6-Ilova
7-ilova
Insert jadvali
6-mavzu: Oilada farzand tarbiyasi va axloqiy qadriyatlar
Reja:
-
Oilada farzand tarbiyasi.
-
Ota-onani hurmat qilish, oila obro‘sini baland tutish, milliy ma’naviy qadriyatlarimizdan biri sifatida.
-
Ma’naviyat va axloq, ularning o‘zaro bog’liqligi.
1-masalaning bayoni. O‘tmishda ajdodlarimiz qanday fazilatlarga ega bo‘lgan farzandni orzu qilishganini anglash uchun xalqimiz uzoq tarix davomida yaratgan afsona, ertaklar, dostonlarga murojaat qilish kerak. O‘zbek xalq og’zaki ijodiyoti namunalarida tarannum qilingan vatanga muhabbat, erkparvarlik, g’ururlilik, sadoqatli (jon do‘sti) do‘st bo‘la olish, o‘z burchini, o‘z so‘zini oqlash, mardlik, jasoratga qodirlik eng zarur fazilatlar bo‘lgan. O‘zbek olimi, professor Y.Jumaboevning qayd qilishicha, ajdodlarimiz « ... o‘z burchini ado etish, dushman ustidan galaba qilish yo‘lida qahramonlarcha o‘z jonlaridan kechishga, har qanday mashaqqatlarga bardosh berishga, sevgi, muhabbatdan kechishga, o‘z qabiladoshlarining or-nomusi uchun to oxirigacha kurashishga shay» turganlar. Oilada bu narsa bolaga singdirilgan.
Ajdodlarimizda milliy vatanparvarlik fazilatining qanday namoyon bo‘lganligini sak qabilasiga mansub cho‘pon Shiroqning eramizdan avvalgi 519 yilda ko‘rsatgan mashhur jasoratidan bilish mumkin. Grek tarixchisi Gerodot shoh Doroning O‘rta Osiyoga qilgan hujumi haqida hikoya qilaturib, Shiroqning mingboshi Ranosbatga qarata aytgan quyidagi so‘zlarini keltiradi: «Men g’alaba qildim, chunki saklarni, mening yurtdoshlarimni sizlarning hammangizdan sakdash uchun men siz forslarni ochlik va chanqoqlik azobiga mubtalo etib, holdan toydirishga muvaffaq bo‘ldim»1.
Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari orasida tarixiy umumiylik mavjud. Demak, mazkur umumiylik ushbu xalqlar orasida tarbiyada ham umumiy lik mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu haqda islomgacha davr madaniyati tarixi, qadimiy yozma obidalar: Avesto, O‘rxun-Enasoy yozma obidalari, moniylik, mazdakiylik kabi oqimlar ta’limotlarini o‘rgangan olimlarning ilmiy xulosalari mavjud. Avestoning eng eski qismlaridan biri «Yasna»da chorvadorning adolatli, oqil va hurmatga sazovor bo‘lishi maqsadiga etkazishini e’tiqod darajasiga ko‘tarishgan. Lekin qo‘lida qurol bilan, zo‘rlik ishlatib, yaylovlarni er bilan yakson qilib, merosga qolgan mol-mulkini talon-toroj qiluvchi ko‘chmanchilarni manfur dushman hisoblaganlar. Natijada, qadimgi ajdolarimiz nazdidayoq adolatsizlik natijasida «biz», «ular» (bosqinchilar) antitezasi paydo bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodlarda vatapparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishni qabilaviy tarbiya vazifalariga aylantirgan.
Ajdodlarimiz oilada farzand tarbiyasining negizi sifatida axloqiy uchlik: o‘y-niyat - so‘z - ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyiichalik lug’atimizga kirib kelgan «vijdon» so‘zi bilan ham ifodalash mumkii. «Men Yaxshi niyat, Yaxshi so‘z va Yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman»2 — deb yozilgan «Yasna»da. «Yaxshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtoj va xavf-xatar ostida qolganda ko‘maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o‘z maslakdosh birodarlari bilan do‘stlik va hamkorlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o‘z fikri-xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi darg’azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi»1, — deb hisoblangan.
Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo‘shilishga, el bilan birga bo‘lishga, elning tashvishi bilan yashashga tayyor turuvchi xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Zamonlar o‘tib, odamlar orasidagi munosabatlarning boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy tarbiyaga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajdodlarimiz o‘zlaridagi xislatlarning nafaqat Xudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini tobora chuqurroq ilg’ay bordilar. Jumladan, Yaxshi so‘zlar - ahdga vafodorlik, berilgan va’dani oklash, hamma oldi-berdilarda halol bo‘lish, o‘zgalarning haqini emaslik, buzuqlikdan o‘zini to‘xtata bilish kabi yangi sifatlar bilan boyib bordi.
Ajdodlarimizning ko‘hna tarbiyaviy tizimi hozirgi kunlarda biz to‘qnashgan axloqiy, madaniy, jismoniy, ekologik muammolarni bartaraf qilish nuqtai nazaridan bebahodir. Zardushtiylik axloqli kishining sog’-salomat, kuchli bo‘lishi kerakligini uqtirish bilan birga uning ma’naviyatiga asosiy e’tiborni qaratgan. Jumladan, ayol kishiga hurmat, uni e’zozlash, ona sifatida qadrlash g’oyalari markaziy o‘rinlardan biriii egallagan. Demak, bu g’oya yosh avlodga kundalik turmushda, yaxshi bolaning namunaviy siymosi orqali ijtimoiy tarbiyada izchil singdirib borilgan.
Markaziy Osiyoda islom ta’limotinint tarqalishi nafaqat diniy, balki axloqiy, ta’lim-tarbiya sohasida ham, oiladagi ma’naviy muhitda ham, katta burilish yasadi. Ajam mamlakatlari xalqlari, sunniylikning hanafiya mazhabi tarkibida o‘z milliy an’analarini shariat ahkomlari bilan uyg’unlashtirdilar.
Qur’oni karimdagi, hadislardagi ota-ona, farzandlarning ota-onalari oldidagi qarzlari haqidagi ibratlar barcha musulmonlarga farzandlarini oqibatli qilib tarbiyalashni farz qildi.
Movarounnahrda machitlar ochilib, imomlar o‘gil bolalar uchun maktablar tashkil qila boshladilar. Turkiy til yangi so‘z — «maktab» (ar. «yozuv o‘rgatiladigan joy») bilan boyidi. XII asrdan boshlab islom dini turkiy tillarda yozilgan she’rlarda — Ahmad Yassaviyning «Hikmat» to‘plami, keyinchalik So‘fi Olloyorning ikki to‘plamida va boshqa to‘plamlarda ommalashtirila borildi.
Madrasa va maktablarga dunyoviy bilimlar kirib kela boshladi. Bunga Qur’oni karimning «Har bir musulmon va muslimaning ilm olishi farzdir», — degan oyati asos bo‘ldi. Buning natijasi o‘laroq, Beruniy, Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino kabi allomalar qomusiy bilimlarning yuksak cho‘qqilarini egalladilar.
Aflotun fikriga ko‘ra, «muhabbat-eng yetuk e’tiqod, xar bir shaxs uchun shakllanish jarayondir»1. Ishq utida yonish hamma narsani unitish emas, balki boshqalardan ibrat olib, uzida yaxshi fazilatlarni shakllantirish hamdir. Yaxshi, pokiza kiyinishga, me’yor darajasida o‘ziga zeb berishga, uy- ruzg’or ishlarini ozoda va pokiza olib borishga, axloq, odob borasida ham ko‘zga tashlanishga harakat qiladi. Sevgan kishisining e’tiboriga sazovar bo‘lishga intilish insonni ma’naviy poklanish yo‘liga chorlaydi... O‘zi go‘zal bo‘lsa ham farosatsiz, axloq ham odobi tuban, ishyoqmas, erkatoy qizni hech kim umr yo‘ldosh tanlashga botina olmaydi.
|