2.Elektron biznesda xavfsizlik
Elektron biznes xaridor va sotuvchi
orasidagi aloqani tashkil etish,
buyurtmani ifodalash, muxokama qilish, o‘zgartirish, tovarlarni va xizmatlarni sotish
usullarini hamda to‘lovni amalga oshirish jarayonlarini o‘zgartirish uchun yangi
texnologiyalardan foydalanadi. Hozirda elektron tijorat va biznesning aksariyat
muammolari axborot xavfsizligi bilan bog‘liq, ya’ni xavfsizlik muammolari elektron
tijorat va biznes rivojidagi jiddiy to‘siq xisoblanadi.
Har qanday tijorat kompaniyasining boshqa kompaniyalar bilan yoki ushbu
kompaniyaning bo‘limlari orasida aloqa o‘rnatilishi zarur. Hozirda global Internet
tarmog‘i o‘zining uzellari o‘rtasida ishonchli va arzon axborot almashinuvini
ta’minlaydi. Ochiq global Internet tarmog‘i kanallaridan faol foydalanuvchi elektron
biznesning ishlashi jarayonida ko‘pgina xavf-xatarlar paydo bo‘ladi.
Internetdan foydalanish kanallari kompaniyaning axborot resurslaridan chetdan
foydalanishga imkon berishi mumkin. Kommunikatsion, xususan HTTP — protokol
asosidagi dasturlardan extiyotsizlik bilan foydalanish axborot tizimining ishga
layoqatligini buzuvchi va/yoki axborot tizimima’lumotlarini buzuvchi maxsus dastur
— "Troyan otlarining" kirishiga olib kelishi mumkin. Bu xil dasturlarning ichida
viruslar eng tarqalgan. O‘ziga xos malakali mutaxassislar korporativ axborot
tarmoqlariga bilinmasdan kirish uchun ko‘pincha umummaqsad tarmoqlardan
foydalanadilar.
Elektron qutisining tez-tez ishlatilishi niyati buzuq odamlarga elektron biznes
bilan shug‘ullanuvchi tashkilot foydalananuvchilari nomlarini obro‘sizlantirishga
yordam berishi mumkin. Foydalanuvchilar ma’lumotlarini (ismlar, parollar, PIN —
kodlar va h.) saqlovchi tizimining zaif joylarini qidirishdan tarmoqda keng
ishlatiluvchi maxsus dasturlardan foydalanish mumkin.
Internet konfidentsial axborotni dunyoning istalgan nuqtasiga yuborishi
mumkin, ammo agar u yetarlicha himoyalanmagan bo‘lsa, ushlab qolinishi,
nusxalashtirilishi, o‘zgartirilishi hamda har qanday chetdagi foydalanuvchilar -niyati
buzuq odamlar, raqiblar va oddiy qiziquvchilar tomonidan o‘qilishi mumkin. Masalan,
yetarlicha himoyalanmagan to‘lov topshirig‘i yoki kredit kartochka nomerini
jo‘natayotganda esda tutish lozimki, jo‘natish xususiy/shaxsiy tarmoq orqali amalga
oshirilmayapti va chetdagi foydalanuvchilar xabaringizni manipulyatsiya qilish
imkoniyatiga ega. Undan tashqari xabaringiz almashtirilib qo‘yilishi mumkin:
xabarlarni xuddi V foydalanuvchidan yuborilganidek A foydalanuvchidan yuborish
usullari mavjud. Internet tarmog‘i mahsus paket, tamomila qonuniy paketlar, sonining
xaddan tashqari ko‘pilgi uzatishdagi buzilishlar, tarmoq komponentlarining nosozligi
tufayli ishga layoqat bo‘lmasligi mumkin. Bunday xollar “xizmat qilishdan voz
kechish” deb ataladi va elek-tron tijorat uchun eng jiddiy tahdid hisoblanadi.