• Axborot qurolidan himoyalovchi dasturiy tasnifdagi amaliy tadbirlarga quyidagilar kiradi : 1. Xalqaro tarmoq
  • Axborot resurslarining xavfsizligi
  • Jahon axborot tarmoqlarida
  • Ochiq jahon tarmoqlari
  • AQSh ning milliy xavfsizligini ta’minlash tizimi
  • Buyuk Britaniyadagi axborotni himoyalash tizimi
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/322
    Sana02.07.2024
    Hajmi13,98 Mb.
    #266404
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   322
    Bog'liq
    13.Axborot xavfsizligi OA

    Axborot qurolidan himoyalovchi dasturiy tasnifdagi amaliy tadbirlarga 
    quyidagilar kiradi

    1. 
    Xalqaro tarmoq
    orqali turli xil axborot almashinuvida iqtisodiy va 
    boshqa 
    tuzilmalarning 
    ehtiyojini 
    bashoratlash 
    va 
    monitoringini 
    tashkil 
    qilish. 
    Buning 
    uchun 
    transchegara, 
    shu 
    qatorda 
    Internet 
    orqali 
    ham, 
    almashinuvni 
    nazorat 
    qilish 
    uchun 
    maxsus 
    tuzilmalarni 
    yaratish; 
    ochiq 
    tarmoqlarda axborot xavfsizligi tahdidlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat 
    va 
    nodavlat 
    idoralarning 
    chora-tadbirlarini 
    koordinatsiya 
    qilish; 
    xalqaro 
    hamkorlikni tashkil etish mumkin. 
    2. 
    Axborot 
    resurslarining 
    xavfsizligi
    talablariga 
    rioya 
    qilgan 
    holda 
    milliy 
    va 
    korporativ 
    tarmoqlarni 
    jahon 
    ochiq 
    tarmog‘lariga 
    ulanishini 
    ta’minlovchi axborot texnologiyalarni takomillashtiruvchi davlat dasturini ishlab 
    chiqish. 
    3. 
    Jahon 
    axborot 
    tarmoqlarida
    ishlash 
    uchun 
    ommaviy 
    foydalanuvchilarni 
    va 
    axborot 
    xavfsizligi 
    bo‘yicha 
    mutaxassislarni 
    tayyorlash 
    va 
    malakasini 
    oshirish 
    kompleks 
    tizimini 
    tashkil 
    qilish. 
    4. 
    Ochiq 
    jahon 
    tarmoqlari
    foydalanuvchilarining 
    mas’uliyatlari 
    va 
    majburiyatlari, reglament huquqi va axborot resurslari bilan foydalanish 
    qoidalarining 
    milliy 
    qonunchilik 
    qismini 
    ishlab 
    chiqish. 
    Jahon 
    ochiq 
    tarmoqlari 
    ishlashining 
    meyoriy-huquqiy 
    ta’minotini 
    va 
    xalqaro 
    qonunchiligini 
    ishlab 
    chiqishda 
    faol 
    ishtirok 
    etish. 
    AQSh 
    ning 
    milliy 
    xavfsizligini 
    ta’minlash 
    tizimi

    Milliy 
    xavfsizlik 
    agentligi 
    (MXA-NBA) 
    – radioelektron tutib qolish sohasida jahonda 
    peshqadam 
    hisoblanadi. 
    Agentlikning 
    maqsadi 
    – 
    texnik 
    vositalar 
    yordamida 
    AQSh 
    ning 
    milliy 
    xavfsizligini 
    ta’minlash. 
    AQSh 
    ning 
    tashqi 
    xavfsizligini 
    ta’minlashda 
    Markaziy 
    razvedka 
    boshqarmasi 
    (MRB-SRU)ga 
    asosiy 
    o‘rinlardan biri ajratilgan. U yerda 
    boshqa 
    davlatlar 
    tomonidan 
    milliy 
    axborot 
    infratuzilmaga 
    qilinadigan 
    tahdidlar 
    haqidagi 
    axborotlarni 
    qidirish 
    va 
    qayta 
    ishlash 
    bo‘yicha 
    razvedkaning 
    imkoniyatlarini 
    kengaytirishga 
    yo‘naltirilgan 
    reja 
    ishlab 
    chiqilgan va tatbiq qilingan. Agentura ishiga oid an’anaviy usullardan 
    tashqari, MRB texnik yo‘l orqali yopiq ma’lumotlar bazasiga kirishni va 
    ochiq 
    manbalarning 
    tahliliga 
    katta 
    e’tibor 
    qaratadi. 
    Keyingi 
    vaqtlarda 
    MRB 
    axborot 
    va 
    kompyuter 
    texnologiyalari 
    bo‘yicha 
    mutaxassislarni, 
    jumladan xakerlar orasidan tanlashni amalga oshirmoqda. 
    Federal 
    tekshirishlar 
    byurosi 
    (FTB-FBR) 
    ham, 
    eng 
    avvalo 
    AQSh 
    infratuzilmasini 
    himoyalash 
    nuqtai 
    nazaridan 
    axborot 
    urushi 
    doktrinasini 
    tatbiq qilishda ishtirok etadi. AQSh da kompyuter jinoyatchiligiga qarshi 
    kurashish maqsadida 1996-yili «Kompyuterlarni qo‘llash orqali firibgarlik va 
    suiiste’mol qilishlar to‘g‘risida»gi federal qonun qabul qilingan va ushbu turdagi 
    jinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha FTB tarkibida bo‘linma tashkil etish ko‘zda 
    tutilgan. FTB telekommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga oshiriladigan ayg‘oqchilik, 
    maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish, davlat instansiyalarni aldash, terrorizm, xiyla 
    ishlatish va firibgarlik kabi noxush holatlarni tekshirish bilan shug‘ullanadi. Uning 


    tarkibiga kompyuter jinoyatchiligi bilan shug‘ullanuvchi yettita bo‘linma kiradi, 
    ularning shtati 300 kishini tashkil qiladi. 
    AQSh 
    ning 
    Mudofaa 
    vazirligi 
    (MV) 
    xalqaro 
    Internet 
    tarmog‘ining 
    ajdodi 
    hisoblanib, 
    birinchi 
    bo‘lib 
    mamlakatning 
    xavfsizligiga 
    yangi 
    tahdidning va axborot qurolining kuchini anglab yetdi va hozirgi vaqtda 
    harbiy sohada axborot urushi doktrinasini tatbiq qilishda yetakchi o‘rinni 
    egallaydi. MV ilmiy kengashining ekspertlar komissiyasi axborot urushi 
    hodisasiga 
    qarshi 
    harbiy 
    telekommunikatsiya 
    va 
    kompyuter 
    tarmoqlari 
    xavfsizligini 
    ta’minlovchi 
    shoshilinch 
    choralarni 
    qabul 
    qilish 
    lozimligi 
    haqida 
    doklad 
    tayyorladi. 
    Pentagon 
    harbiy 
    avtomatlashtirilgan 
    axborot 
    tizimlarini «qizil buyruqlar» deb ataluvchi zaiflikka tekshirish uchun 
    harbiy kompyuter tarmoqlarini himoyasini ta’minlash bilan shug‘ullanish maqsadida 
    xakerlarni ishga qabul qiladi. 
    Hozirgi 
    kunda 
    AQSh 
    idoralari 
    faoliyatidagi 
    umumiy 
    tendensiya 
    axborot urushi olib borishning asosiy tashkiliy va konseptual prinsiplarini ishlab 
    chiqish, axborot texnologiyalarni qo‘llab yangi ish usullarini qidirish hisoblanadi. 
    Buyuk 
    Britaniyadagi 
    axborotni 
    himoyalash 
    tizimi

    Buyuk 
    Britaniyada 
    axborot xavfsizligini ta’minlash davlat tizimini yaratishda axborot urushi 
    dushmanning axborot tizimiga ta’sir etuvchi va bir vaqtda mamlakatning 
    shaxsiy 
    tizimlarini 
    himoyalovchi 
    harakatlar 
    deb 
    qaraladi. 
    Buyuk 
    Britaniyaning 
    Razvedka 
    va 
    xavfsizlik 
    bo‘yicha 
    parlament 
    komiteti Britaniya maxsus xizmatlari ustidan nazorat idorasi sifatida 1994- yilda 
    tashkil etilgan. Bu komitet «Razvedka xizmatlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq 
    uchta maxsus xizmat: Maxfiy xizmat (MI5), SIS razvedkasi va Hukumat aloqa 
    markazi tomonidan budjet mablag‘larining sarflanishini, bu xizmatlarning 
    boshqarilishini va ularning olib borayotgan siyosatini nazorat qilish uchun tuzilgan. 
    Secret Intelligence Service/MI6 – Buyuk Britaniyaning asosiy razvedka xizmati. SIS 
    Tashqi 
    ishlar 
    vazirligi 
    (TIV) 
    tizimiga 
    kiritilgan 
    bo‘lib xorijda 87 ta qarorgohga va Londonda shtab-kvartiraga ega. SISni 
    Bosh direktor boshqaradi va u bir vaqtning o‘zida Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari 
    ham hisoblanadi. Shunday qilib, formal ravishda SIS Buyuk Britaniyaning TIV 
    nazorati ostida hisoblanadi, biroq, shu bilan birga u to‘g‘ridan-to‘g‘ri premer-ministrga 
    chiqishi mumkin. 
    Kontrrazvedka 
    xizmati 
    – 
    Military 
    Intelligence-5 
    (MI-5) 
    1909-yilda 
    ichki 
    xavfsizlikni 
    ta’minlash 
    bilan 
    shug‘ullanuvchi 
    maxfiy 
    xizmatlar 
    Byurosining 
    ichki 
    departamenti 
    sifatida 
    tuzilgan. 
    Hukumat aloqa markazi Buyuk Britaniyaning maxsus xizmatlar tizimida 
    radioayg‘oqchilik uchun javob beradi. Markaz TIV tarkibiga kiritilgan bo‘lib, 
    xodimlarining soni va axborotni topish hajmi bo‘yicha mamlakatning yirik 
    idoralaridan biri hisoblanadi.

    Download 13,98 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   322




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish