• Flesh-disklar
  • Ochiq arxitektura printsipi Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari




    Download 0,73 Mb.
    bet16/24
    Sana11.12.2023
    Hajmi0,73 Mb.
    #115968
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
    Bog'liq
    avtomatika vositasining rivojlanish tendensiyalari

    Olinadigan disk paketli (Bernuli yig`uvchisi) QMDY ham ishlatiladi, ularda diametri 13 mm li disklardan iborat paketlar qo`llaniladi, bu paketlar 20dan 230 Mbaytgacha sig`imga va kichikroq tezkorlikka ega, lekin vinchesterga qaraganda qimmatroqdir.
    Bu yig`uvchilarda magnit kallagi va tashuvchi - magnit disk orasidagi tor tirqishni minimallash va rostlash uchun Bernulli qonuni ishlatiladi: jism sirti bo`ylab harakatlanayotgan suyuqlik yoki gaz oqimi yaratayotgan bosim shu oqimning tezligiga bog`liq bo`ladi va bu tezlik oshishi bilan kamayadi.
    Magnitli kallaklar elastik disklar ustida joylashgan: disklar qo`zg`almas bo`lganda, ular o`zining og`irligi ta`siri ostida osilib turadi va kallaklardan chetroqda bo`ladi, disklar tez aylanganda hosil bo`ladigan havoning siyraklashishi ta`siri ostida ular deyarli yopishib turadi, lekin unga tegmaydi. Bu kallak magnit oqimining eng kam tarqalishini ta`minlaydi va diskda ma`lumotlarning yozilish zichligini oshirish imkonini beradi.
    Bernulli yig`uvchilarinig asosiy afzalligi - PK dan tashqarida disklar paketlarini yig`ish va saqlash imkoniyatidir.
    QMD tafsiflarini yaxshilashning asosiy yo`nalishlari:

    • yozish zichligini oshirish va oqibatda disk sig`imini va transferni (diskning aylanish tezligini oshirmasdan) oshirish imkonini beradigan yanada mukammal magnit kallaklarni ishlatish;

    • zonali yozishlarni qo`llash, bunda diskning tashqi yo`laklarida ichkisiga nisbatan ko`proq qiymatlar joylashadi;

    • diskni samarali keshlash.

    PK da yuqori yozish zichlikligiga ega disklar ham ishlatiladi, unda magnit kallakli sirtida yanada aniqroq pozitsiyalash uchun lazer nurlari ishlatiladi. Tashqi ko`rinishi bo`yicha bu disklar 3,5 dyuymli (kamroq 5,25 dyuymli) disklarni eslatadi, lekin yanada mustahkamroq tuzilishga ega.
    Bunday disklarni asoslangan yig`uvchilar(nositellar) to`g`risida quyidagilarni aytib o`tish kerak:

        1. Floppik disklardagi yig`uvchilar - oddiy ma`lumotlarni magnit yozishni bajaradi, lekin disk sirtida yo`laklarning joylashish zichligi sezilarli darajada yuqori bo`ladi. Bunday zichlik disklarda lazer nuri bilan maxsus qilingan yo`llarning borligi hisobiga erishilib, ular o`qish-yozishda lazer nurlantiradi va mos ravishda lazer bilan mustahkam ulangan magnit kallakni pozitsiyalash uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Floppik disklarning sig`imi 20,8 dan 120 Mbaytgachani tashkil etadi.

        2. O`rta yuqori yozish zichligidagi yig`uvchilar (VHD - Very High Densiti) lazerli pozitsiyalashdan tashqari yozish - o`qishning boshqacha texnologiyasini ta`minlovchi maxsus diskovodlarni ishlatadi: oddiy «uzunasiga» yozishning o`rniga «perpendikulyar» yozish usuli qo`llaniladi. Hozir 120 - 240 Mbayt sig`imli VHD disklar chiqarilmoqda; Hewlet Packard firmasi 1000 Mbayt sig`imli diskning yaratilganligi to`g`risida e`lon qildi, IBM firmasi esa 8700 Mbayt va 10800 Mbayt sig`imli disklarni e`lon qildi.

    Flesh-disklar. Bu, zamonaviy energiyadan mustaqil ma`lumotlar saqlash qurilmasi hisoblanadi. Qurilma minimal hajmni egallaydi. USB raz`yomlariga komp`yuterni o`chirmasdan ulash imkoniyatiga ega, uni bu xolda qattiq disk deb qabul qilinadi. Unga drayver o`rnatish talab qilinmaydi. Flesh-disklar hajmi 32 mbaytdan 1 Gbaytgachani tashkil etadi, biroq narxi qimmatligi sababli u keng tarqalmagan(12-rasm).
    12-rasm. Flesh-disklar.

    Download 0,73 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




    Download 0,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ochiq arxitektura printsipi Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari

    Download 0,73 Mb.