Informatsiyani tasvirlash qurilmasi. Personal komp’yuterning videosistemasi




Download 0,73 Mb.
bet17/24
Sana11.12.2023
Hajmi0,73 Mb.
#115968
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
avtomatika vositasining rivojlanish tendensiyalari

Informatsiyani tasvirlash qurilmasi. Personal komp’yuterning videosistemasi
Elektron nurli trubka (ENT). Xarakterli parametrlari.
«Odam – mashina» sistemasida operativ tarzda o`zaro bog`langan informatsiyani tasvirlash uchun, informatsiyalarni tasvirlovchi turli vositalar majmuasi qo`llaniladi. Bu vositalar har turli berilganlarni operator tamonidan qulay qabul qilinuvchi ko`rinishda taqdim etadi hamda sonli, tekstli va grafik ko`rinishni ta`minlaydi.
Informatsiyani tasvirlash tezligi, uni inson tamonidan qabul qilish tezligi bilan mos kelmog`i lozim. Xususan, insonning EHM bilan muloqotda eng ko`p qo`llaniladigani va samarali vositasi - displey hisoblanadi. Displey informatsiyani ENT da tasvirlash vositasi. ENT quyidagi parametrlar bilan xarakterlanadi: ekran o`lchami, imkoniyat chegarasi, informatsiya joylashgan hajmi, ekranda nurni ikki nuqta o`rtasida ko`chib yurishining eng ko`p vaqti va hokazolardir.
Displey turiga qarab ekranga alvafit - raqamli matn yoki grafik informatsiya chiqarishi mumkin.
Operator klaviatura, sichqoncha va nurli pero (fotoselektor) yordamida EHMga zarur axborotni kiritishi mumkin, shuningdek, EHM xotirasidan istalgan axborotni chiqarib olishi, kerak vaqtda uni tahrir qilishi va yana mashinaga kiritishi mumkin.
Ekranga, uning o`lchami va belgisini generatsiya qilish metodlariga bog`liq ravishda, odatda 128dan 4000 gacha belgi chiqariladi.
Hozirgi vaqtda displey ekranlarda tasvir hosil qilishda funktsional usul, lekin ko`proq rastr usulini qo`llash ma`qul ko`riladi. Belgiga mo`ljallangan belgi joy (pozitsiya) chegarasida tasvirlanadi. Belgi joyi o`zining ko`rinmas to`riga ega bo`lib, uzel va liniya bo`ylab belgi shakli hosil qiladi.
Barcha belgilarga mo`ljallangan nur modulyatsiyasi mikroprogrammalari doimiy xotira qurilmasida(DXQ) saqlanadi. Tekstni ifodalash jarayonida DXQ faqat belgiga tegishli modulyatsiya signallari va rastr to`rida nurning holatini chiqaradi. Ko`pchilik displeylarda rastr usulidan foydalaniladi. SHunday alvafit – raqamli displeylar uchun xos bo`lgan parametrlari quyidagicha: qatorlarning soni 25ta bo`lib, har bir qatorda 80ta gacha belgi joyi mavjud, ekran o`lchami diagonal bo`yicha 30,5, 33, 35,6 mm, va undan katta hajmda bo`ladi. Displey 96 yoki 108 belgidan iborat alvafit – raqamli va funktsional klaviatura bilan ta`minlanadi.



Download 0,73 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatsiyani tasvirlash qurilmasi. Personal komp’yuterning videosistemasi

Download 0,73 Mb.