|
Psixrometrik namlik o’lchagich yordamida namlikni o’lchash
|
bet | 6/6 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #246010 |
Bog'liq KURS LOYIHASI MahliyoPsixrometrik namlik o’lchagich yordamida namlikni o’lchash.
Gazlarni suyuqliklarni va qattiq ashyolarni namligini o’lchash texnologik jarayonlarni zarur ko’rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Gazlarni namligini masalan quritish qurilmalarida o’lchash kerak, gazlarni tozalashda, gaz yiqqichlarda, havoni kondensirlashda va boshqalar. Neft, spirt,setok tarkibidagi suvni o’lchash neftni qayta ishlash va neft kimyosi jarayonlarida bajariladi, (7-va) pulpalarda-oltingugirt kislotasini ishlab chiqarishda va mineral o’gitlar ishlab chiqarishda o’lchanadi. Qattiq sochiluvchi ashyolardagi namlikni o’lchash kraskalari, mineral o’g’itlarni, qurilishlarni ashyolarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi tolali ashyolarni namligini o’lchash qog’oz va karton ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Texnalogik jarayonlarni gazlarni namligi odatda psixrometrikusulda o’lchanadi. Psixrometrik namlik o’lchashni ishlash tamoyili ikki haroratni u tahlil qilinayotgan gazga kiritilgan ho’l termodatchik harorati paypoq yoki ho’l mato o’ralib suvga tushurilgan. Bug’lanish hisobiga bu termodatchik past haroratgacha soviydi, gazdantermodatchikka nisbatan. Namlik ortishi bilan bug’lanish intensevligi kamayadi va’’ho’l’’ termometrdagi harorat ortadi. Namlik 100% ga yetganda bug’lanish tuxtaydi ikkala termodatchik harorati tenglashadi.
Sanoatda ishlatiladigan namlik o’lchagichlarida termodatchik sifatida odatda qarshilik termometrlaridan foydalinadilar ularni qarshiliklari nisbatini o’lchaydigan sxema ulanadi yani “ho’l’’ va “quruq’’ termometrlar harorati nisbatiga.
Namlikni o’lchgichni tamoyilli sxemasidan ko’rinib turibdiki u ikta tenglashtirilmagan ko’prikdan, reoxord, kuchaytirgich, reversiv divigatel va ko’rsatuvchi qurilmadan iborat. Tenglashtirilmagan ko’priklar yelkasiga tegishli ravishda “ ko’prik’’(RC) va “ ho’l”(RM) termometrlar ulangan. Ko’prikdan chiqayotga signal – U2 kuchlanish U3- kuchlanishi bilan qarama-qarshi ulangan va u reoxordni so’ngichidan olinadi ularni farqi kuchaytirgichni kirishiga qo’yilgan u yerda u kuchaytiriladi va reversiv elektr divigatelini ishga tushiriladi. Elktrodivigatelni o’qi reoxord suriladi u bilan surilgichini haroratga keltiradi va u bilan bog’langan strelka ko’rstish qurulmasida o’lchanayotgan qiymatni ko’rsatadi.
Sxemada muozanat holati U2 va U3 kuchlanishlari teng bo’lganda sodir bo’ladi bunda shu sababli reoxordni qo’zg’aluvchi kontakti va asbob sterilkasi haroradan to’xtaydi. Peoxorotni qo’zg’aluvchi kontaktini holati muvozanat holatida U1 va U2 kuchlanishlar nisbatiga bo’liq bo’ladi ya’ni “ ho’l” va “ quruq” termometrlar harorati nisbatiga shunday qilib asbob strelkasini holati gazning o’lchanayotgan namligi bilan bog’liq suyuqliklarni namligini o’lchash ular mahsus namlik o’lchgichlarda shuningdek suyuqikni qandaydir xossasini o’lchovchi asboblardan ham foydalaniladi ular namlik bilan bog’liq bo’lsa. Masalan pulpaning (8 v) xaraktirestikalaridan biri uning tarkibidagi suyuqlik qattiq jism nisbati hisoblanadi. Bu kattalik odatta zichlik o’lchagichlari yordamida o’rganiladi.Shu holatlarda pulpaning faqat suniy faza chiqarib yuboriladi (bug’latiladi, filtirlanadi) ichimlik o’lchagichning ko’rsatgichi pulpadagi suyuqlik miqdorini aniqlaydi. Shu holatda zichlik o’lchagich namlik o’lchagich funksiyasini bajaradi. Maxsus suyuqlikdagi namlik o’chagichlarida sig’imning absorbsion o’lchash usullaridan foydalaniladi.
Sig’imli namlik o’lchagichlarni ishlashi suyuqlikdagi suvning midoriga bog’liq ravishda dielektrik singdiruvchanlikni o’zgarishiga asoslangan.Bunday namlik o’lchagichni elektr sxemasi sig’imli sath o’lchagichni elektr sxemasi bilan bir xil. Suyuqlikni namligini o’zgarishi uning sig’imini o’zgarishiga sabab bo’ladi. Ko’prikni chiqishidagi kuchlanish U va Cx shu turdagi namlik o’lchgichlari yordamida neftdagi suv miqdorini o’lchashda foydalaniladi.Asbobni o’lchash diopozoni 0-1 % gacha.
Absorbsion namlik o’chgichlarini ishlash tamoili suyuqlik uchun infra qizil nurlanishga yaqin bo’lgan nurlanish spiktri sohasida suv tomonidan energiyani yutulishiga asoslangan.Suyuqlik kamera orqali o’tkaziladi shu vaqtdan banbadan kelayotgan nurlanish oqimi o’tadi.Shunga kamerada energiyani bir qismi yutiladi chiqayotgan oqim energiyasi shuncha kam bo’ladi agarda aralashmadagi namlik konsentrasiyasi qancha yuqori bo’lsa Nurlanish manbai bo’lib cho’g’lanma lashgan bo’lsa, qabul qilgich fotorezistor bo’ladi. Sanoatda ishlatiladigan namlik analizatorlari arsenendagi va spirtdagi namlikni konsentrasiyasini 0 dan 5% gacha o’lchash imkonini beradi. Qattiq sochiluvchi va tukli ashyolardagi namlikni o’lchashdagi murakkablik shunga asoslanadiki datchik ashyo bilan o’zaro tasirlashganda uning strukturasi, zichligi va boshqa faktorlari o’zgarib asbob hatoligini ancha o’gartirishi mumkin. Shu sababli sanoatda kontaktsiz o’lchash usullari qo’llana boshlandi: optik va o’ta yuqri chastotali.
Optik namlik o’lchagichlarida modda namligi bilan undan qaytgan nurlanish oqimi orasidagi bog’lanishdan foydalaniladi. Yuqori sezgirlikka erishish uchu infraqizil nurlanish sohasidan foydalinadi va manba yordamda hosil qilinadi. Tahlil qilinayotgan ashyodan qaytgan yorug’lik oqimi yig’uvchi qurilma yordamida yig’ilib qabul qilgichga uzatiladi. Ashyoni namligi qancha yuqori bo’lsa u shuncha ko’p infraqizil nurni yutadi bunda qaytgan nurlanish oqimi shuncha kam bo’ladi.
II.ASOSIY QISM
2.1-rasm namlik signalizatorini sxemasi
|
| |