19
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
“Case-study” usulini qo‘llash ketma-ketligi:
1. Sinf o‘quvchilarini guruhlarga bo‘lgan holda mavzuga oid ha
yotiymuammoli masala bayon qilinadi. Har bir guruh o‘z
yechimini
fikr, g‘oya yoki mulohazalar yordamida bildirishlari so‘raladi.
2. Har bir guruh nomidan bir kishi mulohazalarni bayon qiladi.
3. O‘quvchilarning fikrmulohazalari ko‘rgazmali (infografik) shakl
da yoki doskada stikerlar yordamida to‘planadi.
4. O‘qituvchi javoblar orasidan eng to‘g‘ri javoblarni tanlab oladi
va ularni izohlab beradi.
2. “O‘yla, izla, top!” – mustaqil o‘rganish usuli.
Bu usul, asosan, o‘quvchilar mustaqil
bilim olishi maqsadida
qo‘l laniladi. Turli manbalar (darslik, gazeta, jurnal, internet) bo‘lishi
mumkin.
Masalan:
Dars jarayonida yangi tushuncha
va atamalarni qanday esda
saqlab qolish mumkin? O‘qituvchi doska (yoki slaydlar)da yangi mavzu
va unda o‘tiladigan asosiy tushunchalarni yozib qo‘yadi. O‘quvchilar
darslik va boshqa manbadan ularni topib, ularga tegishli tushuncha
yoki qoidalarni daftarga ko‘chirib oladi.
Dars oxirida o‘qituvchi mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot topib
kelishni tayinlaydi va doska (yoki slayd)da shu so‘zlar
yoki mavzini
yozib beradi. O‘quvchilar uyda shu ma’lumotlarni qidirib topib, yozib
keladi.
Dars davomida o‘quvchilarga mavzuga oid video, taqdimot yoki
bajarilgan amaliy ishning natijasi ko‘rsatiladi, so‘ngra o‘quvchilarga
test yoki vazifalar beriladi. Bu usul ulardan e’tiborni talab etadi.
“O‘yla, izla, top!” usulini qo‘llash ketma-ketligi:
1. O‘qituvchi yangi mavzuni boshlashdan avval o‘quvchilarga
yangi so‘z yoki atamalarni doska yoki slaydda belgilab beradi.
2. O‘quvchilar bu so‘z yoki atamalarni
darslikdan yoki boshqa
manbalardan topib, daftarga yozib oladi.
3. Keyingi darslarda o‘qituvchi atamalar bo‘yicha savoljavob olib
boradi.
4. O‘quvchilar uni daftardan o‘qib yoki og‘zaki tafsiflab beradi.