• Lafasov M., Holiqov I., Jumaniyozov X., Tilaev E., Sobirova M., Qodirov B. Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi
  • Taqrizchilar
  • “Sog’lom avlod-jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili va oila ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi




    Download 11,8 Mb.
    bet2/147
    Sana21.03.2017
    Hajmi11,8 Mb.
    #732
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI









    Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi

    (o‘quv-uslubiy qo‘llanma)


    Toshkent – 2012

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    Lafasov M., Holiqov I., Jumaniyozov X.,

    Tilaev E., Sobirova M., Qodirov B.


    Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi

    (o‘quv-uslubiy qo‘llanma)


    Toshkent – 2013

    Ma’sul muharrir: tarix fanlari doktori, prof. Q.Ergashev

    Taqrizchilar: Tarix fanlari nomzodi, dotsent I.Xaitov

    Falsafa fanlari nomzodi, dotsent X.Samatov

    Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada sog’lom avlod – jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili, oilaviy burch va mas’uliyatning ijtimoiy-ma’naviy asoslari, oilaviy munosabatlar madaniyatining diniy va milliy jihatlari, jamoatchilik fikrining oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ta’siri, yoshlarning ma’naviy kamolotida oiladagi ruhiy muhitning ahamiyati, ota-ona ibrati va tarbiya jarayonida tutgan o‘rni hamda boshqa masalalar yoritiladi. Shuningdek har bir darsni o‘tish texnologiyasi va dars jarayonida qo‘llaniladigan turli xil zamonaviy interfaol metodlar haqida fikr bildiriladi.

    Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogiaka universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2012-yil 13-dekabrdagi qarori bilan ushbu o‘quv –uslubiy qo‘llanma nashrga tavsiya etilgan (5-sonli bayonnoma).

    Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma ITD-4-161 davlat granti asosida tayyorlandi.


    Kirish

    Mustaqil O‘zbekistonda oila qadriyatlarining tiklanishi har bir oilaning iqtisodiy, madaniy, kasb-kor jihatdan ravnaq topishini anglatadi. Oila va oila munosabatlari hamisha davlatning diqqat-e’tibori va himoyasida bo‘lib kelmoqda.

    Ma’lumki, oila ijtimoiy hodisa sifatida insoniyatning ulug’ kashfiyoti hisoblanadi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek : “Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Chunki oila sog’lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oila farovonligi – millat farovonligi asosidir”.1

    Asosiy Qomusimiz-Konstitutsiyamizda ham oila masalasiga alohida urg’u berilgan: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”.2

    Mamlakatimizda 2012-yil mustahkam oila yili deb e’lon qilindi. Shuningdek oila institutini rivojlantirish hamda takomillashtirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

    Ushbu dasturga asosan, yosh oilalarga e’tibor va g’amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoyalashni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish masalalari ko‘rib chiqildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “yoshlarimizni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg’oni bo‘lgan oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishini istardim”3-deb alohida ta’kidlagani bejiz emas.

    Xalqimizning tarixini ko‘zdan kechirsak, oila va uning vazifalari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va salmoqli ishlari haqida qimmatli fikrlar aytilgan. O‘zbek oilasi tarixi va milliy pedagogikasi tarixi juda qadimiydir.

    O‘zbek xalqining qadimgi tarixini aks ettirgan “Avesto” da ham oila munosabatlari bilan bog’liq mantiqiy fikrlar ilgari suriladi. Unda qayd qilinishicha, erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg’a bosishar yoki beliga zanjir bog’lab yurishga majbur qilishardi. “Avesto”da qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi man etilgan. Qavm va urug’ qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan.

    Ajdodlarimiz azaldan oila mustahkamligi sog’lom avlodning yaralishi yo‘lida muttasil e’tiborda bo‘lgan, oilasi, urug’i obro‘si mustahkamligi, g’ururi uchun doim kurashib kelgan. Bunday oilaparvarlar va bolaparvarlar zardo‘shtiylik g’oyalarining aynan bizning zaminda tug’ilishi bilan ham bog’liq. Buni tarixiy manbalarni kuzatishning o‘ziyoq anglatib turibdi. Zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da oila, uning mustahkamligi, tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgani uning isbotidir.

    Oilaparvarlik va bolaparvarlik g’oyalari faqat yo‘l-yo‘riqlar sifatidagina qabul qilinib qolmay, avlod turmushining baxtli-saodatli, to‘la ta’minotli, xushchaqchaq, serfarzand bo‘lishi to‘g’risida ham katta g’amxo‘rlik ko‘rsatilgan. Bunday g’oyalar avloddan-avlodga aynan oila tarbiyasi orqali singdirib borilgan deb, ta’kidlaydi tadqiqotchi To‘rabek Jumaniyozov.

    Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, eramizgacha bo‘lgan uzoq o‘tmishda ham biologik-fiziologik jihatdan sog’lom erkak yoki ayol kishilar oila qurishga majbur bo‘lishgani xolda ular qavm-urug’ni toza saqlash, milliy qonni buzmaslik, nikoh tushmaydigan qarindoshlar o‘rtasida oila qurmaslik kabi axloq-odob normalariga amal qilishgan.

    Demak, oila insonlarning tabiiy-biologik-fiziologik, moddiy-iqtisodiy, huquqiy-qonuniy, ma’naviy-axloqiy aloqa-munosabatlari asosiga qurilgan ijtimoiy birlikdan iboratdir. Insonlarning tabiiy biologik –fiziologik munosabati deganda jinsiy aloqa va nasl qoldirishni moddiy-iqtisodiy munosabatda – uy-ro‘zg’orni boshqarish, mulkiy munosabatni, huquqiy –qonuniy munosabat- nikohning qonuniyligini, ma’naviy-axloqiy munosabatda esa er-xotin inoqligi, pokligi, ota-ona bilan farzandlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, hurmat, burch va shu kabilarni tushunish lozim. Hozirgi kunda yuqorida zikr etilgan oila va uning bilan bevosita bog`liq masalalar qonun yo‘li bilan muhofaza qilingan va kafolatlangan. Chunki u jamiyatning ajralmas bir bo‘lagidir. Bundan jamiyat oila dialektik birlikni tashkil qiladi degan mantiqiy xulosa kelib chiqadi.

    Ajdodlarimiz oilaning mustahkam bo‘lishiga alohida e’tibor berganlar. Shuningdek bo‘lajak oila bekasiga eng zarur o‘gitlar, maslahatlar berib oilaning baxtli bo‘lishiga o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shganlar. Buyuk allomamiz Abu Rayhon Beruniy: “Ey qizim! Sen o‘rgangan uyingdan ketib, begona xonadonga tushmoqdasan. Sen yer bo‘lib, u osmon bo‘ladi. Sen u bilan shunday yo‘l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi olijanob bo‘ladi. Osmon shifoli yomg’iri bilan yerni ko‘kartirgani kabi, u ham o‘z mehr-shafqati bilan seni xushnud etadi”-deb yozgan. Mamlakatimizda oilaga e’tibor yanada kuchaydi. Oila mustahkamligi jamiyat mustahkamligidir. Prezident Islom Karimov alohida urg’u berib ta’kidlaganidek “2012-yilga mamlakatimizda “mustahkam oila yili” deb nom berganmiz va shu asosda azal-azaldan hayotimizning tayanchi va suyanchi bo‘lib kelgan, jamiyatimizning hal qiluvchi bo‘g’ini bo‘lmish oila institutini yanada rivojlantirishga qaror qilganimiz xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi”.4

    Umuman olganda, oila va uning mohiyati, oilaning har tomonlama ravnaqi va jipsligini ta’minlash shart-sharoitlari, oila tarbiyasi-milliy iftixor, uning jamiyat negizi ekani, oila ichidagi oila kamolatini ta’minlash singari muammolarni tatbiq etish hamda ularni xalqqa sodda va tushunarli tarzda etkazish shu kunning vazifasidir. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmani yozishda biz A.Fitrat “Oila yoki oila boshqaruvi tartiblari” (“Ma’naviyat”, 1998), Rizouddin ibn Faxriddin “Oila” (“Mehnat”, 1991), A.Safarov, M.Maxmudov “Oila ma’naviyati” (“Ma’naviyat” (2009), O.Musurmonova “Oila ma’naviyati-milliy g’urur” (“O‘qituvchi” 2000), M.Quronov “Milliy tarbiya” (“Ma’naviyat” 2008), E.Yusupov, O‘.Yusupov “Oila –ma’naviyat bulog’i” (“O‘AJBNT” 2003) va boshqa mualliflarning asarlaridan keng foydalandik.

    Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma qo‘llanma fan dasturi asosida tayyorlandi. Unda darsning ta’lim texnologiyasi va dars jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan o‘rinli foydalanildi.



    Download 11,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




    Download 11,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Sog’lom avlod-jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili va oila ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

    Download 11,8 Mb.