Oriental Renaissance: Innovative




Download 459,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana26.12.2023
Hajmi459,38 Kb.
#128556
1   2   3   4
Bog'liq
jamoat-transporti-korxonalari-moliyaviy-barqarorligini-oshirish-imkoniyatlari
Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish Reja O’zbekistonda fosforli-fayllar.org, Diskret ma\'ruza 2-mustaqil ish, OPERATSION JAVOB
Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
949 
w
www.oriens.uz
November
2022
 
debitorlik va kreditorlik qarzlari xolati kabi jihatlarini ifodalovchi koʼrsatkichlar 
tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu koʼrsatkichlar darajasini oʼrganish va taxlil etish 
xamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali avtokorxonaning moliyaviy 
xolatiga baxo beriladi. Shuning uchun xam ushbu koʼrsatkichlarni oʼz vaqtida taxlil 
qilib turish – korxonaning moliyaviy axvolini yaxshilash xamda iqtisodiyotni 
mustaxkamlash uchun shart sharoit yaratadi. Shu nuqtai nazardan taxlilning 
axamiyati nixoyatda katta va beqiyosdir. 
Moliyaviy holat taxlilining maqsadi moliyaviy borqarorlik darajasini, to’lovga 
qodir ahvolini, oʼz va qarz mablaglari bilan taminlanish darajasini, moliyaviy 
mustaqillik ahvolini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga boʼlgan 
holatini oʼrganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash 
imkoniyatlarini koʼrsatish hisoblanadi. Mahsulot tannarxi ushbu mahsulot 
qiymatining pul shaklidagi qismi boʼlib, moddiy, mehnat va boshqa sarf xarajatlardan 
iborat boʼladi. Maxsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy 
koʼrsatkichlaridan biri xisoblanib, korxonaga maxsulot tayyorlash qanchaga 
tushganini koʼrsatadi. Tannarx koʼrsatkichi sotish narxlarini belgilash, maxsulotlar 
rentabelligini xisob-kitob qilish, xarajatlarni pasaytirish rezervlarini aniqlash uchun 
ishlatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsulot tannarxini kamaytirish muxim 
axamiyat kasb etadi, chunki raqobatchilik muxitida maxsulotga talab va uning 
sifatigina emas, balki anchagina qismini tannarx tashkil etadigan uning narxi xam 
muximdir. Boshqaruvni takomillashtirish va xarajatlarning toʼgʼri va oʼz vaqtida 
buxgalteriya xisobini yoʼlga qoʼyish, shuningdek moddiy, mexnat va moliyaviy 
resurslardan oqilona foydalanish ustidan qattiq nazoratni tashkil etish, ishlab 
chiqarishga taʼaluqli boʼlmagan xarajatlar va talofatlarni xar tomonlama kamaytirish 
maxsulot tannarxini pasaytirishning eng muxim yoʼllaridan biri xisoblanadi. 
Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxi maxsulotni ishlab chiqarish 
yoki qayta ishlash (ishlar bajarish, xizmatlar koʼrsatish) jarayonida foydalaniladigan 
tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilgʼi, quvvat, asosiy fondlar, mexnat 
resurslarining, shuningdek ishlab chiqarish bilan bogʼliq boshqa xarajatlarning 
qiymat baxosini ifodalaydi. Daromadlar, foydalar, xarajatlar va zararlar schyotlari – 
bu moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi xisobot schyotlaridir. Qolgan schyotlar bu 
bugalteriya balansining schyotlaridir. 
Toshkent shahri boʼyicha aholiga transport xizmatlarini ya’ni avtobuslar 
qatnovlarini yoʼlga qoʼyadigan va nazoratini olib boradigan avtobus saroylari 
daromadlari va xarajatlari toʼgʼrisidagi quyidagi (1-jadval)ga nazar tashlaydigan 
boʼlsak, avtokorxonalar rivojlanayotganliklari yoki tobora inqirozga yuz tutib 



Download 459,38 Kb.
1   2   3   4




Download 459,38 Kb.
Pdf ko'rish