• 2.Mashgulot mazmuni: 2.1.Nazariy kismi
  • Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik




    Download 1.37 Mb.
    bet4/10
    Sana24.03.2021
    Hajmi1.37 Mb.
    #13485
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    1.Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik

    Shu mavzuni ukitish talabalarning terini anatomiyasi, gistologiyasi, patogistologiya, normal va patologik fiziologiyasi buyicha olgan bilimlariga asoslanadi.

    Dars davomida olingan bilimlar teri tanosil kasallliklarni urganishda va boshka klinik yunalishlarda kerak buladi.


    2.Mashgulot mazmuni:

      1. 2.1.Nazariy kismi

    Oddiy uchuq (pufakchali temiratki) yoki oddiy gerpes (herpes simplex), ko’p uchrovchi terining virusli kasalligi ҳisoblanadi. Kasallik ҳar ikkala jinsda, ҳar xil yoshda uchraydi. Kasallikning joylashishi, kechishi va og’irligiga qarab bir necha turi farqlanadi.Etiologiyasi. Oddiy uchuq chaqiruvchisi filtrlanuvchi virus ҳi-soblanadi. Bugun odam gerpes virusi bilan chaqiriladigan ҳasta-liklar soni ko’payib dunyoda gripp kasalligidan keyingi o’rinni egallaydi. Gerpes viruslarining turlaridan odamda OGV–1 (yuz uchu-g’i) va OGV–2 (genital gerpesi) turi ajratilgan. Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infekstiyalar guruҳiga genital gerpes qo’zg’atuvchisi OGV–2 kiritilgan.

    Patogenezi. Organizmga virus turli yo’llar bilan tushadi (ҳavo tomchi yo’li, teri va shilliq pardalar orqali) va gerpetik infekstiya klinikasini yuzaga keltirib, organizmda bir umr qolib ketadi, latent ҳolatdan aktiv ҳolatga o’tib, kasallikning qaytalashiga olib ke-ladi. Virus teri, shilliq qavatlar periferik va markaziy nerv sistemasi, jigar, qon tomirlar endoteliysini va qon ҳujayra-larini (T-lim-fostitlar, eritrostitlar, trombostitlarni) zararlaydi va (OGV-2) odam ҳujayrasining genetik tizimiga integrastiyalanib ҳujayra-lar-ning atipik trasformastiyalanishiga olib keladi (bachadon bo’yin ra-ki). Ko’p ҳollarda virus organizmda tinch ҳolatda turib klinik alomat-larsiz kechadi va bu odamlar infekstiya manbai va tar-qa-tuvchilardir. Gerpes kasalligining tez-tez qaytalab turishiga va og’ir kechishiga gumoral va ҳujayra immunitetining aҳamiyati juda katta.

    Kasallik patogenezida va uning qaytalashida quyidagi omillarning aҳamiyati katta: organizmning issiqlanishi, sovuq qotishi, yuqumli kasalliklardan keyingi ҳolat, rak va boshqa ҳolatlar, qaysiki, ҳujayra immunitetining susayishiga olib keluvchilar.

    Klinikasi. Oddiy uchuqning ko’p uchrovchi soҳasi tabiiy yoriqlar atrofi ҳisoblanadi: burun qanotlari, og’iz burchaklari, lab qizil ҳoshiyasi, jinsiy a’zolar. Dastlab bir joyda, kamroq ikki va undan ortiq soҳalarda chegaralangan giperemiya yuzasida o’lchamlari moshdek yoki mayda no’xotdek pufakchalar ҳosil bo’ladi. Ҳar bir o’choqda pufakchalar 2–3 tadan 8–10 tagacha etadi. Pufakchalar guruҳ-guruҳ joylashib, shaffof eksudat saqlaydi, suyuqlik 2–3 kunda xiralashadi. Ayrim ҳollarda pufakchalar tomi birikib, 1–1,5 sm li ko’pkamerali pufak ҳosil bo’ladi, pufak chetlari gajimdor ko’rinishga ega. Keyinchalik pufakchalar qurib sarg’ish-qo’ng’ir qaloqga aylanadi va 5–6 kundan so’ng ko’chadi. Qaloqlar o’rnida biroz qizg’ish yoki pigmentli dog’ qoladi. Ayrim ҳollarda esa pufakchalar 2–3 kundan so’ng yoriladi va to’q qizil rangli, atrofi gajimdor eroziya ҳosil bo’ladi. Pufakchalar toshishi sanchiq, achishish, ayrim ҳollarda atrof to’qi-ma-larning shishishi bilan kechadi. Bemorning umumiy aҳvoli odatda o’z-garmaydi, ayrim bemorlargina ҳolsizlik, mushaklar og’rishi, et uyushi-shidan shikoyat qiladilar. Tana ҳarorati 38–39° S gacha ko’ta-ri-lishi mumkin.

    Differenstial tashxisi:

    1. Siphilis primaria.

    2. Herpes zoster.

    3. Impetigo contagiosa.

    4. Ulcus vulvae acutum.

    Pufakchalar yorilib, eroziya ҳosil bo’lganda birlamchi zaxm tosh-malariga o’xshab ketadi. Ammo shankrning oval shaklli, atrofi qizar-magani, qattiq-elastik infiltrat borligi, yuzasidan oqish trepone-malar topilishi, shu bilan birgalikda achishmasligi, uni qiynal-masdan oddiy uchuqdan ajratishga imkon beradi.

    Laborator tekshiruv usullari: polimeraz zanjir reakstiyasi (PZR).
    QAMRAB OLUVChI TEMIRATKI (HERPES ZOSTER)
    Qamrab oluvchi temiratkini filtrlanuvchi virus chaqiradi. Ҳar ikkala jinsda ҳam uchrab, ҳar xil yoshlarda kuzatiladi, ammo 10 yoshgacha bo’lgan bolalarda uchramaydi.

    Kasallik o’tkir kechib, qattiq nevralgik og’riqlar bilan kuzatiladi va tana ҳarorati ҳam ko’tariladi.

    Klinikasi. Asosan periferik nerv tolalari bir tomonlama jaroҳatlanadi, ko’pincha qovurg’alararo nerv jaroҳatlanib, nerv tolalari yo’nalishi bo’yicha toshma toshib, og’riq bezovta qiladi.Uchlamchi nervning birinchi va uchinchi shoxi jaroҳatlansa og’iz shilliq pardasida toshmalar toshishi kuzatiladi. Toshmalar xuruj-xuruj qilganday toshadi, ular paydo bo’lgach, ҳarorat ko’tariladi. Gi-pe-remiyalangan teri yuzasida guruҳ-guruҳ pufakchalar paydo bo’lib, ular dastlab seroz suyuqlik saqlaydi, asta-sekin suyuqlik loyqa-lanadi, qurib seroz qaloq ҳosil qiladi. Dastlabki guruҳ toshmalaridan so’ng navbatdagi guruҳ toshmalar paydo bo’lib, nerv tolasi yo’nalishini qoplaydi. Toshmalar bir vaqtda toshmaydi, shu sabab bir bemorda ҳar xil toshma: eritema, pufakcha, seroz qaloqlar, eroziyalar kuzatiladi, eroziyalar cheti mayda gajimdor. Qaloqlar ko’chib, eroziya bitgach, o’rnida ikkilamchi dog’ ҳosil bo’ladi.

    Kam quvvatli, og’ir xastalikka chalingan bemorlarda kasallikning gangrenoz turi.

    Patogenezi. Kasallikni filtrlanuvchi virus chaqiradi, u der-matoneyrotrop xususiyatga ega. Virus, bolalarda suvchechak chaqiruvchi virus bilan bir xildir. Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar: sovuq olishi, surunkali intoksikastiyalar, qon kasalliklari, o’sma kasalliklari.

    Davosi. Birinchi navbatda analgetiklar (analgin, baralgin) tayin etiladi. Astetilsalistil kislotasi yoki amidopirin 0,5 g. dan kuniga 3–4 marta, antibiotiklar, xususan, rifampistin 0,6 g. 1 sutkada (0,3 g. dan 2 maҳal). Vitaminlardan V12 – 500 m/o ҳar kuni. Maҳalliy anilin bo’yoqlarining spirtdagi eritmalari, virusga qarshi ta’sirga ega vositalar, saqlovchi mazlar (aklovir 5%, tebrofen 2%, oksalin 3%) tayin etiladi. Maҳalliy qo’shimcha quruq issiq ta’siri, UBN, ultratovush, diadinamik tok nerv yo’nalishi bo’ylab tayin etiladi.

    YuQUMLI MOLLYuSK

    Yuqumli mollyusk degenerativ va stitoliz ҳolatlari bilan kechadigan virus kasallik.

    Etiologisi va patogenzi. Kasallik qo’zg’atuvchisi (Molluscovirus hominis) filtrlanuvchi, DNKli virus bo’lib, aksariyat bog’cha, kichik maktab yoshdagi bolalarda (1–7 yosh) kasallik chaqiradi. Ularga kasallik to’g’ridan-to’g’ri virus tashuvchidan yoki umumiy sochiq, vanna, idish-tovoq.orkali yukadi.

    Klinikasi. Kasallikning inkubastion davri 2–3 ҳaftadan bir necha oygacha davom etadi. Shundan so’ng sog’lom teri yuzasida mayda (1–2 mm), asta-sekin kattalashadigan,chegaralari aniq, yaltiroq, oqish marvarid rangli, markazida kindiksimon botiqchali, zich-elastik konsistenstiyaga ega tugunchalar paydo bo’ladi. Ular yuz, ko’z atrofi, bo’yin, ko’krak, qo’l panjasi, qorin soҳasi, jinsiy a’zolar terisida uchraydi. Kasallik toshmalari sub’ektiv ҳissiyotlarsiz kechadi. Tugunchalarni yon tomonlaridan siqib ko’rilganda, markazidagi botiq-cha-dan bo’tqasimon massa chiqadi. Bu massa mug’uzlangan eniteliy ҳujay-ralaridan iborat bo’lib, mollyusk tanachalari deb ataladi. Tugun-cha-lar son va ҳajmi jiҳatidan ҳar xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ayrim ҳollarda tugunchalar ingichka asosda, oyoqchada joylashadi. Yuqum-li mollyuskning quyidagi klinik turlari farqlanadi: ko’p sonli mayda toshmali, ingichka asosli (oyoqchali) va gigant toshmali.

    . Jinsiy aloqa orqali kasallik yuqtirilgan ҳollarda zaxm va OIVga qon tekshiruvlarini o’tkazish o’rinlidir.

    Davosi. Tugunchalar pinstet bilan siqib tashlanadi yoki o’tkir uchli Folkman qoshiqchasi bilan qirib olinadi, ba’zan diatermokoagulyastiya, kriodestrukstiya usullari qo’llaniladi. O’rni – 2–5% li yodning spirt-

    li eritmasi bilan artiladi va yuzasiga virusga qarshi (bonafton, oksalin, gossipol, tebrofen, interferon) malҳamlar surtiladi.

    Ikkilamchi infekstiya bilan asoratlangan ҳollarda antibiotikli malҳamlar (tetrastiklin, sintomistin, eritromistin va boshqalar) ishlatiladi.

    SO’GALLAR

    So’gallarni papillomatoz virus chaqiradi. So’gallarning to’rt turi bor: oddiy, yassi, o’tkir uchli (o’tkir uchli kandilomalar) tovon so’gali. So’gal ҳamma yoshdagi kishilarda uchraydi, oddiy va yassi so’gal ko’proq bolalar va yoshlarda uchraydi. Kasallik yuqumli.

    Oddiy so’gal, asosan, qo’llarda, yuzda, lab qizil ҳoshiyasida, lab burchagiga yaqin soҳada, juda kam ҳollarda og’iz shilliq pardasida uchraydi. Oddiy so’gal diametri 1 sm gacha boruvchi tugunchadan tashkil topadi. Tuguncha teri satҳidan ancha ko’tarilib turadi, rangi qo’ng’ir yoki teri rangida, zich konsistenstiyada. Uzoq saqlanuvchi yirik so’gal yuzasida so’rg’ichsimon o’simtasi bo’lib, yuzasi mug’uzlanib turadi.

    Yassi so’gal ko’proq bolalar va yoshlarda kuzatiladi. O’lchamlari 3 mm gacha bo’lgan, yassi teri satҳidan biroz ko’tarilib turuvchi, ko’pincha poligonal shaklidagi tugunchalardan iborat. Rangi teri rangida yoki pushti, qo’ng’ir tusda bo’ladi. Bu xil so’gallar ko’p uchrovchi soҳa: qo’l panjasi yuzalari va yuz terisi. Yuzda ko’plab toshsa, lab qizil ҳoshiyasida ҳam kuzatiladi. Ayrim bolalar biroz qichishi-shi-dan shikoyat etadilar.

    Davolash. Yuqoridagi tur so’gallarda virusga qarshi 3% li oksalin, 5% li tebrofen, 0,5 % bonafton mazlari ishlatiladi. Suggestiv terapiya ҳam ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Krioterapiya va elektrokoagulyastiya yaxshi samara beradi.

    O’TKIR UChLI KANDILOMALAR

    Yumshoq konsistenstiyali, bo’lak-bo’laklardan tashkil topgan va ko’rinishi "gulkaram", "xo’roz toji"ni eslatuvchi, ingichka "oyoqcha"da turuvchi ҳosiladir. Rangi pushti yoki sog’ teri rangida, ta’sirlanish natijasida kattalashadi. O’tkir uchli kandilomalar, asosan, jinsiy a’zo, anal soҳa, olat toji, yopqichi soҳasi, qinga kirish soҳasida, bolalarda esa burun, yonoq, burun-lab burmalari soҳasida uchraydi. Davosi: jarroҳlik usulida olib tashlanadi.

    PO’RSILDOQ YaRA (Pemphigus)


    Po’rsildoq yara – akantoliz (akantolizis) tufayli o’tkir yallig’la-nishsiz teri va shilliq pardalarda rivojlangan pufak ҳosil bo’li-shi bilan kechadigan kasallik ҳisoblanadi. Po’rsildoq yara ҳar ikkala jinsda uchrab, 40 yoshdan kattalarda ko’proq uchraydi, bolalarda kam kuzatiladi.

    Po’rsildoq yaraning 4 xili tafovut etiladi: oddiy (P. vulgaris), barg-simon (R.foliaceus), tarqaluvchi (P. vegetans) va seboreyali (P.seborrhoi-cus). Oddiy turi boshqa turlariga nisbatan ko’proq uchraydi. Og’iz shil-liq pardasi jaroҳatlanishi bargsimon turidan boshqa ҳamma turlarida kuzatiladi.

    Oddiy po’rsildoq yara deyarli doimo og’iz shilliq pardasi jaro-ҳatlanishi bilan boshlanadi yoki teri jaroҳatlanishi bilan boshlan-sada, albatta keyinchalik og’iz shilliq pardasi ҳam jaroҳatga uch-ray-di. Shu sababli kasallik avjiga chiqqan davrda doimo og’iz shilliq pardasi jaroҳatlanganligini kuzatamiz.

    Klinikasi. Oddiy po’rsildoq yaraning klinik ko’rinishi tipik, monomorf pufaklar toshishi bilan xarakterlanadi. Ko’rinishidan sog’ bo’lgan teri satҳida o’lchamlari 0,5–1,0 santimetrdan 5 sm, ҳatto undan katta o’lchamli, yupqa tomli pufak paydo bo’ladi. Pufak suyuqligi shaffof bo’lib, qisqa muddatda loyqalanadi. Pufak tomi oson yorilib, yuza, to’q qizil rangli chaqalar ҳosil qiladi. Bu chaqalar uzoq bitmaydi. Chaqa chetlarida epidermis bo’lakchalari saqlanadi. Epidermis bo’lakchalarini pinstet yordamida tortsak ko’rinishidan sog’ ko’ringan teri satҳidan epidermis oson ko’chishi kuzatiladi va ayrim shaftoli mevasi terisining engilgina tozalanishini eslatadi. Bu ҳolat akantolizis ҳodisasi tufayli kuzatilib, Nikolskiy simptomi deb nomlangan.

    Og’iz shilliq pardasida ҳosil bo’lgan pufaklar juda yupqa tomli bo’lib, tikanaksimon qavatning yuqori soҳalaridan akantoliz tufayli vujudga keladi. Ovqat luqmalari, til ҳarakati ta’sirida tezda yorilib, yuza, dumaloq-suyri shaklli to’q qizil chaqalar ҳosil qiladi. Aksariyat og’iz shilliq pardasida pufakni kuzatish qiyin. Ҳosil bo’lgan chaqalar ko’rinishidan sog’ shilliq pardalar yuzasida kuzatiladi. Eroziya atroflarida epiteliy ko’chkilari, bo’lakchalari kuzatiladi, ularni chetlaridan tortilsa Nikolskiy alomati oson chaqiri-ladi. Ayrim ҳollarda eroziya yuzalarini parda qoplagandek bo’lib, uni shtapel yordamida oson ko’chirish mumkin va u parda emas, pufak tomi, ya’ni epiteliy ko’chkisi ҳisoblanadi. Agar o’z vaqtida tashxis qo’yilmay, davo boshlanmasa, yakka-yakka siyrak toshmalar ortidan ko’plab toshmalar lunj, milk, tanglay soҳalarida paydo bo’ladi, yangi eroziyalar kuzatiladi, eroziyalar qo’shilib yirik-yirik o’choqlar ҳo-sil qiladi. Ularning bitishi sust bo’lib, uzoq davom etadi. Ovqatlanish, gaplashish og’riq tufayli og’irlashadi, gipersalivastiya tufayli lab burchaklari bichiladi, og’riydi. Bunday bemorlar og’iz bo’shlig’i-dan qo’lansa is anqiydi. Pufak va chaqalar og’iz shilliq pardasidan tashqari lab qizil ҳoshiyasi, og’iz burchaklari, iyak, daҳanda ҳam paydo bo’ladi. Toshmalar ko’pincha qo’shilib lab qizil ҳoshiyasi va teri yuzasidagi chegara yo’qoladi. Jaroҳat yuzasi qonli, yiringli qaloqlar bilan qoplanib, joylarda namlik, joylarda quriq yoriqlar vujudga keladi. Ayrim ҳollarda ovoz bo’g’ilishi kuzatiladi, bu ҳol yutqun jaroҳatlanganidan darak beradi.

    Oddiy po’rsildoq yara ko’pincha yutqunning jaroҳatlanishi bilan boshlanib, uzoq vaqt bilinmaydi.

    Seboreyali po’rsildoq yaraning og’iz shilliq pardasidagi klinik kechishi oddiy po’rsildoq yaradan farq qilmaydi. U terida yog’li qaloqlar bo’lishi ҳolida kechib, asosan, boshning soch qismi, burun qanotlari burmasi, lab burchaklari, quloq suprasi burmalari, ko’krak qafasi soҳasida kuzatiladi. Yuzda xususan, yonoq, burun devorlari, qanotlari soҳasida, peshonada eritematoz o’choqlari ҳolida kechgani sababli "qizil yugirik" ko’rinishini eslatadi va shu sabab eritematoz tur deb ҳam ataladi.

    Tashxis. Tashxis uchun asosiy belgi – Nikolskiy simptomi ҳisoblanib, u oson chaqiriladi. Agar chegaralangan jaroҳat ҳolida og’iz shilliq pardasi shikastlansa va Nikolskiy simptomi musbat bo’lsa, po’rsildoq yara tashxisi yakuniy deb bo’lmaydi, sababi bu simptom allergik medikamentoz stomatitlarda ҳam uchraydi. Shu sabab tashxis qo’yish stitologik tekshiruv, ya’ni bosma surtmadan akantolik ҳujayra topilishiga asoslanadi.

    Akantolik ҳujayrani aniqlash uchun o’choqdan, ya’ni pufak tubi chaqadan, bir bo’lak kanstelyariya rezinkasi yordamida surtma olinib, buyum oynachasiga surtiladi. Ashyo quritilib, spirt yordamida fiksastiya qilinadi, so’ngra Romanovskiy-Gimza usulida bo’yaladi. Akantolitik ҳujayra o’zgargan tikansimon ҳujayra bo’lib, u dumaloq shaklli va yirik siyoҳrang yadroga ega. Ҳujayra stitoplazmasi bir xil rangga ega emas: yadro atrofi och zangori rangda, chekkalari esa to’q ko’kish tusga ega. Akantolitik ҳujayralar to’p-to’p bo’lib joylashadi. Ҳujayralar soni kasallik avj olgan va qaytalangan paytda ko’payadi.

    Po’rsildoq yara og’iz shilliq qavatida uchrasa, birlamchi toshmasi pufakli kasalliklar bilan qiyoslanadi. Po’rsildoq yarani pufakli dermatozlar bilan qiyoslaganda pufaklarni epiteliyga nisbatan joylashishini inobatga olish zarur. Pemfigoidda pufaklar subepitelial joylashadi, shu sababli ular qalin tomga ega va uzoq vaqt yorilmay saqlanadi, ularni kuzatish mumkin. Pemfigoidda ҳosil bo’lgan eroziyalar biroz yallig’langan, qizargan asosga ega va ko’pincha ularning yuzasi fibrinoz parda bilan qoplangan bo’ladi. Po’rsildoq yara tashxisida xal qiluvchi aҳamiyatga ega belgilar: bosma-surtmadan akantolitik ҳujayra musbatligiga, IFR javobi, tikanaksimon qavat ҳujayralararo substanstiyalarida yig’ilishini kuzatishdir.

    Oddiy po’rsildoq yaradan ko’z po’rsildoq yaraning farqi shuki, kon’yuktivada chandiq kuzatiladi. Ayrim, kam ҳollarda oddiy po’r-sil-doq yara ҳam ko’z kon’yuktivasini jaroҳatlashi mumkin, ammo ҳech qachon chandiq ҳosil qilmaydi va izsiz yo’qoladi.
    Ko’p xilli eksudativ eritema o’tkir boshlanib, mavsumiylikka ega va nisbatan qisqa vaqt davom etadi (4–5 ҳafta) ҳamda rivojlangan yallig’lanish bilan xarakterlanadi, ayniqsa og’iz shilliq pardalari, lab soҳasidagi toshmalar. Bosma-surtmadan akantolitik ҳujay-ra bo’lmasligi, Nikolskiy simptomlari kuzatilmasligi bilan farq qiladi.

    Klimatik gingivit va pufak tomirlari sindromi oddiy po’rsil-doq yaradan shu bilan farq qiladiki, bu kasalliklarda og’iz shilliq pardalarida doimo pufakni ko’rish mumkin. Nikolskiy simptomi (–), akantoliz kuzatilmaydi.

    Prognoz. Kortikosteroid preparatlarni qo’llangunicha bo’lgan davrlarda prognoz yomon ҳisoblangan. Kortikosteroid preparatlari faqatgina jarayonni to’xtatadi, shu sabab ularni to’xtovsiz, uzoq muddat qabul etishga to’g’ri keladi, bu esa o’z navbatida turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin.

    Davolash. Po’rsildoq yarani davolashda kortikosteroidlar va stitostatik preparatlar tayinlanadi. Kortikosteroidlardan prednizolon, deksametazon, triamstinolon qo’llaniladi. Prednizolon katta zarba beruvchi miqdorda tayinlanib, bemor ҳolati inobatga olinadi. 50–80 mg sutkaga (deksametazon 8–10 mg sutkaga, triamstinolon 40–80 mg).

    Yuqori miqdordagi dorini toshmalar toshishi tugab, chaqalar epitelizastiyaga uchrashigacha bir miqdorda qabul qilinadi, so’ng gormonlar miqdori kamaytirila boshlanadi. Prednizolon sutkalik miqdorini ҳar 5 kunda 5 mg dan kamaytirilib, minimal miqdor ta’minlovchi miqdor deb ataladi. Ko’pincha bu miqdor 10–15 mg prednizolonga teng. Shunday tarzda davolash natijasida uzoq vaqtdan so’ng dorini man etish, taxminan 20% bemorlarga nasib etadi. Katta miqdorda prednizolon tayin etilsa, kuniga 2–3 g. kaliy xlorid yoki boshqa xil kaliy preparati (kaliy astetat, orotat kaliy, "asparkam"), askorbin kislotasi yuqori miqdori va turli vitaminlar tayin etiladi, vaqti-vaqti bilan anabolik steroidlar (nerabolil, retabolil, fenobolil) tayinlanadi. Suv-tuz almashinuvini regulyastiya qilish maqsadida diuretik vositalar: gipotiazid, furosemid tayin etiladi. Piodermiya vujudga kelishining oldini olish maqsadida antibiotiklar tayin etilishi kerak.

    Po’rsildoq yara shunday kasallikki, kortikosteroidlar qo’lla-ni-shiga monelik yo’q, sababi shu preparatlargina bemorlarni o’limdan saqlab qoladi.

    Maҳalliy davolash. Og’iz shilliq pardasini turli xil dezinfekstiyalovchi va dezodorastiyalovchi vositalar bilan chayqash, eroziyalar-ni anilin bo’yoqlari bilan ishlov berish zarur. Eroziya o’choqlari-ni mumkin qadar tez epitelizastiyalanishi uchun og’iz bo’shlig’ini sana-stiya qilish ҳamda rastional protezlar zarur. Lab qizil ҳoshiyasi jaro-ҳatlansa antibiotik va kortikosteroid saqlovchi mazlar va 5% dermatol mazi surtish zarur. Po’rsildoq yara bilan og’ruvchi bemorlar dispanser ҳisobida turadilar va ambulator davolanib, bepul dori oladilar.

    Pemfigoid faqat ko’rinishi pemfigusga (pufaklar borligi bilan) o’xshash kasalliklar guruҳi pemfigoidlar deb ataladi va bu guruҳ quyidagi kasalliklarni o’z ichiga oladi:

    1. Leverning bullyoz pemfigoidi, parampemfigus yoki xususiy noakantolitik po’rsildoq yara.

    2. Chandiqlanuvchi pemfigoid.

    3. Faqat og’iz shilliq pardasi noakantolitik xushfe’l po’rsil-doq yarasi. Bu guruҳ kasalliklarning asosiy belgisi ularning xushfe’l kechishi, pufakchalarning subepitelial (subepidermal) joyla-shishi, akantoliz va Nikolskiy alomati yo’qligidir.
    DYuRINGNING GERPETIFORM DERMATOZI

    (DERMATOZIS HERPETIFORMIS)


    Gerpetiform dermatoz (dermatit Duhring) yoki Dyuring kasalligi doimo terida qichimali, guruҳ-guruҳ joylashgan polimorf toshmalar toshishi bilan boshlanadi, og’iz shilliq pardasi jaroҳatlanishi 10% bemorlardagina kuzatiladi.

    Klinik ko’rinishi. Gerpessimon dermatozda qanday toshmalar (pufak, pufakcha, dog’, tuguncha, bo’rtma, yiringcha) ҳolida toshishidan qat’iy nazar, toshmalar guruҳ-guruҳ bo’lib toshadi, kasallik avjlanishi galogen preparatlar qabul qilinishi, ayniqsa yod preparatlari qabul qilingach kuzatiladi.

    Toshmalar, asosan, qalin va tarang tomli subepitelial, o’lcham-la-ri no’xot kattaligidek pufakchalar ҳolida tosha boshlaydi. Pufak-cha-lar shaffof suyuqlik saqlab, suyuqlik tarkibida 15–40% zozino-fillar aniqlanadi, pufakchalar atrofi shilliq pardasi biroz shi-shib, giperemiyali bo’ladi. Pufakcha yorilgach, eroziyalar nisbatan tez bitadi. Ni-kolskiy simptomi manfiy, bosma-surtmada akantolitik ҳujayra yo’q, aksincha zozinofillar aniqlanadi. Qonda zozinofiliya, kam ri-voj-langan leykostitoz kuzatiladi. Kasallik davriy (stiklik) kechishi bilan xarakterlanadi. Kasallikka Yaddosoning yodli sinamasi xos, ya’ni 50% kaliy yod mazi sog’ teriga surtilsa, 24–28 soatdan keyin shu soҳada guruҳ-guruҳ toshmalar paydo bo’ladi.

    Prognozi – yaxshi.

    Davolash. Sulfon preparatlari bilan davolanadi: DDS 0,05–0,1 g dan 1 kunda 2 maҳal tayin etilib, qon taҳlil nazoratda 5 kunlik davriy ravishda, 3 kunlik tanaffus bilan beriladi.

    Kasallik profilaktikasi bug’doy va javdar maҳsulotli ovqatlar-dan parҳez qilinishi kerak.




    Download 1.37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik

    Download 1.37 Mb.