|
Oila psixologiyasi
|
bet | 67/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Irodaning axloqiyligi hayot va faoliyatda iroda kuchi, uning mustaqilligiga ijobiy yoki salbiy baho berganda qanday to‘sqinlik va qiyinchiliklar bartaraf qilinganligini nazarda tutish bilangina cheklanib qolmay, asosan kishining axloqiy qiyofasi irodaviy harakatlarda qanchalik ifodalanishi, biron odamning irodasi naqadar axloqiy ekanligi ham nazarda tutiladi.
Irodaning ahloqiyligi deganda odatda kishi o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘yilishi, bu maqsadlarga qanday vositalar bilan erishishi, irodaviy intilishlar (xohishlar) qanday mayllar tufayli kelib chiqishi va ma’lum bir qarorga kelishida qanday tamoyillarga amal qilishni nazarda tutamiz.
Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy xislatlari namoyon bo‘lsa, iroda kuchi ijobiy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkinchidan, kishilarning axloqiy hislarlari haqida fikr yuritilganda aytilgan so‘zlarni emas, balki ularning ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadigan irodaviy harakatlarni nazarda tutamiz. Shuning uchun kuchli irodaning mardlik, o‘zini tuta bilish, sabot-matonat, chidam va jasurlik kabi xususiyatlari irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz.
Kishi biror qarorga kelishda o‘z qarori va harakatlari uchun axloqiy mas’uliyat sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi.
Kishining chinakam axloqiyligi ma’naviy qiyofasi, so‘zida va muhokamalarida emas, balki faoliyatida, ishida va asosan mehnatda, ya’ni mehnatga va ishning o‘ziga mehr qo‘yishida namoyon bo‘ladi.
O‘zining intilish (mayllarida), qaror va harakatlarida har doim ahloq tamoyillariga amal qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz.
Iroda tushunchasi xulqning real omili kabi o‘z tarixiga ega. Bunda u ruhiy hodisaning tabiatidagi qarashlarida 2 aspektga bo‘linadi: falsafiy-ahloqiy va tabiiy fanlar. Ular o‘zaro o‘zviy bog‘lanishadi va faqat bir-biri bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi.
Qadimgi faylasuflar insonning maqsadli va ongli xulqini faqat umumqabul normalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishgan. Qadimgi dunyoda, avvalambor, donolarning ideallari tan olingan, shuning uchun qadimgi faylasuflar inson xulq-atvori tabiat va qonunning oqilona boshlanishiga, mantiq qoidalariga mos kelishi kerak deb hisoblashgan. Shunday qilib, Aristotelga ko‘ra, iroda tabiati mantiqiy xulosaning rivojlanishida ifodalanadi. Masalan, uning “Nikomaxova etika” to‘plamida “barcha shirinliklarni yeyish kerak” hukmi va “bu olmalar shirin” shartlari o‘z ketidan “bu olmani iste’mol qilish kerak” tasarrufini emas, balki aynan aniq harakat – olma iste’molining zarurligi xulosasini yetaklab boradi. Shunday qilib, bizning anglaydigan harakatlarimizning manbasi insonning ongida yashirinadi.
Belgilash joyizki, iroda tabiatiga shunga o‘xshash nuqta’i nazarlar asoslangan va shuning uchun ham hano‘zgacha mavjuddirlar. Misol uchun, Sh.N. Chhartishvili irodaning alohida harakteriga nisbatan qarshi chiqib, maqsad va anglash tushunchalarini intellektual hulqning kategoriyalari deb hisobladi, va unga ko‘ra, bu yerda hech qanday yangi terminlarni kiritishga hojat yo‘q.
Aslini olganda, iroda muammosi mustaqil muammo sifatida xatto o‘rta asrlarda ham mavjud bo‘lmagan. Inson o‘rta asr faylasuflari tomonidan faqatgina passiv boshlanish,tashqi kuchlar uchrashadigan “maydon” kabilarda ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, juda ko‘p marotaba o‘rta asrda iroda mustaqil mavjudligi bilan ajralib turgan va xatto mehribon yoki zolim mavjudotlarga aylanib, aniq bir kuchlarda timsollangan. Shu yerda ham iroda. o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ygan, qandaydir bir fikr sifatida namoyon bo‘lyapti. Bu kuchlarni – yaxshi yoki yomonni, anglash , o‘rta asr faylasuflarining fikricha, insonning qilgan ishlarining “asl” omillarini anglashga yo‘l ochadi.
Shunday qilib, o‘rta asr vaqtlarida irodaning tushunchasi ko‘p miqdorda alla qanday yuqori kuchlar bilan bog‘langan. Inson huddi jamiyatning eng oddiy elementi hisoblanib, zamonaviy olimlar “shaxs” tushunchasiga kiritadigan xususiyatlar to‘plami esa ajdodlarimiz yashab o‘tgan va inson yashashi kerak bo‘lgan programma sifatida ko‘rib chiqilgan. Bu me’yorlardan chetlanish xuquqiga faqatgina jamiyatning bir necha a’zolari haqli edilar, masalan, temirchi uchun – olov va temir kuchlariga ega inson; qaroqchi uchun – o‘zini jamiyatga qarshi qilgan jinoyatchi.10
|
| |