|
Asbobsozlik
|
bet | 1/6 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #246010 |
Bog'liq KURS LOYIHASI Mahliyo
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
TA’LIM MAXSUS VAZIRLIGI
ISLOM ABDUG’ANIYEVICH KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
MUXANDISLIK FIZIKASI FAKULTETI
“ASBOBSOZLIK” KAFEDRASI
KURS LOYIHASI
GURUH:105-13
BAJARDI: ABDULLAYEV B.
QABUL QILDI: ABDUHALIKOV
TOSHKENT 2017
MUNDARIJA:
KIRISH……………………..……………………………………..………………3
I.NAZARIY QISM…………..…………………………………………………….4
Nanotehnalogiyaga kirish.…...………………………..4
Nanotexnologiyalarning rivojlanishi yo‘nalishlari…………………...5
II.ASOSIY QISM……………………………………………………………….25
Fullerenlar ,uglerodli nanoquvurlar.………..……………………6
Namlikni konduktometrik o’lchagichlari…………..…………………….7
Namlikni o’lchash vositalari va usullari……………..…………...………8
XULOSA………………………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………...………………………….
KIRISH
Hozirgi vaqtda yuqori darajadagi qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan bilimlarni talab qiladigan ishlab chiqarish tarmoqlarni rivojlantirishga alohida o‘rin ajratilgan. Jahon iqtisodiyotining rivojlanishi va umuman sivilizatsiyasining zamonaviy bosqichida bunday yo‘nalish, albatta, nanotexnologiyalar hisoblanadi. Eng kichik fizik moddalar - atomlar va molekulalar bilan manipulyasiyalar, mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, yaqin kelajakda sivilizatsiya uchun misli ko‘rilmagan istiqbollarni ochib beradi va insoniyatni o‘z faoliyatining barcha sohalarida kelajakda hayot faoliyati ta’minotining kalitiga aylanadi. Yangi texnologiyalar tibbiyot, energetika, biotexnologiya, elektronika va boshqa sohalarni tubdan o‘zgartirishi mumkin.
Ko‘plab mutaxassislarning fikricha, XXI asr nanotexnika va nanotexnologiyalar asri bo‘ladi, ular uning yuzini ham aniqlaydi. Nanotexnologiyalarning hayotga ta’siri umumiy xarakterda bo‘lishni, iqtisodiyotni o‘zgartirishni va kundalik hayot, ish va ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalariga ta’sir qilishni va’da qilmoqda. Nanoenergetika yangi turdagi dvigatellar, yonilg‘i elementlari va transport vositalarini ishlab chiqish orqali dunyoni tozaroq qiladi.
Nanotexnologiyalar va nanomahsulotlarga asoslangan yangi iqtisodiyot shakllanadi, elektron-axborot biznesi nanotexnologik biznesga etakchi o‘rinlarni bo‘shatib beradi. Boshqa tomondan, nanotexnologiyalarning rivojlanishi olimlar, muhandislar va texnik xodimlarni tayyorlashning, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil etishning yuqori darajasini talab qiladi. Nanosanoatning jadal rivojlanishi barcha darajalardagi ta’lim tizimini tubdan qayta qurishni talab qiladi.
Nanotexnologiyalarni qo‘llanishining eng aktiv rivojlanayotgan sohalaridan biri nanoelektronika hisoblanadi. Bu sohadagi ko‘plab yangi inqilobiy echimlar mikroelektron texnologiyalarning mantiqiy rivojlanishi, ularning aktiv elementlarning nanometrlardagi o‘lchamlari diapazoniga o‘tishi natijasida paydo bo‘ldi. Ammo ko‘plab ilmiy natijalar va texnologik echimlar elektronikaning fan va texnikaning boshqa tarmoqlari - kimyo, biologiya, molekulyar fizika bilan birlashishidagi yangi kvant-mexanik yondashuvlar asosida paydo bo‘ldi. Qabul qilingan tasniflashga muvofiq ishonchli tarzda nanoelektron qurilmalar toifasiga kiradigan 32 nm ruxsat etishli Intel protsessorlari kabi qator elektron qurilmalar hozirda global miqyosda tarqatilgan. Bu yangi texnologik echimlarning aksariyati hali sanoatda o‘zlashtirishdan yiroqda, chunki ham ishlab chiqarish sohasida, ham bunday qurilmalarni qo‘llanishi sohasida tubdan yangi texnologik platformani yaratish uchun vaqt va xarajatlar zarur bo‘ladi.
Nanotexnologiyaning rivojlanishi muammolari hozirgi vaqtda zamonaviy fan va texnikaning deyarli barcha sohalarida ustun mavqega ega. Sanoati rivojlangan mamlakatlar erishgan ilmiy-texnik yutuqlar asosida nanotuzilmalashtirishda zaryad, energiya, massa va ma’lumotlarni tashish va taqsimlash jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan aniqlanadigan nanoo‘lchamlarga o‘tishda moddiy tizimlarning oldin ma’lum bo‘lmagan yangi xususiyatlari va funksional imkoniyatlaridan foydalanish yotadi.
Nanotizimlarga kelsak, makro va mikrotizimlarga xos bo‘lmagan yangi noan’anaviy xossalar paydo bo‘ladigan xarakterli o‘lchamlar chegaralari rasman birlardan 100 nmgacha aniqlangan. Nanomateriallarning o‘sha kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan hajmli materiallarga nisbatan tubdan farq qiladigan ko‘plab xususiyatlari nanodonachalar va nanoklasterlar sirt ulushining (grammga yuzlab kvadrat metrgacha) ko‘p karrali ortishi samaralariga bog‘liq. O‘rganilayotgan ob’ektlarning xarakteristik va geometrik o‘lchamlarini aniqlaydigan eng ko‘p ishlatiladigan qo‘shimchalarning ma’nolari yunoncha so‘zlar - mikro - kichik, nano - mittidan kelib chiqqan. Bu erda nanotexnologiyalar bilan bog‘liq ba’zi ta’riflarni keltiramiz.
Nanomateriallar nanoo‘lchamlardagi omillarin namoyon bo‘lishi bilan aniqlanadigan materiallarda oldin ma’lum bo‘lmagan mexanik, kimyoviy, elektr fizik, optik, issiqlik fizik va boshqa xususiyatlarning vujudga kelishini ta’minlaydigan nanometrik xarakteristik o‘lchamlarga ega bo‘lgan va fizik yoki kimyoviy o‘zaro ta’sirlashishni alohida namoyon etadigan asosiy elementlarning sun’iy yoki tabiiy tartiblangan yoki tartiblanmagan tizimi bo‘lgan moddalar va moddalar kompozitsiyasi hisoblanadi.
Nanotexnologiya materiallarni sintezlash, yig‘ish, tuzilmaviy va shakl berish, yuritilishi, olinishi va modifikatsiyalanishi usullari va yo‘llari, shu jumladan nanoo‘lchamli omillar namoyon etilishiga bog‘liv yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan materiallar va tizimlar yaratishga qaratilgan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar, apparaturaviy, materialshunoslik, metrologik tizimlar, jarayonlar va texnologik operatsiyalarning axborot ta’minoti majmui hisoblanadi. Nanotexnologiyani yana atom, molekulyar va nanometrlar darajalarida materiallar va funksional tuzilmalar va qurilmalarni yaratish, tayyorlash, tavsiflash va amalga oshirish fani va texnologiyasi sifatida ta’riflash mumkin.
Nanotexnika nanoo‘lchamlarga o‘tishda tizimlarning yangi xususiyatlari va funksional imkoniyatlari yordamida yaratilgan va oldin erishib bo‘lmaydigan vazn-hajm va energetik parametrlari texnik-iqtisodiy parametrlar va funksional imkoniyatlariga ega bo‘lgan mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar, qurilmalar, materiallar hisoblanadt.
Nanoelektronika elementlarning 100 nmdan kichik bo‘lgan xarakterli topologik o‘lchamlariga ega bo‘lgan integral elektron sxemalarni yaratish uchun fizik va texnologik asoslarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi elektronika sohasi
hisoblanadi.
Nanoelektronikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat [4, 5]:
• nanometrlardagi o‘lchamli, birinchi navbatda kvantli aktiv qurilmalarning ishlashining fizik asoslarini ishlab chiqish;
• texnologik jarayonlarning fizik asoslarini ishlab chiqish;
• qurilmalarning o‘zi va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish;
• nanometrli texnologik o‘lchamlar va nanoelektron elementlar bazasiga ega bo‘lgan integral sxemalarni ishlab chiqish.
Nanoelektronikaning maqsadi makroskopik xossalardan kuchdi farq qiladigan nanoo‘lchamli elementlarning xususiyatlaridan foydalanish bilan ma’lumotlarga ishlov berish, ularni uzatish va saqlashdan iborat. Nanoo‘lchamlarda elektronni tashish mexanizmini va nanoqurilmalarni simulyasiyalash imkoniyatini tushunish tubdan yangi modellashtirish usullarini talab qiladi.
Nanoelektronika an’anaviy yarimo‘tkazgichli texnologiyalarning barchasini bo‘lmasada, ko‘pini almashtirish uchun etarli potensialga ega. Harakatlanishi turli tuzilmalarda signallarga ishlov berish va hisoblash zamonaviy prinsiplariga asoslangan elektronlardan voz kechish “elektronika” atamasining o‘zidan voz kechishga olib kelishi mumkin; fotonlar elektronga muqobil bo‘lishi mumkin.
|
| |