|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablariningBog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
6
TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISINING
VAZIFALARI
Texnologiya fani darslarini tashkil qilish boshqa fanlardan tubdan
farq qilib, o‘qituvchiga katta talablarni qo‘yadi. Jumladan, nazariy va
amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish jarayonida o‘quvchilarga nisbatan
o‘ta hushyor bo‘lishlik, barcha ishlarni oldindan ishlab chiqilgan va
belgilangan tartib bo‘yicha tashkil etish lozim. Bu jarayonda o‘qituv
chining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Texnologiya fani o‘qituvchisi nazariy darslarga tayyorgarlik
ko‘rganda:
a) nazariy darslar uchun barcha hujjatlarni (davlat ta’lim standarti,
o‘quv dasturi, taqvim – mavzu reja, darslik, o‘quvmetodik qo‘llanmalar,
didaktik tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yish;
b) ko‘rgazmali o‘quv qurollari, elektron resurslardan mavzuga mos
holda qay tariqa foydalanish tartibi bilan tanishish;
d) innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usul lardan
o‘rinli foydalanish.
Amaliy mashg‘ulot darslariga tayyorgarlik ko‘rganda:
a) amaliy mashg‘ulot darslari natijalarini oldindan aniqlab olish;
b) barcha asbobuskunalar, moslama va stanoklarni ishga sozlab
qo‘yish;
d) o‘quvchilar bajaradigan amaliy ishlarga mos material yoki xom
ashyolarni oldindan tayyorlab qo‘yish;
e) ishlarni belgilangan xavfsizlik texnikasi va sanitariyagigiyena
qoidalariga amal qilgan holda tashkil qilish.
2. Darslarga kirishishdan oldin o‘quvchilar bilan dastlabki ins
truktaj (yo‘riqnoma) o‘tkazish.
Instruktaj (fransuzcha “instruire” — o‘rgatish, ko‘rsatma be rish) —
o‘qituvchi tomonidan topshiriqni tushuntirish va taqdim etish turi.
Tarkib jihatidan instruktaj (yo‘riqnoma), odatda,
kirish, joriy va yakuniy
qismlarga bo‘linadi.
3. O‘quvchilarga dastlabki xavfsizlik texnikasi va sanitariyagigiyena
qoidalariga oid instruktaj bergach, ularni instruktaj bilan tanishganligi
to‘g‘risida maxsus daftarga imzo qo‘ydirib olish hamda unga tegishli
qoidalarni o‘rganmagunga qadar ularni amaliy ishga qo‘ymaslik.
4. O‘quvchilarga xavfsizlik texnikasi va sanitariyagigiyena qoida
larini tushuntirib borish. Jumladan, ishni bajarish tartibini tushuntirish
bilan bir qatorda ishning buzilishiga olib keladigan sabablarni ta’kidlab
o‘tish va buning oldini olish choralarini tushuntirish.
5. O‘quvchilarni maxsus ish kiyimida bo‘lishini tekshirish.
6. O‘quv ustaxonalaridagi elektr tarmoqlari va elektr jihoz larining
yaroqliligini doimiy ravishda tekshirib turish.
|
| |