• 8. “Loyiha” – yakka tartibda (individual), juftlik, kichik guruhda o‘quv loyihalarini tayyorlash usuli. Loyiha usuli
  • “Loyiha” usulini qo‘llash ketma-ketligi
  • “Step by Step” usulini qo‘llash ketma-ketligi




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/161
    Sana19.12.2023
    Hajmi4,99 Mb.
    #123284
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161
    Bog'liq
    5-sinf Texnologiya METODIKA

    “Step by Step” usulini qo‘llash ketma-ketligi:
    1. O‘qituvchi o‘quvchilarni darsda beriladigan bir necha bosqichli 
    nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarish algoritmi bilan tanishtiradi.
    2. O‘quvchilar vazifalarni guruhda yoki individual ko‘rinishda 
    birin­ketin bajaradi.
    3. Barcha natijalarni o‘quvchi daftarga yozib boradi.
    4. Dars oxirida topshiriqlar bo‘yicha berilgan javoblar yoki baja­
    rilgan amaliy ishlar tahlil qilinadi va baholanadi.
    8. “Loyiha” – yakka tartibda (individual), juftlik, kichik guruhda 
    o‘quv loyihalarini tayyorlash usuli.
    Loyiha usuli – bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda 
    belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot 
    yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. 
    “Loyiha” usulining mazmunida shunday o‘quv jarayoni ko‘zda 
    tutiladiki, unda ma’lum bir amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda yakka 
    tartibda yoki guruh bilan ishlashda ularga beriladigan mavzuning 
    erkinligi, loyihalashtirish, biror muammo ustida izlanish olib borib, o‘z 
    bilim va ko‘nikmalari orqali uni himoya qilish jarayonlari mavjud.
    Ko‘p yillik amaliyotning ko‘rsatishicha, bu usulni aynan texnologiya 
    fani darslarida qo‘llash natijasida o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqish 
    yuqori darajada ortgan va yaxshi natijalarga erishilgan.
    Bu jarayonda o‘qituvchi tashkilotchi hamda nazoratchi sifatida 
    qatnashadi, ba’zan esa maslahatchi (konsultant) vazifasini ham 
    bajaradi. O‘quvchilar esa, asosan, izlanishda bo‘lishadi.
    Bu jarayonga o‘qituvchi oldindan puxta tayyorlanishi: loyihaning 
    mavzulari o‘quvchilarning yoshi, bajarish vaqti, ular bilimi va hosil 
    qilingan ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda taqdim etilishi kerak. 
    Loyiha mavzularini o‘qituvchi oldindan tayyorlab, o‘quvchilarga 
    tanlash huquqini berishi ular qiziqishini yanada orttiradi.
    “Loyiha” usulini qo‘llash ketma-ketligi:
    1. Loyiha mavzulari ham yakka tartibda, ham guruh bilan ishlashga 
    mo‘ljallangan va dolzarb, hayotiy masalalarni qamrab olgan bo‘lishi 
    lozim.



    Download 4,99 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Step by Step” usulini qo‘llash ketma-ketligi

    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish