Tarmoqlararo
ekran
filtrlashni
kanallar,
tarmoqlar,
transport
va
amaliy
sathlarda amalga oshiradi. Ekran qancha ko‘p sathni o‘z ichiga olsa,
shuncha takomillashgan hisoblanadi.
Tarmoqlararo
ekranda,
dasturiy
vositachi
vazifani
bajaruvchi
va
subekt va obekt orasida ulanishni ta’minlovchi, so‘ngra axborotni qayd qilish va
nazoratini amalga oshirib jo‘natuvchi,
ekranlovchi agentlardan
(proxy-serverlar)
foydalaniladi. Ekranlovchi agentlarning qo‘shimcha vazifasi foydalanishga ruxsat
berilgan subektdan haqiqiy obektni yashirishdan iborat. Ekranlovchi agentlarning
o‘zaro aloqa ishtirokchilariga ta’siri yo‘q.
Tarmoqlararo
ekranning
manzillarni
translatsiyalash
funksiyasi
haqiqiy
ichki
manzillarni
tashqi
abonentlardan
yashirish
uchun
mo‘ljallangan. Bu tarmoq topologiyasini yashirish va agar himoyalangan
tarmoq
uchun
yetarli
miqdorda
manzillar
ajratilmagan
bo‘lsa,
yanada
ko‘proq
sondagi
manzillardan
foydalanishga
imkon
yaratadi.
Tarmoqlararo
ekran
maxsus
jurnallarda
hodisalarni
qayd
qilib
boradi.
Biror aniq talab bo‘yicha ekranni sozlash orqali jurnallarni imkoniyati nazarda
tutilgan.
Yozuvlar
tahlili
o‘rnatilgan
qoidalarni
buzishga
bo‘lgan
buzg‘unchilarning
urinishlarini
qayd
qilish
va
ularni
aniqlash imkonini beradi
.