metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
16
AN’ANAVIY USULDA DARS O‘TISH TEXNOLOGIYALARI
An’anaviy usulda dars o‘tishning eng muhim jihati — darsning
to‘g‘ri tashkil etilishi va dars jarayoniga qo‘yiladigan barcha talab
lar: davomat,
uy vazifasini tekshirish, yangi mavzuni o‘tish, uni
mustahkamlash, mustaqil ishlash, baholash,
uy vazifasini berish
usullariga rioya qilinishi shart.
Ma’lumki, har qanday fanni o‘rgatish va o‘rganish ham nazariy,
ham amaliy bilimlarni talab etadi va bunda turli o‘ziga xos interfaol
usullarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Nazariy darslarga tavsiya
etiladigan usullar
Amaliy dasrlarga tavsiya
etiladigan usullar
“Keys-study”
“O‘yla, izla, top!”
“Konferensiya”
“Ekspress”
“Agar men...”
“Kim chaqqon?”
“Step by Step”
“Loyiha”
“MyART”
“Estafeta”
ONLAYN (ONLINE) USULDA DARS O‘TISH TEXNOLOGIYALARI
An’anaviy usulda o‘qituvchi asosiy va yagona bilim beruvshi shaxs
hisoblansa, onlayn usulda esa bilim olishni tashkil etuvchi hamda
kuzatuvchi shaxs sifatida keladi.
Bunda darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarni
mustaqil bilim
olishga o‘rgatishdan iborat bo‘ladi.
Onlayn usulda dars o‘tishda bir-birini tushunmaslik yoki har xil
o‘zaro kelisha olmasliklar bo‘lmasligi uchun o‘qituvchi o‘quvchiga
berayotgan barcha vazifani maxsus platformalar orqali tashkil etishi
va dastlab o‘zi sinab ko‘rgan bo‘lishi lozim.
ARALASH (BLENDED LEARNING) USULDA DARS O‘TISH
TEXNOLOGIYASI
An’anaviy darslarda onlayn platformalardan foydalanish qa chon
tashkil qilinadi?
Ikkala usulda ham o‘quvchilarda fanga, kasbga qiziqish uyg‘o
tish maqsadida motivatsiya sifatida videodarslar
internet sayt larida
jamlangan taqdimotlar, videofilmlar orqali o‘tkaziladi va albatta har
bir bobdan so‘ng topshiriqlar bajariladi. Kundalik vazifalarni kuzatish
ularni baholashda quyidagi man ba lardan foydalaniladi: