82
qismiga nisbatan xarakatlantirishga aytiladi (2.46-rasm).
Bu operatsiyadan asosan
tirsakli vallar yoki boshqa turdagi bo’rtiqlikka ega bo’lgan detallarni tayorlashda
foydalaniladi. Odatda operatsiyadan oldin kesik xosil qilishadi va qayta siqishni
amalga oshirishadi.
Turli xil ko’rinishdagi siljitishlar mavjud. Ularning asosiy turlari 2.46-rasmda
keltirilgan.
Shunday qilib, 2.46a-rasm da keltirilgan sxemada bir tomoniga
bukilishni oldini olish maqsadida qo’yim qo’yiladi, boshqa tomoniga esa patron yoki
manipulyator qisqichlari bilan qisilib turadi.
Tortilish holatini e’tiborga oladigan bo’lsak, zagotovkaning boshlang’ich
o’lchamlarini pokovkaning o’lchamlariga qaraganda 10 – 20 % kattaroq qilib
olinishi zarur. Siljitishdan so’ng ortiqcha metall yoyuvchi bilan yoyib tashlanadi.
Buning natijasida tortilish radiusi minimal darajaga
yetadi va gorizontal bilan
vertikal tekisliklar orasidagi burchak to’g’ri burchakni xosil qiladi.
Bolg’alab – cho’zishdan so’ng ishlov berish operatsiyalari, ya’ni silliqlash va
bosim ostida to’g’irlash operatsiyalari amalga oshiriladi.
2.46-rasm. Metallni siljitish qilish sxemasi:
a – pressning siljigan boyoqlari; b – ikkita to’rtburchak qo’yimlarda; d – uchta to’rtburchak
qo’yimlarda
83
Bukish – zagotovka qismlari orasida burchakni xosil qilish yoki burchakni
o’zgartirib, unga qiya chiziq shaklini berish (2.47-rasm). U o’zini yakka holda yoki
boshqa operatsiyalar bilan birgalikda qo’llangan holda, ugolnik, kronshteyn, ilmoq
va boshqa detallarni olishda qo’llaniladi.
Bukishni universal jihozda va maxsus moslamalar yordamida amalga oshirish
mumkin. Bukish operatsiyasi zagotovka ko’ndalang kesimi boshlang’ich holatining
og’ishi va uning maydoni kichrayishi bilan kuzatiladi.
Bundan tashqari
zagotovkaning ichki konturi bo’yicha qatlamlar va tashqi konturi bo’yicha yoriqlar
paydo bo’lishi mumkin. Aylana radiusi qancha kichik va bukish burchagi qanchalik
katta bo’lsa, bu xodisalar shuncha yorqin yuzaga chiqadi.
Bukilish soxasida zagotovkaning ko’ndalang kesimi shakli buziladi (2.48-
rasm): zagotovkaning dumaloq kesimi ovalga aylanadi, kvadrat shakldagi kesim
trapetsiyasimon shaklga o’tadi va xokazo. Buning sababi bo’lib, burchakning ichki
qismida joylashgan tolalar o’zlaridan siqilishni o’tkazadilar. Bukilayotgan
zagotovkaning tashqi tomonida joylashgan qatlamlar cho’zilish
kuchlanishlarini
o’zlarida kechiradi va natijada cho’ziladi. Shu bilan birga zagotovkaning ichki
qatlamlarida ham cho’zilmaydigan, ham siqilmaydigan qatlamlar mavjud. Bu
qatlam neytral qatlam deb ataladi va u siqilish tomon siljimagan bo’ladi. Shuni ham
ta’kidlab o’tish joizki, cho’zilish joylarida yoriqlar xosil bo’lishlari mumkin, siqilish
joyida esa qatlamlar bir – birini ustiga chiqib ketishi mumkin.
2.47-rasm. Bukish operatsiyasi sxemasi
84
2.48-rasm. Bukishda zagotovkaning ko’ndalang kesimi shaklini o’zgartirishi:
1 – cho’zilgan tolalar soxasi; 2 – siqilgan
tolalar soxasi; 3 – neytral soxa; δ – tortilib qolish
2.49-rasm. Bukish turlari:
a – kuvalda bilan; b – kran bilan; v – yoyib; g – shtampda; 1 – zanjir; 2 – yoyuvchi asbob; 3 –
shtamp
Bukishdagi nuqsonlarga o’lchamlarning o’zgarishi va tortilib qolishlar kiradi.
Tortilib qolish zagotovkani bukishga noto’g’ri tayyorlash natijasida vujudga keladi.
Yoriqlar esa metallning yetarli darajada plastiklikka ega emasligidan,
xaroratni
noto’g’ri tanlash natijasida, hamda zagotovkani tez sovutish natijasida vujudga
keladi.