• Axborot xavfsizligi elektron biznes
  • Bu qo‘rquvlar, hususan, quyidagilarga asoslanadi
  • Ushbu jarayon quyidagi bosqichlar orqali ifodalanishi mumkin.
  • Axborot xavfsizligi elektron biznes




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet269/322
    Sana02.07.2024
    Hajmi13,98 Mb.
    #266404
    1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   322
    Bog'liq
    13.Axborot xavfsizligi OA

    Axborot xavfsizligi elektron biznes
    tizimining eng muxim elementlaridan biri 
    xisoblanadi va usullar va vositalarning butun bir to‘plami yordamida ta’minlanishi 
    shart. Elektron tijorat sohasidagi savdo ko‘lami Internet xavfsizligi masalalaridan 
    tashvishlangan xaridorlar, sotuvchilar va moliya insitutlarining boshidan kechiruvchi 
    qo‘rquvlari bilan chegaralanadi. 
    Bu qo‘rquvlar, hususan, quyidagilarga asoslanadi:


    - konfidentsiallikka kafolatning yo‘qligi-kimdir ma’lumotlaringizni uzatilayotganida 
    ushlab qolishi va qiymatli axborotni (masalan, kredit kartochkangizning nomerini
    tovar yetqazib berish sanasi va adres) topishga urinishi mumkin;
    - amalda ishtirok etuvchilarni tekshirish darajasining yetarli emasligi - tranzaktsiya 
    qatnashchilari 
    tekshirilmaganida 
    tomonlarning biri “maskarad” uyushtirishi
    mumkinki, uning oqibati ikkinchi tomonga ancha qimmatga tushadi. Masalan, xaridor 
    saytga kirib undagi kompaniyaning haqiqiyligiga shubha qiladi, shunday hol ham ro‘y 
    berishi mumkinki, xaridor kredit kartochkasining nomerini yetarlicha vakolatga ega 
    bo‘lmagan shaxsga beradi;
    - sotuvchida buyurtma bergan xaridor kredit kartochkasining qonuniy egasi 
    ekanliginining tekshirish imkoni yo‘q;
    - kredit kartochkasining bank - emitenti to‘lovni bajarishga talab qo‘ygan sotuvchini 
    tekshirishni istab qolishi mumkin; 
    - ma’lumotlar yaxlitligiga kafolat yo‘q - xatto ma’lumotlarni jo‘natuvchi 
    indentifikatsiyalangan bo‘lsada, uchinchi tomon ma’lumotlarni, ular uzatilishi vaqtida, 
    o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
    Axborot xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan elektron tijoratning 
    namunaviy qo‘llanilishini — Internet orqali maxsulotga va xizmatlarga ega bo‘lishni 
    ko‘raylik. 
    Ushbu jarayon quyidagi bosqichlar orqali ifodalanishi mumkin. 
    1.
    Buyurtmachi Web-server orqali maxsulot yoki xizmatni tanlaydi va mos 
    buyurtmani rasmiylashtiradi.
    2.
    Buyurtma magazinning buyurtmalar ma’lumotlari bankiga kiritiladi.
    3.
    Buyurtma berilgan maxsulot yoki xizmatni olish mumkinligini ma’lumotlarning
    markaziy bazasi orqali tekshiriladi.
    4.
    Agar mahsulotning olinishi mumkin bo‘lmasa, buyurmachi u to‘g‘rida 
    ogohlantiriladi va mahsulot yoki xizmatga ega bo‘lish jarayoni to‘xtatiladi. 
    Mahsulotga so‘rov boshqa skladga (buyurtmachi roziligida) yo‘naltirilishi mumkin.
    5.
    Agar maxsulot yoki xizmat mavjud bo‘lsa buyurtmachi to‘lovni tasdiqlaydi va 
    buyurtma mos ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Elektron magazin mijozga buyurtma 
    tasdig‘ini 
    yuboradi. 
    Ko‘pgina 
    xollarda 
    (ayniqsa 
    endigina 
    ish 
    boshlagan 
    kompaniyalarda) buyurtmalar, tavarlarning borligini tekshirish va h. uchun yagona 
    ma’lumotlar bazasi mavjud. 
    6.
    Mijoz onlayn rejimida buyurtma xaqini to‘laydi.
    7.
    Tovar buyurtmachiga yetqaziladi. 

    Download 13,98 Mb.
    1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   322




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish