Mavzu:
Axborot chiqib ketish texnik kanallarining tasnifi va tarkibi
.
Reja:
1.Vizual-optik ma’lumot chiqish kanalining sinflanishi
2.Akustik ma’lumot chiqish kanali
3.Elektromagnit ma’lumotlar chiqish kanalining sinflanishi
Ma’lumot maydon yoki modda orqali uzatiladi. Bu yo akustik to‘lqin
(tovush), yo elektromagnit nurlanish yo matn yozilgan bir varaq qog‘ozdir.
Biroq, na uzatilgan energiya, na foydalanilgan modda o‘z-o‘zicha hech qanday
qiymatga ega emas, ular faqat ma’lumot tashuvchi hisoblanadi, xolos. Fizik tabiatiga
ko‘ra quyidagilar ma’lumot tashuvchi vositalar hisoblanadi: yorug‘lik nuri; tovush
to‘lqinlari; elektromagnit to‘lqinlar;
material va moddalar.Tabiatda ma’lumotlarni tashish uchun bulardan boshqalari
mavjud emas. O‘z manfaatlariga qarab insonlar u yoki bu fizik maydondan foydalanib
o‘zaro ma’lumot uzatishning biror tizimini yaratadilar. Bunday tizimlarni
aloqa tizimi
deb nomlash qabul qilingan. Ixtiyoriy
aloqa tizimi (ma’lumot uzatish tizimi)
ma’lumotlar manbai, uzatgich, ma’lumot uzatish kanali, qabul qilgich va qabul qilib
oluvchi haqidagi ma’lumotdan tashkil topadi
.
Bu tizimlar kundalik hayotda biror
maqsad uchun foydalaniladi va ma’lumot uzatishning rasmiy vositasi hisoblanadi.
Uning faoliyati ishonchlilikni, aniqlilikni va ma’lumot uzatish xavfsizligini ta’minlash
maqsadida nazorat qilinadi. Bu esa raqobatchilarning tizimga ruxsatsiz kirishni oldini
oladi. Biroq, ma’lum sharoitlar mavjudki, unda bir joydan boshqasiga ma’lumot
uzatish tizimi obekt va manbaning xohishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bunday hollarda,
albatta, bunday kanal o‘zini ochiqcha namoyon qilmasligi kerak. Ma’lumotlar uzatish
kanali singari bunday kanal
ma’lumot chiqib ketish kanali
deb ataladi. U ham signal
manbai, uni tarqatuvchi fizik muhit va yovuz niyatli shaxslar (buzg‘unchilar)
tomonidagi qabul qiluvchi qurilmalardan tashkil topadi. Quyidagi rasmda ma’lumot
chiqib ketish kanalining tuzilishi keltirilgan.