Juft sifatlar: yaxshi-yomon, maza-bemaza, yakka-yu yagona.
Takroriy sifatlar: mayda-mayda, oppoq-oppoq, shirin-shirin, yo‘l-yo‘l.
Yodda saqlang:
Qo‘shma sifat qismlari qo‘shib, juft va takroriy sifat qismlari esa chiziqcha bilan
yoziladi.
Mavzuni mustahkamlash
4-topshiriq.
Yo‘riqnoma matnida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardan “qanday?”
so‘rog‘iga javob bo‘luvchi so‘zlarni aniqlang. Ularni
sodda tub va sodda yasama
sifatlarga ajratib yozing.
Namuna:
Quruq, muhim, to‘g‘ri, sifatli, faol, aqliy, og‘ir, nojo‘ya, allergik, shilliq, katta
Sodda tub
Sodda yasama
Muhim, to‘g‘ri, faol, …
Quruq, sifatli, aqliy, …
5-topshiriq.
Quyida berilgan sifatlarni tuzilishiga ko‘ra to‘rt turga ajrating. Ular
ishtirokida nutqiy mavzuga doir gaplar tuzib, yozing.
Sersuv, xushtaʼm, achchiq-achchiq, taʼmsiz, shifobaxsh, katta-katta, katta-kichik,
kamquvvat, barra-barra, turli-tuman, ichakuzdi, qoramtir.
Namuna: