Ma’naviy yuksak inson va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni
Mamlakatimiz mustaqilligidan so‘ng oila farovonligini ta’minlash hukumatimiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridn biriga aylandi. Buning uchun oilaning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash bilan bog’lq barcha masalalarni o‘zida mujassam etgan quyidagi yo‘nlishlarda muhim ishlar amalga oshirilmoqda:
- oilaiy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlarini huquqiy himoya qi lishni ta’minlash, onalik a bolalik huquqlarini muhofaza qilish;
- oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oila a’zolarining sog’ligini muhofaza qilish va bilim darajasini oshirish uchun imkoniyatlarni yaxshilash;
- oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaning daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg’or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash. Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvatlash;
- oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- oilaning sog’lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish;
- oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash va takomillashtirishdan iborat.
Har bir oila uzoq tarixga va chuqur ildizga ega bo‘lgan tarixiy-ijtimoiy hodisa sifatida kishilik jamiyati taraqqiyotida o‘ziga xos betakror xususiyatlari bilan uning rivojlanishida muhim rol o‘ynab kelmoqda.
5-ilova
|