metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
20
2. O‘quvchilarga bir necha kun yoki keyingi darsga tayyorlanish
muddati belgilanadi. Konferensiyani olib borish senariysi va boshlovchi
tayinlanadi.
3. O‘quvchilar darsda o‘qituvchi ishtirokisiz
konferensiya olib
boradi va o‘qituvchi unda tomoshabin yoki jurnalist vazifasini bajaradi.
4. Barcha guruhlarning chiqishiga
va tayyorlagan materialiga
o‘qituvchi baho beradi va nominatsiyalar bilan taqdirlaydi.
4. “Ekspress” – tez va ketma-ketlikda javob berish usuli.
Bu usulni darsning boshlanishida, uyga berilgan vazifani aniqlash
yoki takrorlashda qo‘llash tavsiya etiladi.
“Ekspress” usulida o‘quvchi aytilgan
javoblarni diqqat bilan
tinglashi va eslab qolishi zarur. Bu usul xotirani mustahkamlaydi va
diqqat (eshitish madaniyati)ni rivojlantiradi.
“Ekspress” usulini qo‘llash ketma-ketligi:
1. O‘qituvchi o‘quvchilardan berilgan savol yoki vazifani birmabir
aytib berishlarini so‘raydi.
2. O‘quvchilar birmabir javob berishadi. Lekin javob takrorlan
masligi sharti bilan qabul qilinadi.
3. So‘ngra boshqa bir guruhdan javoblarni to‘g‘ri ketmaketlikda,
adashmasdan aytib kartochkalar beriladi.
4. To‘g‘ri
javobga stikerlar, noto‘gri
javobga sariq kartochkalar
beriladi.