|
-ilova
Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun 0,5 dan 2 ballgacha qo‘yiladi. Reyting bo‘yicha natijalar bahosi
|
bet | 89/147 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 11,8 Mb. | | #732 |
2-ilova
Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun 0,5 dan 2 ballgacha qo‘yiladi. Reyting bo‘yicha natijalar bahosi:
2,0 ball - «a’lo». 1,5 ball - «yaxshi». 1,0 ball - «qoniqarli». 0,5 ball - «qoniqarsiz».
3-ilova
Oiladagi ma’naviy muhitni shakllantirishda va takomillashtirishda ota-onaning roli
Erkak kishi tegishli ravishda o‘z oilasiga g’amxo‘rlik qiladi. Bunday g’amxo‘rlik erkak kishi zimmasiga muayyan majburiyatlarni yuklaydi. Boshqacha aytganda, erkak kishi o‘z oilasi va farzandlari uchun to‘liq javob beradi. Bu bir musulmon kishi his qiladigan javobgarlikdir Abu Hurayra guvohlik berishicha, Hadislardan biri oila uchun erkak kishining javobgarligi darajasini aniq belgilab beradi: «Tangri yo‘lida siz sarflaydigan dinorlardan, ya’ni qul sotib olishga sarflaydigan, qashshoklarga sadaqa sifatida beradigan, zavjangiz va bolacharingiz uchun sarflaydigan dinorlardan (Tangri) sizni taqdirlashda eng qimmatlisi, oilangiz uchun sarflaganingizdir».
4-ilova
Milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizda va islom dinida ota-onalar mas’uliyatiga qo‘yilayotgan talablar
Milliy urf-odatlar va an’analar mohiyatini tushunmaslik, milliy o‘zlik, xalqning o‘ziga xosligi, uning psixologiyasi va turmush tarzidan uzoqlashish, o‘tmishga beparvo munosabatda bo‘lish manbadan uzoqlashishga olib keladi, avlodlarning ayuqasiga putur etkazadi.
Xalq urf-odatlari va an’anataridan nasihatomuz va kesatib foydalanmaslik zarur. Ota-onalar va pedagoglar ularning mohiyatini yaxshi tushunishi lozim va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan ularning asosida bolalarda kattalarga nisbatan hurmatda bo‘lish, kichiklarga g’amxo‘rlik qilish, xayrixoxlik, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, o‘qish va o‘qituvchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish singari axloqiy fazilatlarni shakllantirishi kerak.
|
| |