• Kalit so‘zlar
  • Kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini hamkorlik texnologiyalaridan foydalanib o‘rgatish




    Download 214.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana28.04.2023
    Hajmi214.66 Kb.
    #54476
      1   2
    Bog'liq
    7445-Текст статьи-18026-1-10-20221229
    nazariy elektrotexnika 200 talik test, 2022-2023-Yil 3-4 shakl Ilmiy ishlar


    KIMYO FANINING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGINI 
    HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB O‘RGATISH 
    B.F.Muhiddinov, I.I.Jo‘rayev, K.B.Shavqiddinova.
    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti. 
    Annotatsiya: K
    imyo fanini maktablarda o‘rgatishda fanlararo bog‘liqlik, 
    jumladan, matematika, fizika va biologiya fanlarini chuqurroq o‘rganish hamda 
    mantiqiy masalalar bajarish mumkinligi ko’rsatilgan. Matematik usullar yordamida 
    kimyoviy formulalar va kimyoviy reaksiyalarning tenglamalari asosida oddiy 
    hisoblashlarni, shuningdek, murakkab fizik-kimyoviy masalalarni o‘rganish 
    usullari bayon etilgan.
    Kalit so‘zlar: Matematik usullar, fizik-kimyo, proporsiya, kimyoviy tenglamalar, 
    molar massa, molar hajm, fotosintez, nuklein kislotalar, ildiz va protsent. 
    Har bir fanni o‘qitish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘lini belgilash
    kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini qayta ko‘rib chiqish, bu borada qator 
    choralar ko‘rish zaruratidan amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, eng avvalo, 
    ta’kidlash lozimki, o‘qitishning fanga doir tushunchalarini o’quvchilarga singdirish 
    lozim.
    Bugungi kundagi ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchi yoshlarda hayotda 
    amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hisoblanadi. Muhtaram Yurtboshimiz 
    ta’kidlaganlaridek: «Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va 
    ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi 
    sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun 
    davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz».
    Maqsadga erishishda pedagogik jarayonlarda hamkorlik texnologiyasining 
    ahamiyati kattadir. Sababi, hamkorlik texnologiyasi asosida ta’lim oluvchilarda 
    hamjihatlilik, hamfikrlilik, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. Bu 
    ko‘nikmalar esa o‘z navbatida o‘quvchi yoshlarni hayotda o‘z bilimi va amaliy 
    jihatdan tayyorligiga ega bo‘lishiga ko‘maklashadi. Ular jamiyatda o‘zaro 
    munosabatlarda faol ishtirok eta oladi. Shuning uchun ham kimyo fanini o‘qitishda 
    hamkorlik texnologiyasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Jumladan, kimyo fanini 
    o‘qitishda ham ushbu texnologiyadan foydalanishning o‘ziga xosliklari mavjud. 


    Adabiyotlar ma’lumotlariga e’tibor beriladigan bo‘lsa, hamkorlikda o‘qitish 
    jarayonida ta’lim oluvchilar fikrlarini to‘g‘ri bayon qilishi, ijodiy va ilmiy 
    farazlarini amaliyot bilan uzviy bog‘langanligini ko‘rish mumkin. Tajribalar 
    jarayonini o’tkazishda esa nazariy bilimlarni amaliy jihatdan bajarish, kuzatish va 
    xulosalar chiqarish ko‘nikmasi shakllanadi.[1] Masalan, “Kichik guruhlarda 
    ishlash” usulini o‘qituvchi ta’lim oluvchilarning psixologik va bilimlarni 
    o‘zlashtirish darajasiga qarab yangi yo‘llar bilan amalga oshirsa bo‘ladi. Bu 
    o’qitish usulining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati 
    amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzalligi o‘quvchilarda muloqot yuritish 
    va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, 
    balki amalda bajara olish, yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va 
    tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bu usulning asosiy ijobiy tomoni 
    shundaki, u o‘quvchilarda o‘tilayotgan kimyo fanining darslik, o‘quv qo’llanmalar 
    va internet bilan ishlash ko‘nikmasini hamda malakasini shakllantirishga yordam 
    beradi. Masalan: Kimyo fanini chuqur o‘rganmoqchi bo‘lgan har qanday o‘quvchi 
    avvalambor, matematika, fizika va biologiya fanlarini yaxshi o‘zlashtirishi kerak 
    bo‘ladi. Sababi bu fanlarni bilmay turib kimyodan har qanday masala va 
    mashqlarni bajara olmaydi. Kimyo fanining quyidagi fanlar bilan bog’liqligini 
    hamkorlik texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish mavzusida quyidagi usulni 
    qo‘llash mumkin. Ta’lim oluvchilarni 3 ta guruhga bo‘lib oldik. [2] 

    Download 214.66 Kb.
      1   2




    Download 214.66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini hamkorlik texnologiyalaridan foydalanib o‘rgatish

    Download 214.66 Kb.
    Pdf ko'rish