|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablariningBog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
KIRISH
Texnologiya fanini o‘zlashtirgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-
lari bitiruvchilari sanoat sohasining barcha tarmoqlarida xusu
siy injiniring, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik bazalarining
yanada rivojlanishi, boshqacha qilib aytganda yuqori qiymatli
raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishida
“drayver”
rolini bajarishi zarur hisoblanadi. Masalan, ishlab chiqarish jara yonlari
yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya,
AQSH, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa
rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida ham texnologiya fani umumiy
o‘rta ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga
malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim bosqichlari va tashkil
etuvchilaridan biri deb qaraladi.
Texnologiya o‘quv fani o‘quvchilarda
texnik ijodkorlikni, qobiliyatni, tafakkurni
rivojlantirish, dars jarayonida tabiiy, me
tall va metallmas materiallarga zamo
naviy texnika va texnologiyalar asosida
ishlov berish usullarini o‘rgatish, milliy
xalq hunarmandchiligi asoslari, energiyani
ishlab chiqarish va undan foydalanish, mexatronika — LEGO education
“Oddiy mexa nizmlar”, ijtimoiyiqtisodiy texnologiya asoslari hamda
kasbhunarga yo‘llash bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishni ko‘zda
tutadi.
O‘quv fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarning texnik ijodkorlik qo
biliyati, kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qara
tiladi.
Texnologiya fanini o‘qitishni yangi bosqichga ko‘tarish O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotida:
— kompozit materiallarni yangi texnologiyalar asosida ishlab
chiqarish orqali mahsulot turlarini ko‘paytirish, eksport va import
hajmini oshirish;
— brend mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan to‘qi-
machilik sanoati;
— qayta tiklanadigan energetika ulushi yuqori energetik kon-
sorsium;
— yuqori texnologiyali polimer mahsulotlarini, kosmetika va dori
darmonlarni ishlab chiqarish va eksport qilish sohalarini rivojlantirish;
— tadbirkorlik va kasanachilikni yangi bosqichga olib chiqishga
imkoniyat yaratiish kabi sohalar ulushini oshishiga xizmat qiladi.
|
| |