bu 
holat shtamplash jarayonining oxirida pitrani oqib chiqishini cheklaydi. 
Balandlik bo’yicha pokovka o’lchamlarining minimal og’ishini oldini olish 
uchun zagotovka xajmi ham va shtamplash xarorati ham minimal bo’lishi shart. 
Shtamp ajralish bo’shlig’iga mos keluvchi o’lchamlar tebranishi va bo’shliqdagi 
dopusklar shtamplarning yeyilishi, shtamp yuqorigi qismining siljishi va 
pokovkalarning notekis o’tirilishlariga bog’liq. 
Issiq 
holda shtamplovchi krivoship 
presslar shtamplaridagi itarib 
chiqaruvchilar shtamplash qiyaliklarini kamaytiradi va siqib chiqarishli shtamplash 
imkoniyatini beradi. 
Issiq holda shtamplovchi krivoship presslarda shtamplashda quyidagi o’tishlar 
amalga oshiriladi: cho’ktirish, siqish, bukish, ochiq va yopiq shtamplarda 
boshlang’ich va yakuniy shtamplash, siqib chiqarishli shtamplash, kalibrlash va 
kesib olish. 
Shtamplash uchun asosan o’lchami bir xil bo’lgan zagotovkalar qo’llanilishi 
sababli, pokovkalarni kesib olish jarayoni kam ishlatiladi. Agarda prutok 
shtamplansa, krivoship presslarda tiqilib qolishni oldini olish maqsadida bolg’alash 
jihozlaridagidek kesib olish pichoqlari bilan kesib olinmaydi. Bu holatda bir-biriga 
nisbatan 
siljiydigan 
pichoqlarda 
kesiladi. 
Shtamplash 
jarayoni 
avtomatlashtirilganda, issiq holda shtamplovchi krivoship presslarida ayrim xollarda 
pitrani kesib olish va teshik xosil qilishinishi mumkin. 
Qoidaga asosan, pokovka olish uchun pressda 1-3 ariqcha yetarlidir, murakkab 
pokovkalar uchun esa 5ta ariqcha, cho’ktirish bilan. 
Bolg’alab – cho’zish jarayonini presslarda amalga oshirishda tiqilib qolish 
xavfi borligi uchun zagotovkani boshqa jihozlarda tayyorlash maqsadga muvofiq 
bo’ladi. Bunday jihozlar sifatida bolg’alovchi jo’valar, ko’ndalang prokatlash 
stanlari va xokazolar xizmat qiladi. 


131 
Pokovkaga 
kuyundini 
shtamplab 
tashlashni 
oldini 
olish 
uchun 
mukammallashgan qizdirish turlari (oqsillashtirishsiz alangali, gazli tezkor, elektr 
yodamida qizdirish) qo’llanilishi lozim yoki shtamplashdan oldin zagotovkani 
kuyundidan tozalash lozim bo’ladi. Ayrim xollarda zagotovkani kuyundidan 
tozalash shtamplash jarayoni vaqtida xavo yoki pardan foydalangan holda amalga 
oshirilishi mumkin. 
Zamonaviy issiq holda shtamplovchi krivoship presslar ko’p sonli o’tishlarga 
ega bo’lib, ularda zagotovka deformatsiyasiga kam vaqt sarflanadi, shtamplar qizishi 
kamayadi va ularning turg’unligini oshiradi.

Download 7,54 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish