|
Ma’naviyat va axloq, ularning o‘zaro bog’liqligi
|
bet | 56/147 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 11,8 Mb. | | #732 |
Ma’naviyat va axloq, ularning o‘zaro bog’liqligi
Axloq alohida insonning o‘zgalarga munosabati sifatida siyosat sohasiga aloqadordir. Agar siyosatni keng ma’noda, har bir insonning o‘zga insonlarga munosabati deb oladigan bo‘lsak, bu soha shartli ravishda ikki qatlamdan iborat: huquq qatlami va axloq qatlami. Huquq qatlami qonunga tayanadi, axloq qatlami esa ma’naviy qadriyatlar asosida quriladi. Aksariyat holatlarda insonlar aro muomalalar axloqiy meyorlar asosida olib boriladi. Qachonki, kimdir yoki kimlardir axloqiy meyorlarni ochiqdan-ochiq va qo‘pol ravishda buzsa, mensimasa, shundagina qonunlar ishga tushadi, axloqni jamoa qabul qilgan meyorlarni tan olmagan inson yoki insonlarni qonuniy asosda ko‘pchilik qabul qilgan qoidalarga bo‘ysunishga kuch ishlatib majbur qiladi.
|
| |