Mavzu:
Tashkiliy himoya tushunchalar
Reja:
1.Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari
2.Axborotlarni muhofaza qilishning yordamchi dasturiy vositalariga
Axborotni
muhofaza
qilishning
apparat-dasturiy
vositalari
– axborotni
muhofaza
qilish
funksiyalarini
(foydalanuvchilarni
identifikatsiyalash
va
autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd qilish,
axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil yoki boshqa
vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardir.
Axborotni muhofaza qilishning
apparat vositasi
– bu, maxsus himoya
qurilmasi
yoki
axborotni
qayta
ishlash
texnik
vositasining
komplektiga
kiruvchi moslama. Axborotlarni muhofaza qilishning
dasturiy vositalari
axborotlar
xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy
ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir. Kompyuter viruslaridan va boshqa
dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, kompyuter tizimlarida
axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan
hisoblanadi.Ushbu xavfga yetarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari
uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tarmoqning
xavfsizligi
undagi
barcha
kompyuterlarning
va
tarmoq
qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning birorbir tashkil
etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi mumkin. Hamma
foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni blokirovkalash uchun
«tarmoqlararo ekran» (
Firewall
) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat-dasturiy
vositalardan foydalaniladi Axborotlarni himoyalashning apparat vositalariga,
kompyuterning
texnik
vositalariga
taalluqli
bo‘lgan,
axborot
xavfsizligini
ta’minlashning ayrim funksiyalarini mustaqil ravishda yoki dasturiy vositalar bilan bir
majmua tarkibida bajaradigan elektron va elektron-mexanik moslamalari kiritiladi.
Bunday qurilmalarni ma’lumotlarni himoyalashning injenertexnik vositalariga emas,
balki apparat vositalariga kiritishning asosiy sharti, ularni kompyuterning texnik
vositalari tarkibida kiritilishi bilan belgilanadi.