99
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
Gazlamaning bо‘yalishi bо‘yicha farqlanishi
Gazlamani
oqartirish
natijasida hosil
bо‘ladi
Bitta
rangga
bо‘yash
natijasida silliq,
bir tekis hosil
bо‘ladi
Bostirib
nusxa
tushirish
natijasida
hosil bо‘ladi
Tolalarni
har xil
rangga bо‘yash
natijasida hosil
bо‘ladi
Gazlamadagi bо‘ylama va kо‘ngdalang ipning yо‘nalishini aniqlashni
frontal shaklda о‘quvchilarga tushuntiring va amalda kо‘rsatib bering.
Gazlamaning о‘ng va teskari tomonlarini aniqlashni frontal shaklda
о‘quvchilarga kо‘rsatib bering.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash va yakunlash. (15 daqiqa)
Guruhlarga savol bilan murojaat qilinadi.
1. Nima deb о‘ylaysiz? Xom surup bо‘yalgan surupdan nimasi bilan
farq qiladi?
2. Qaysi gazlamalarning о‘ng va teskarisi tez aniqlanadi?
3. Fartuk uchun qanday gazlama tanlagan bо‘lar edingiz va nima
uchun?
Ijodkorlikka taklif qilamiz.
Onangiz fartuk uchun bayrambop gazlama sotib olish uchun dо‘
konga yubordi. Siz gazlamani onangiz aytgani bо‘yicha olasizmi yoki
о‘z xohishingiz bо‘yicha gazlama olasizmi? Tanlovingizga ta’rif be ring.
Dars jarayonida faol ishtirok etgan о‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Darslikda berilgan mustahkamlovchi savollarga
javob yozib kelish
topshirig‘i beriladi.