• Foydalangan adabiyot Mavzu: Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida axborot
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet131/322
    Sana02.07.2024
    Hajmi13,98 Mb.
    #266404
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   322
    Bog'liq
    13.Axborot xavfsizligi OA

    Foydalangan adabiyot 


    Mavzu: 
    Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida axborot 
    xavfsizligining apparat-dasturiy vositalari

    Reja: 
    1.Tarmoqlararo ekran 
    2. Tarmoqlararo ekranning manzillarni 
     
    Tarmoq texnologiyasining keng ko‘lamda qo‘llanishi natijasida 
    umumiy resurslardan foydalanish imkonini beruvchi lokal tarmoqqa 
    kompyuterlar birlashtirildi. Kliyent-server texnologiyasining tatbiq etilishi 
    esa bu tarmoqni taqsimlangan hisoblash muhitiga aylantirdi. Tarmoqning 
    xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq qurilmalarining 
    xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir tashkil 
    etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi 
    mumkin. 
    Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari lokal tarmoqlarni 
    global tarmoqqa – Internetga ulash imkonini berdi. Internetning 
    rivojlanishi xavfsizlikni ta’minlashni dolzarb masalaga aylantirdi va 
    Internetga ulangan tarmoq va tizimlarda, qanday ma’lumotlarga ishlov 
    berilishidan qat’iy nazar, xavfsizlik vositalari bo‘lishini taqozo etadi. 
    Chunki, Internetning imkoniyatlaridan foydalanib, buzg‘unchi xavfsizlikni 
    buzishni global masshtabda olib borishi mumkin. Internetga ulangan 
    kompyuter tajovuz obekti bo‘lsa, hujumni amalga oshirayotgan shaxsga 
    uning qayerda (qo‘shni xonada yoki boshqa kontinentda) joylashgani kata 
    ahamiyatga 
    ega 
    emas. 
    Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni 
    blokirovkalash uchun «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi 
    dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi. Odatda, alohida 
    ajratilgan va himoyalangan KT «tarmoqlararo ekran» orqali hamma 
    foydalanadigan tarmoqqa ulanadi. 
    Tarmoqlararo ekran himoyalangan KTga kelib tushayotgan va undan 
    chiqib ketayotgan axborotlarni nazorat qilish uchun qo‘llaniladi. 

    Download 13,98 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   322




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish