• TUShUNChALAR MAZMUNI
  • Sog’lom avlod - jamiyat taraqiyotining hal qiluvchi omili va oila ma’naviyatining ko‘zgusi
  • Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




    Download 11,8 Mb.
    bet7/147
    Sana21.03.2017
    Hajmi11,8 Mb.
    #732
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147
    AVESTODAGI NOMLARNI MUSTAHKAMLASh «TUShUNChALAR TAHLILI» TEXNOLOGIYaSI

    TUShUNChALAR

    MAZMUNI

    Fravashi (Farvardin)

    butun mavjudotning ruhi-xudo Axuramazdaning sifatlaridan biri

    Ashi Vaxishta

    chinakam taqvodorlik

    Xarvatot

    butunlik va salomatlik xudosi

    Tishtriya

    Tir - (zardushtiylar Sirius yulduziga ham sig’inganlar)

    Ameretot

    abadiylik

    Xshatra-varya

    oliy hokimiyat

    Mitra

    yorug’lik, ahd va osmon xudosi

    Apu (Ob)

    suv xudosi

    Odar (Ozar)

    olov hudosi

    Dotush

    yaratuvchi

    Vohu Manoh

    yaxshi fikr

    Spenti Omoti

    taqvodorlik asosiy aqidalardan biri




    TUShUNChALAR

    MAZMUNI

    Fravashi

    ?

    Ashi Vaxishta

    ?

    Xarvatot

    ?

    Ameretot

    ?

    Xshatra-varya

    ?

    Mitra

    ?

    Apu

    ?

    Odar

    ?

    Vohu Manoh

    ?

    Spenti Omoti

    ?

    6-ilova

    • O‘TILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOL VA TOPShIRIQLAR

    1. Inson ma’naviyatini shakllanishida oilaning qanday o‘rni bor?

    2. Axloq va ma’naviyat tushunchalari haqida nimalarni bilasiz?

    3. Ma’naviy ongning muhim tarkibiy qismi nimalardan iborat?

    4. Ma’naviy yetuk komil insonni tarbiyalashda milliy g’oya va milliy mafkuraning roli nimalardan iborat?

    5. Oilaning asosiy funktsiyasi nimalardan iborat?

    6. Oilani jamiyat hayotida tutgan o‘rni qanday?

    7. Sog’lom avlod Davlat dasturi va uning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    1-mavzu: Sog’lom avlod - jamiyat taraqiyotining hal qiluvchi omili va oila ma’naviyatining ko‘zgusi

    Reja:


    1. Yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lgan avlodni tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri sifatida.

    2. Ma’naviy yuksak inson va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni.


    1-masalaning bayoni. Oila asli arabcha so‘z bo‘lib, “ayolmand, niyozmand”, “er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon” degan ma’noni anglatadi.

    Professor O.Musulmonova ta’kidlaganidek: “Oilaning asosi er-xotin yoxud ota-onadir. Modomiki, er-xotin oilaning tamal toshlarini mustahkam bunyod etishga mas’ul ekanlar, ular unda uchraydigan turmush qiyinchiliklari, hayot quvonchlari-yu, tashvishlarini boshdan kechirishda, oilani idora etishda, farzand tarbiyasida mas’uldirlar”.1

    Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning o‘zi yoxud bir ayolning o‘zi oila bo‘la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila eru xotindan tashqari erning ota-onasi, ya’ni qaynota va qaynona, farzandlar, uka singillardan iborat ko‘p bo‘g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o‘z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga bo‘ysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o‘z saltanati bor: bunda minglab tasodiflar jarayonida er-xotin muhabbati sinovdan o‘tadi, shu sinov jarayonida ular bir-birini chuqurroq tushunadilar, bir-birlarini qadrlashni o‘rniga quyadigan bo‘ladi, bir-birlariga kechirimli bo‘lishadi, er-otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarini tarbiyalab, orzu-havas ko‘radi. Shu ma’noda oila inson hayotiga to‘kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi.

    Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oila tabiatning eng go‘zal mo‘’jizalaridan biri bo‘lib, u insonlrga xos “tabiiy-biologik”, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir.

    O‘zbek xalqi uchun oila eng muqaddas dargohdir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa yaxshi munosib tarzda yashash mumkin emas… O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g’risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining eson-omonligi to‘g’risida g’amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”.

    Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, oiladagi mehr-oqibat, ota-bola, aka-ukalaar, opa-singillar, qarindosh-urug’lar o‘rtasidagi munosabat yosh avlodning komil inson bo‘lib etishishiga, hayotda o‘z qarashiga ega bo‘lishida katta ahamiyatga egadir.

    Oliy Majlisning XI sessiyasida qabul qilingan “Oila Kodeksi” esa oilalarning mustahkamligini ta’minlashda, ularning huquqiy manfaatlarini muhofaza etishda huquqiy kafolat bo‘lib hisoblanadi.

    Huquqiy jihatdan kafolatlangan oila o‘z burchlarini ham unutmasligi lozim. Shulardan eng asosiysi, oilani yaxshi oila qilib ko‘rsatuvchi fazilatlardan biri - farzandlarni oila qurishga tayyorlashdir. Darhaqiqat, mamlakatimizda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash – oilalarning mustahkamligini ta’minlashning muhim shartidir. Shu boisdan ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da xuddi mana shunday masalaga alohida e’tibor berilgan, ya’ni:

    - oila-oilaviy an’analarni hamda ma’naviy-axloqiy merosni saqlab qoluvchi, davom ettiruvchi;

    - jamiyatning eng kichik bir qismi bo‘lib, bolaning madaniy, estetik va boshqa ehtiyojlari o‘sishini va sog’lom turmush tarzini ta’minlovchi;

    - bolaning fe’l-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi murabbiy;

    - hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo maslahatchisi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchisidir, deyiladi.

    Demak, oila poydevorining mustahkamligi – jamiyat poydevori va binosini puxta qilib qurishni ta’minlashning asosiy shartidir, uning moddiy va ma’naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat faroonligining negizidir.

    Mamlakatimiz mustaqilligidan so‘ng oila farovonligini ta’minlash hukumatimiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridn biriga aylandi. Buning uchun oilaning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash bilan bog’lq barcha masalalarni o‘zida mujassam etgan quyidagi yo‘nlishlarda muhim ishlar amalga oshirilmoqda:

    - oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish;

    - oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oila a’zolarining sog’ligini muhofaza qilish va bilim darajasini oshirish uchun imkoniyatlarni yaxshilash;

    - oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaning daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg’or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash. Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvatlash;

    - oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

    - oilaning sog’lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish;

    - oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash va takomillashtirishdan iborat.

    Har bir oila uzoq tarixga va chuqur ildizga ega bo‘lgan tarixiy-ijtimoiy hodisa sifatida kishilik jamiyati taraqqiyotida o‘ziga xos betakror xususiyatlari bilan uning rivojlanishida muhim rol o‘ynab kelmoqda.


    Download 11,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147




    Download 11,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

    Download 11,8 Mb.