• Tayanch so‘z va iboralar
  • Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




    Download 11,8 Mb.
    bet8/147
    Sana21.03.2017
    Hajmi11,8 Mb.
    #732
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147
    2-masalaning bayoni. «Oila – deb qayd etadi, I.A.Karimov, - jamiyatning asosi, milliy mustaqillik g’oyalari qaror topishining tayanchi hisoblanadi. Yurtimizdagi har bir inson uchun vatan tushunchasi, avvalo, oiladan boshlanadi. Shu bois oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog’liqdir. Oilaning jamiyatdagi o‘rni, tarbiyaviy – axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab etmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz»1 - degan edi yurtboshimiz.

    Oiladagi an’anaviy etika va qarindoshlik rishtalari o‘zbek xalqi ma’naviy qadriyatlarining manbai hisoblanadi. «Oila... hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib etishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog’i ekanini tan olishimiz darkor»2.

    Ma’lumki, sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas vatan hisoblangan. Agar oila sog’lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Demak, mahalla-yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oila farovonligi – milliy farovonlik asosi hisoblanadi.

    Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g’oyadan ko‘zlangan maqsadlarning keng qamrovli ilmiy-nazariy va amaliy yo‘nalishlari Prezident Islom Karimovning asarlarida, nutq va ma’ruzalarida o‘zining aniq konseptual ifodasini topgan.

    Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a’zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida teran o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ana shunday sharoitda xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini o‘zida mujassam etadigan milliy g’oya va mafkurani yaratish ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotimizning muhim sharti hamda zaruratiga aylandi.

    Demak, milliy g’oyaning negizini ham biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad, tengsiz oliy ne’mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo‘lib qolaverar ekan, uning zarurligi hech bir davrda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

    Hayotiy kuzatishlar, ba’zan ziyolilarimiz o‘rtasida ham bizga milliy g’oya, milliy mafkura nima uchun, kim uchun kerak, uning ma’no-mohiyati nimadan iborat, degan muhim masalaga yana bir bor oydinlik kiritish zarurati mavjud. Bunda, ya’ni milliy g’oyada O‘zbekiston xalqining mamlakatimiz rivojida belgilab olgan asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi mujassamlashgan.

    Birinchidan, o‘zining kelajagini ko‘rmoqchi va qurmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o‘z milliy g’oyasiga suyanishi va tayanishi zarurligi bilan bog’liq.

    Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmog’i lozim. Ya’ni, oldin davlat qurilishi va undan keyin mafkura paydo bo‘lishi o‘zi g’ayritabiiy hol. Buni yaxshi anglab olishimiz lozim. Ya’ni, oldin g’oya paydo bo‘ladi, undan keyin g’oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi». Demak, o‘z milliy g’oyasiga tayanmagan jamiyat inqirozga duchor bo‘lishi, o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘yishi muqarrar.

    Ikkinchidan, milliy g’oya O‘zbekiston xalqining asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi sifatida shuning uchun ham zarurki, odamlar ongini, tafakkurini o‘zgartirmasdan turib, ko‘zlangan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni, erkin va farovon hayotni barpo etib bo‘lmaydi. Buning uchun esa, odamlar muayyan g’oyaga ishonishi va tayanishi zarur. Bu jarayon o‘z-o‘zidan harakatga kelmaydi, albatta. Negaki, keng xalq ommasini biron bir g’oyaning ilg’or va insonparvar ekaniga ishontirmoq uchun, avvalo, mazkur g’oyaning to‘g’ri, hayotiy va ilg’or ekanligiga ishontirish zarur. Ishontirmoq uchun uning ilmiy va hayotiyligiga alohida e’tibor qaratish bilan birga milliy g’oyaning o‘zi mamlakatimiz xalqining asosiy maqsad va muddaolari hamda manfaatlarini ifodalashi kerak.

    Uchinchidan, milliy g’oyaning zarurligi millatning o‘zligini to‘la anglash jarayoni bilan bog’liq. Negaki, millat o‘zligini to‘la anglamas ekan, biron-bir buyuk o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi. Milliy o‘z-o‘zini anglash u yoki bu millatni o‘zga millatlardan ajralib ketishiga emas, balki o‘zligini anglagan millatlarning ma’rifatlashgan hamkorliklarining mustahkamlanib borishiga xizmat qiladi. Ana shunday o‘ta murakkab vaziyatda milliy o‘zlikni anglashda milliy g’oyaga asosiy tayanch kuch, ilmiy-nazariy va amaliy dastur sifatida har bir insonning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalariga kirib borish orqali uning qalbi hamda ongiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu milliy g’oyaning xalq hayotiga yaqin, unga bevosita daxldor ekanligini ta’kidlash lozimdir.

    Demak, O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g’oyada bugungi hayotning eng dolzarb muammolari oila bilan hamkorlikda ish olib borish muhimdir.

    To‘rtinchidan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda milliy g’oyaning zarurligi yana bir muhim holat bilan ya’ni bugun bizning tarixiy o‘zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o‘tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib chiqmoqda. Bu davrning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday xulosaga keladi: «Bu o‘tish davri o‘ziga xos, juda katta g’ov va to‘siqlarga duch kelishi, qattiq kurashlar orqali kechishi barchamiz uchun ayon bo‘lmog’i darkor. Xalqimiz va jamiyatimizni mana shu davrda yangi ufqlar sari boshlash, da’vat qilishda maqsadlarimiz aniq bo‘lishi kerak. Bunday maqsadlarga esa avvalo chuqur o‘ylangan va puxta ishlangan mafkura asosida etishish mumkin»1. Demak, milliy g’oya mustaqillikni mustahkamlash g’oyasining o‘zagi bo‘lgan - tanlagan taraqqiyot yo‘limizning to‘g’ri, adolatli va haqqoniy ekaniga, mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga u mos tushishiga keng ommani ishontirish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etish uchun xizmat qiladi.

    Mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilishda milliy g’oyaning o‘rnini hech boshqa biron bir omil bosolmaydi. Shu nuqtai nazardan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va vazifalarini ma’naviy jihatdan ta’minlash, bugungi kunda mamlakatimiz taqdiri uchun o‘ta dolzarb masaladir. Buning yorqin ifodasi Prezident I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasi (2004 yil 29 aprel)dagi «Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq» haqidagi nutqida hamda Oliy Majlisning mamlakatimiz fuqarolariga murojaatnomasida bayon etdi.

    Eng muhimi, bugun O‘zbekiston fuqarosi o‘zining hayotini tanqidiy baholash bilan birga, o‘zi va oilasining, yurtning kelajagini yaqqol tasavvur etadi va bunga erishish uchun nimalar qilish kerakligini, jamiyatimizda qanday o‘zgarish va islohotlarni amalga oshirish zarurligini, nima hisobidan taraqqiy topgan davlatlar yashayotgan hayot darajasiga ko‘tarilish mumkinligini yaxshi anglaydi.

    Prezidentimiz bu masala ustida alohida to‘xtab quyidagi fikrlarni aytgan edi: “Barchangiz yaxshi bilasizki kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirshga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z farzandining baxtu-saodati, fazlu kamolotini ko‘rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, o‘zini ayamaydi.

    Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, hisetadi.”1.

    Prezidentimiz ko‘rsatib o‘tganidek, farzanlariga yaxshi tarbiya berish- ota-onaning burchi. Ularni savobli ishlarini orttirib oxiratini obod qiluvchi omildir. Ota-bobolarimizning ezgu niyati barcha davrlarda ham farzandlarimizga yaxshi nom qo‘yish, yaxshi muallim qo‘liga topshib savodini chiqarish, ilmili, kasbli, hunarli qilish, o‘g’lini uylab, qizini kuyovga chiqarib uyli-joyli qilish bo‘lgan. Bu ham xalqchil mafkurasining bir belgisidir.



    Tayanch so‘z va iboralar: oila, mafkura, ma’naviyat, axloq, madaniyat, yoshlar, tarbiya, sog’lom avlod , davlat, dastur, qarindoshlik, etika, estetika, tinchlik, xotirjamlik, komil, inson, sog’lom muhit, mustaqillik, milliylik, urf-odatlar.

    Download 11,8 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147




    Download 11,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

    Download 11,8 Mb.